O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73

bogladi. Diqqatni boshqara bilishni aqliy rivojlanish va amaliy faoliyat uchun 
asosiy omil deb hisobladi. Diqqatning maqsadga muvofiq boshqarish-idrok hilish 
paytida va asosiy ishdan tashqaridagilarga chalg`imaslik tushuniladi. 
Tarbiyachilarning vazifasi bolalarning aktiv diqqatini to`g`ri yo`nalishda ko`rish 
va ularning diqqatini o`zlari boshqarishga o`rgatishdan iboratdir 
K. D. Ushinskiy tomonidan yechilgan muammolar, o`tkazilgan tekshirishlar 
shuni ko`rsatib turibdiki, u ongni to`planish qobiliyatini diqqat bilan tushundi, 
u diqqatni o`rganishda shaxs psixologiyasidan kelib chikdi. 
L. S. Vigotskiy psixik funktsiyalar rivojlanishini o`rgana borib shular ichiga 
ixtiyoriy dikkatni  ham kiritadi. Uning fikricha, bola diqkatining tarixi-bu bola 
xulqining paydo bo`lish tarixidir. L S Vigotskiy ishlarining xarakterli tomoni kishi 
psixikasini tushunishda tarixiy va genetik yondashuvdir. Buni u diqqatni o`rganishga 
ham tatbiq qilgan va diqkatning rivojlanishini ko`rsata olgan  dakqat rivojlanishining 
ikkita yo`nalishini ko`rsatadi. 
1. Diqqatning natural  rivojlanishi. Bunda muallif umumorganik rivojlanishini 
tushuntiradi, ya’ni markaziy nerv tizimi orqali  strukturaviy va funktsional 
jihatdan o`sishini ko`rsatadi. Bu rivojlanish butun hayot davomida bo`ladi, 
ammo bunda «sekinlashgan» va «bir oz pasaytirilgan» ko`rinishlar mavjud. 
2. Dikqatning madaniy rivojlanishi. Bunda ixtiyoriy diqqatni namoyon 
bo`lish xususiyati madaniy kontseptsiya bilan bog`liq deb tushuntiriladi. Katta 
yoshdagi odamlar diqqatning psixologik msxanizmi haqida gapirib, tashqi 
operatsiya, organizmning xulqini ichki operatsiyasiga aylanadi, deydi. 
Madaniy rivojlanish bola tashqi muhit bilan aloqa kila boshlagandan o`sa 
boshlaydi. 
L. S. Vigotskiyning  yutug`i shundan iboratki, u diqqat muammosini 
o`rganishda ijtimoiy va genetik nuqtai nazardan yondashdi. Ixtiyoriy diqqatni 
tashqi stimullar vositasida nutq funktsiyasini yo`naltirish deb tushuntira oldi. 
A. N. Leontьev bolalarda diqqat formalarini tahlil qilib, 3 ta bosqich 
mavjud ekanligin ko`rsatadi: 
1.  Natural bevosita, to`g`ridan-to`g`ri aktlardan iborat. 
Bunda to`planish ixtiyorsiz namoyon bo`lib, asosan maktabgacha bo`lgan 
bolalarda vujudga keladi. Ya’ni bu bolalar o`z xulq-atvorlarini o`zlari 
boshqara boshlaydilar. 
2.
 
Tashqi belgining ahamiyatini egallash, tushuna bilishlar turadi. Bu 
bosqich boshlang`ich ta’limda asosiy rolь o`ynaydi. 
3.
 
Tashqi  taassurotlarning ichki ta’sirlariga aylanish jarayoni bilan bog`liq 
bo`lib, bu asosan katta yoshdagi kishilarda bo`ladi. 
Uzok vaqt A. N. Leontьev maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatini 
tekshiradi. Chunonchi idrok bilan diqqat aloqasini o`rgandi. Diqqat hodisasi 
shunday hodisaki, u idrokning qanday kechishi bilan belgilanadi,   deb   
tushuntiradi.      A.      N.      Leontьev   keyingi   ishlarini o`quvchilar diqqatini 
rivojlantirish va ularda idrokni boshqarish, ko`rish, eshitish, qo`yilgan 
topshiriqni tushunish kabilarni egallash muhim rolь o`ynashini ko`rsatdi. 
 Dikqat 
muammosini 
tadqiq 
qilish I. V. Straxov asarlarida o`z aksini topgan. 
Quyida ularni asosiy mohiyatiga to`xtalib o`tamiz.  
 
120


Uning fikricha  kishi diqqati kelib chiqishiga va ishlash uslubiga ko`ra, 
ijtimoiy tabiatga ega. U kishilarning mehnat faoliyatiga sabab bo`ladi va mehnat 
jarayonining asosiy psixologik komponentlardan biri bo`lib sanaladi. Diqqatning 
muhim belgisi faoliyat jarayonida va atrofdagilar bilan aloqada kishi 
psixikasining to`planishidir. Psixologiyada o`rganilgan diqqatning xususiyatlari-
to`planishi har bir sifatlarda va rivojlanishda aks etishidir. 
Qator munosabatlarda to`planish ikki xil xarakterda bo`ladi: u predmet va 
hodisalarga tanlab yo`naltiriladi, ya’ni diqkat ob’ektini ongli ajratish, bu vaqtda 
boshqa ko`p ob’ektlardan chalg`ish vositasi bilan aktlar tizimini tashkil qiladi, 
to`planish mehnat predmetiga yo`naltiriladi, lekin uning jarayoni ham dikqat 
ob’ekti hisoblanadi. To`planish faoliyat ob’ektiga va u bilan harakatga 
yo`naltiriladi. 
Diqqat psixikaning alohida tomoii va shakli hisoblanmaydi va qandaydir 
bironta funktsiyani bajarishga ko`chmaydi. Maqsadga yo`nalgan, intensiv-psixik 
faoliyatning strukturali va funktsional asosini o`zgarishga, mahsuldorligining 
oshishiga  va miyaning   barqaror ishlashiga olib keladi. 
Kishi diqqati mehnat faoliyatiga, faoliyat jarayoniga, mehnat qurollariga 
yo`naltiriladi. Diqqat predmetlari bir xil emas, balki har xil faoliyat turlarida har 
xil bajariladigan mehnat operatsiya-lari va vositalari kishi mehnat predmetiga 
ta’sir qiladi. Bularga bog`lik ravishda dikqatni faoliyat turlarida o`rganish va har 
xil obrazli psixologik muammolar vujudga keladi. O’tkazilgan tekshirish-lar 
asosida diqqat ko`p funktsiyali jarayondir, dsgan xulosaga I. V. Straxov keladi. 
Bu funktsiyalarni praktik bajarish-mehnat, o`qish, ilmiy va boshqa faoliyat 
turlaridan birontasining shart-sharoiti mahsuldorligidir. Faoliyatning har bir turi 
diqqatga alohida mas’uliyat yuklaydi. Shuning uchun uning funktsiyasi 
faoliyatning shu turiga to`g`ri kelishi juda muhimdir. 
Diqqat tafakkur bilan birgalikda aks etadi. U bilish jarayonining tiniq va 
asosli bo`lishiga sababchidir. Bu planda, ayniqsa ijodiy ilhomlanishning 
hisobga olmaganda, diqqatning qidirish orientirovkasi muhim ahamiyatga ega. 
Diqqat alohida kishilarning munosabatlarida, kollektivda xarakterli funktsiya 
bajaradi. Kishining kuzatuvchanligida, boshqa odamlarning psixik holatini 
tushunishda, ziyraklikning aktiv shakllari  aks etadi. Ziyraklikning mehnatda va 
kishi bilan munosabatda axloqiy-psixologik ahamiyatga ega bo`ladi. Bunga 
muvofiq ziyraklikning motivatsiyasi o`rganiladi.  
I V Straxov diqqatning bilish jarayonidagi ahamiyatiga, uning aktiv 
psixologik aks ettirish, imkoniyatiga alohida e’tibor beradi. Shuningdek, diqqat 
bilish faoliyatining borliq bilan aloqasida keng va chuqur aks ettirishida  muhim 
mexanizmdir. Diqqat shaxsning yo`nalishida to`plangan jarayon sifatida ishlaydi. 
Keng ma’noda bu so`z asosida eg`tiyoj,qiziqish,qarash kabi tarkibii qismlar 
bor. Diqqat psixik jarayonlar strukturasida ko`rsatilgan    omillardan   xosil   
qilgan   hodisa   sifatidagina katnashmay, balki u shaxsning boshqa xususiyatlariga  
munosabatda tayanch xususiyat sifatida qatnashadi. Bunga misollardan biri- diqqat 
va ziyraklikning pedagogik odobning shakllanishida psixologik shart-sharoitligidir. 
Mavzu yuzasidan savollar 
1.Diqqat xaqida tushuncha va uning  turlari. 
 
121


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə