O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73

qilingan. 
Ijodiy tafakkur murakkab bilish faoliyatidan biri bo`lib tadrijiy ravishda
izchil o`zaro bog`langan jarayonlardan tashkil topadi: dastavval savollar 
tug`iladi, vazifa aniqlanadi, masalann yechish yoki savollarga javob qidirish 
jarayoni vujudga keladi. Inson oldida turgan aniq vazifa yoki masala-bu 
bajarilishi yoki hal qilinishi zarur bo`lgan savolning ifodasidir. Namoyon 
bo`lgan vazifa (masala) ko`pincha ifodalanishi shart bo`lgan maqsadni ham 
o`ziga aks ettirib keladi. Maqsad esa insonning izlanayotgan noma’lum voqelikni 
topishga gumon va hayajon, shubha hislardan xorij etishga qaratilgan maylidir. 
Tafakkurniig izlanish bosqichlarida vujudga kelgan masalaning ifodalanishi 
har xil darajada bo`lishi mumkin. Jumladan, voqelikning nimalari ma’lumki, 
nimalari yana noma’lum, ularni aniqlash, qay holatda va qaysi yo`l bilan 
yechilishi mumkin, uning turmush uchun qanday ahamiyati bor, singari 
jihatlarini aniqlashga to`g`ri keladi. 
Ijodiy tafakkurning navbatdagi komponentlari quyidagicha aks ettiriladi: 
qo`yidagi savollarga javob izlash, masalani yechishga yordam beradigan yo`llar, 
usullar, vositalar, qoidalar va ko`nikmalarni  qidirish,  ularni  tanlash  hamda 
mazkur  faoliyatda ularni tatbiq qilish va boshqalar. Odam ushbu konkret 
holdagi vazifani bajarish uchun  qo`yilgan savollarga beriladigam javoblarni 
ayrim  paytlarda   tevarak-muhitdagi   ob’ektlardan   topishlarga   harakat  qiladi. 
Mazkur holatning samaradorligi ko`p jihatdan uning kuzatuvchanligi  va  
sinchkovlik  sifatlariga  bog`liq.   Ayrim  hollarda  berilgan savollarga javoblarni 
to`plangan tajriba va yig`ilgan bilim fondidan topish ko`zga tashlanadi Masalan, 
sessiya topshirayotgan talabaniig fikr yuritishi, mulohazasi va xulosa chiqarishi 
xuddi ana shunday tarzda namoyon bo`ladi. 
Ijodiy tafakkur ijodiy hayol bilan uzviy aloqada bo`ladi. Shuning uchun 
inson amaliy faoliyatida bir talay savollarga javoblarni xayol yordami bilan 
topadi. Jumladan, har xil taxminlar, farazlar, ilmiy gipotezalar, kashfiyotlar, 
texnika sohasidagi ixtirolar ham ana shu yo`sinda amalga oshadi, ya’ni xayol 
yordami bilan zarur natijalarga erishiladi. Shuningdek, ijodiy tafakkur jarayoni 
ba’zi bir vazifalarni hal qilish, bajarish, muhokama yuritish, mulohaza qilish, 
fikrlash, faraz qilish singari jarayonlar mantiqiy  fikr   yuritish   usullari   va   
vositalarini   qo`llash   yo`li   bilan nihoyasiga yetkaziladi. Masalan, matematika, 
fizika kabi fan asoslarini o`zlashtirishda xuddi shunday holat ro`y beradi. 
Ijodiy fikr yuritish jarayonida goho kamchilik va xatolarga yo`l qo`yiladi. 
Natijada olingan javoblar yoki qo`llanilgan vositalarda shubhalanish hissi paydo 
bo`ladi. Oqibatda natijalarni tanqidiy tekshirish masalani hal kilish bilan parallel 
ravishda namoyon bo`lishi mumkin. Odatda, ushbu kezlarda fikr yuritishning 
mantiqiy jihatlari hukm va xulosa chiqarish, isbotlash, dalillash, asoslash, rad 
qilish, inkor etish kabilar ijodiy tafakkur yadrosini tashkil qiladi. 
Ijodiy tafakkur jarayonida inson masalani hal qilishda o`zgalarning 
yordamiga tayanib ish ko`radi. Ayrim hollarda masala yoki topshiriqni hal qilish, 
yechish paytida ijodiy tafakkur shaxslararo munosabatda, muloqotdagi voqe 
bo`ladi. Muloqot esa fikr almashish, suhbatlashish, muhokama qilish, bahslashish, 
isbotlash, dalillash kabi mantiqiy usullardan tashkil topadi. Fan va texnika 
 
106


taraqqiyoti tarixiniig ko`rsatishiga qaraganda, yirik ilmiy kashfiyotlar, falsafiy 
mushohadalar, ilmiy nazariyalar, konstruktiv ijodlarning aksariyati ulug` kishilar 
tomonidan ijtimoiy tafakkurning mahsuli sifatida, kollektiv tafakkuri natijasi 
tariqasida dunyo yuzini ko`rgan. Demak, ijodiy tafakkur avlodlarning aql-
zakovati durdonalarining tizimlashishi natijasida voqelikni yangilik elementi 
bilan boyitadi, xolos. 
Ijodiy tafakkur bilan masala yechish o`zaro uzviy bog`langan bilish 
jarayonlaridir. Lekin ijodiy tafakkurni masala vositasiga aylantirib yuborish 
mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun ularning nozik jihatlarini farqlab olish 
maqsadga muvofiqdir. Jumladan, masalani hal qilish, yechish faqat tafakkur 
yordami bilan amalga oshiriladi, chunki bunda hech qanday o`zgacha yo`l bo`lishi 
mumkin emas va bo`lmaydi ham. O’z navbatida tafakkur masala yechish 
vaqtidagina vujudga keladi. Shu boisdan yangi masala qo`yishda, yangi 
muammolarni barpo qilishda, ularning inson tomonidan (o`zgalar) anglab 
yetishida va boshqa hollarda asosiy rolь o`ynaydi. Binobarin, ijodiy tafakkur 
faqat masala (muammo) hal qilish bilangina bog`liq bo`lmasdan, balki bilimlarni 
egallash, tekstlarni tushunish, narsa hamda hodisalarni tanqidiy jihatdan analiz 
qilish va hokazolarda ham juda zarurdir. 
Xo`sh, muammoli  vaziyat bilan masala yechishning o`zaro tafovuti 
bormi? Odatda muammoli vaziyat vujudga kelganda odam favqulodda hech 
kutilmagan, notanish, tushunilishi murakkab bo`lgan, noma’lum narsa va 
hodisalar bilan uchrashadi. Aqliy zo`r berish natijasida iroda sifatlarini ishga 
solish orqali muammoli vaziyat anglashilgan masalaga aylanadi. Binobarin, 
masala muammoli  vaziyatdan kelib chiqib, uning bilan mahkam aloqa qilib hukm 
suradi. Tafakkur muammoli vaziyatni analiz qilish natijasida uni ravshanlashtirib, 
yechish mumkin bo`lgan masalaga aylantiradi. Demak, bu yerda o`zaro 
mustahkam bog`langan fikr yuritishning berk zanjiri vujudga keladi: Tafakkur — 
muammo - masala. Zanjirning har bir zvenosi hamisha va beto`xtov bir-birlarini 
taqozo etadi. 
Masalaning yuzaga kelishi muammoli vaziyatdan o`zining spetsifik 
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Odatda masala ifodalanganda, garchi oldindan 
bo`lsa ham, ma’lum ma’lumotlar va noma’lumlar (qidirilishi zarur bo`lgan 
narsalar) alohida mantiqiy bo`laklarga, qismlarga ajratilgan bo`ladi. Masala 
nutq bilan bayon qilingan qismdan va shartli belgilar yoki abstrakt 
tushunchalardap tashkil topadi. Masalaning verbal bo`lagida ma’lum ma’lumotlar 
va noma’lum narsalarga bo`lish aks ettirilgan bo`ladi. Har qanday predmetlarga 
oid o`quv masalasida uning asosiy shartlari yechuvchilar ongiga borib yetadigan 
darajada yaqqol shaklda bayon qilingan bo`ladi, shuningdek, uning oldiga 
qo`yilgan talablar va savollar ham turli yoshdagi odamlarning yoshiga, saviyasiga 
mos ravishda tuziladi. Qattiq izlanish, muhokama yuritish, vositalar tanlash va 
ularni tatbiq etish natijasida qidirilgan noma’lum narsa topiladi. 
Ijodiy tafakkur jarayoni mavjud bilimlarga, bog`liqdir. Shu narsani alohida 
qayd qilib o`tish kerakki, o`zaro aloqa qilishda tafakkur muhimrok, mavqeliroq 
o`rin tutadi. Hozirgi zamon ta’limi oldida turgan asosiy maqsad, o`quvchi yoki 
talaba shaxsini bilimlar bilan qurollantirish emas, balki ularni fikr yuritish 
 
107


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə