O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73

yaratish imkoniyatiga ega bo`ladilar va hokazo. 
Birinchi sinf bolasi o`z harf xaltasidagi kesilgan harflardan foydalanib 
bo`g`in, bo`g`inlardan so`z, so`zlardan gap, gaplardan qisqa informatsiya, undan 
esa hikoya tuzadi. 
Talabalar O’zbekiston tarixi fani xalqimiz, davlatchiligimiz, madaniyatimiz, 
san’atimiz hamda bugungi kunimiz to`g`risida ma’lumot olinadi. 
Ish-harakatlarni yaxlitlash tufayli bir butun moddiy narsa hosil bo`ladi, ish-
harakatlarda ham sintez operatsiyasini qo`llab bo`lar ekan. Tarixiy 
qahramonlar, buyuk sarkardalar, arboblar to`g`risida ham xuddi shunday fikr va 
mulohazalar yuritish mumkin. 
Takqoslash. Insonning ijtimoiy faoliyatida, bilimlarning o`zlashtirilishida, 
voqelikni to`laroq aks ettirishida bir-biriga o`xshash jihatlar tafovutini, 
shuningdek, bir-biridan farq qiladigan tomonlar o`rtasidagi o`xshashlikni 
topishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi katta ahamiyatga ega. Taqqoslash-
shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya vositasi bilan ob’ektiv 
dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o`xshashligi  va  bir-biridan farqi 
aniqlanadi. 
XIX-XX asrlarda yashagan allomalardan biri taqqoslashning psixologik 
mexanizmi to`g`risida juda ilg`or fikrlarni ilgari surib, quyidagi mulohazalarni 
bildiradi: «Agar siz tabiatning biror narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, 
uning o`ziga juda o`xshash bo`lgan narsalardan tafovutini topingiz va uning 
o`zidan juda uzoq bo`lgan narsalar bilan o`xshashlik topingiz. Ana shunda siz 
shu narsaning eng muhim, hamma belgilarini payqab olasiz, demak, shu narsani 
tushunib olasiz». 
Kuzatishlar shuni ko`rsatdiki, inson, ko`pincha, jamiyat formatsiyalarini 
o`rganish davrida, ularning avvalgi mohiyatini keyingi formatsiyani o`rganish 
paytida yanada chukurroq va puxtaroq egallab oladi. 
Mazkur jarayon to`g`risida fikr yuritilganda, so`zning negizini 
o`zlashtirishda o`zakning muhim belgilarini (xossalarini) to`laroq tushunib olish 
kabi ko`pgina aqliy harakatlarni keltirib o`tish maqsadga muvofiqdir. 
Bilish ob’ekti hisoblangan narsa va hodisalar o`rtasvdagi o`xshashlikni yoki 
farqni, tenglik yoki tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat 
bo`lgan fikr yuritish operatsiyasi bilishning dastlabki va earur vositasi bo`lib 
hisoblanadi 
Ajdodlarimiz  takqoslashning ta’limdagi roli to`g`risida shunday fikrlarni  
bildirgan edi: Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning 
asosidir. Olamdagi narsalarning hammasiii taqqoslab ko`rish yo`li bilan bila 
olmasak, boshqa yo`l bilan bila ol- maymiz, agar biz hech narsa bilan 
solishtirishimiz va farqini bilib olishimiz mumkin bo`lmagan biron bir narsaga 
duch kelganimizda edi, u holda biz shu narsa to`g`risida hech kanday fikr hosil qila 
olmagan bo`lar edik. 
Yuqoridagi muloqazalardan ko`rinib turibdiki, taqqoslash fikr yuritish 
operatsiyasi sezgilarimizda va idroklarimizda hali gavdalanmagan o`xshashlik va 
tafovutni topish zaruriyati vujudga kelgain paytda namoyon bo`ladi. 
 
91


Psixologiyada yana shu narsa ma’lumki, sezgi va idrokimizda dastavval 
narsalarshshg va hodisalaripng o`xshash va farqlanuvchi tomoni ko`zga yaqqol 
tashlanadi. 
Taqqoslash operatsiyasi ikki xil yo`l bilai amalga oshishi  mumkin: amaliy 
(konkret narsalarni bevosita solishtirish) va nazariy (tasavvur qilinayotgan 
obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash). Agar inson ikki boylam yukni 
qo`l bilan ko`tarmb, bir necha xil taom mazasini qiyoslasa, ikki paykal 
paxtazor hosildorligini takqoslasa- bu amaliy taqqoslash bo`ladi. Shuningdek
o`kuvchilar ikki qalam yoki sterjenni, chizg`ichni yog`ochga yoki qog`ozga 
solishtirsalar, u analogik holatdagi misol bo`la oladi. Bundan tashqari, metr bilan 
masofani (gazlamani), tarozi bilan og`irlikni, termometr bilan haroratii, teleskop 
bilan osmon jismlarini o`lchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi. 
Inson tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarnpng barchasinn bevosita aks 
ettirish, qo`l bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan to`planadigan 
bilimlarning aksariyati qo`l bilan ushlash, ko`z bilan kuzatish evaziga emas, balki 
fikr yuritish orqali, mantiq yordamida anglashiladi. Ular o`rtasidagi o`xshash va 
farqli alomat hamda belgilar nazariy taqqoslash asosida ajratiladi. Demak, inson 
olayotgan keng ko`llamdagi informatsiyalar farqini fikran taqqoslash yordamida 
anglab yetadi. Jumladan, o`quvchilar dilda o`ylayotgan narsalarni fikran 
solishtirib ko`radilar. Ba’zan turli yoshdagi kishilar o`z tengdoshlari xarakterida, 
kiziqishida, yurish-turishida, muomalasida va boshqa xususiyatlarida o`xshashlik 
va tafovut borligini topadilar. 
Kishilar narsa va hodisalarni biron belgiga asoslanib taqqoslashda 
qiyinchiliklarga uchraydilar. Shuning uchun berilayotgan informatsiyalar 
mohiyatiga diqqat-e’tibor qilish shart. Kishilar uchun taqqoslash printsipi 
tushunarli va aniq bo`la bo`lsa, mavjud qiyinchiliklarni bartaraf qilish 
imkoniyati tug`iladi Inson oldiga aniq maqsad qo`yilsa, yoinki o`rganilayotgan 
ob’ekt mohiyatiga kirib borish uchun ustanovka berilsa, fikran takqoslashda 
xatolar miqdori keskin kamayadi. 
Shaxsiy kuzatishlarimizning ko`rsatishiga  qaraganda, taqkoslash 
operatsiyasida katta yoshdagi kishilarda va o`quvchilarda uchraydigan asosiy 
kamchilik bu jarayonni noto`g`ri tasavvur qilish yoki xato tushunishdir, ya’ni 
taqqoslash deganda ikki va undan ortiq nar-salarni yonma-yon qo`yishlik deb, 
faraz kilishlikdir. Inson shaxsiy faoliyatida, ta’lim jarayonida takqoslash ustida 
qanchalik ko`p mashq qilsa, taqqoslash ko`nikmasi paydo bo`lsa, unda fikr 
yuritish shunchalik samarali bo`ladi. 
Abstraktsiya. Narsa va hodisalarning, konun va qonuniyatlarning ayrim 
belgisi, sifati, alomati yoki xususiyatlarini fikran ulardan ayirib olib, mustaqil fikr 
ob’ektiga aylantirishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi inson bilish faoliyatida 
muhim ahamiyatga ega. Masalan, bilish jarayonida tabiat, jamiyat va ayrim 
insonlarga xos bo`lgan «go`zallik» belgisini ayirilib olib, ularning go`zalligi 
to`g`risida emas, balki umuman go`zallik, ya’ni estetik kategoriya mazmunidagi 
tushuncha yuzasidan mulohaza bildiriladi. 
Abstraktsiyalash shunday fikr tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya 
yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini 
 
92


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə