O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73

Tixomirovning darsligida berilgan. Tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar 
mana bunday ifodalanadi: «Tafakkur - bu o`z maxsuloti bilan voqelikni 
umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan, umumlashtirish darajasi 
va foydalanadigan vositalariga hamda o`sha umumlashmalar yangiligiga bog`liq 
ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir". O. K. Tixomirov 
mazkur ta’rifda tafakkurning aksariyat jihatlari va xususiyatlarini ta’kidlab 
o`tgan. Lekin tafakkur muammosiga yangicha yondashishlarning paydo bo`lishi 
ta’rifni yanada takomillashtirishni taqozo qiladi. 
Hozirgi davrda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman 
qarash va ta’riflar mavjuddir. Ularni ayrimlariga xaraktsristika berib o`tamiz. S. 
L. Rubinnggeyn nazariyasiga binoan, tafakkurii psixologik jihatdan o`rganishning 
asosiy predmeti- ja-rayon, faoliyat tariqasida namoyon bo`lishdir. Muallif 
tafakkur ope-ratsiyalari, shakllarini shakllaptirishda-jarayon, muammoli vaziyatni 
qal qilishda zsa-fikr goritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib 
beradi. S. L. Rubipshtsyn tafakkur to`g`risidagi goyani rivojlantirib, uni sub’ekt 
faolligining paydo bo`lishi deb pgaladi. 
A. N. Leontьev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mu-[ lohaza 
yuritib, tafakkurpi turli ko`rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini 
tan oladi, lekii uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga 
tafakkurning strukturasi, fikr yuritish motivatsiyasi to`g`risida nazariy 
metodologik muammolarni o`rtaga tashlaydi. 
P. YA. Galьperin fikriga ko`ra, tafakkur-bu orientirlash-tadqiqot faoliyati, 
orientirovka jarayondir, ya’ni orientirovka-jarayon, orientirovka faoliyat. Muallif 
psixologiya fani intellektual masalalarni yechishda sub’ektning tafakkurga 
orientirovka qilish jarayonini o`rganishdan iborat deb tushuntiriladi. P. YA. 
Galьperin tafakkurning boshqa jihatlarini o`zining aqliy harakatlarni bosqichli 
shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda yoritishga intiladi. 
A. V. Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurning muhim yanglikni qidirish va 
ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat kilish oldindan payqash xususiyatlari 
alohida ta’kidlab o`tiladi. Yuqoridagi mualliflardan farqli o`laroq, A. V. 
Brushlinskiy tafakkurning umumlashtirib, bilvosita aks ettirishdan tashqari muhim 
yangilikni izlash va ochish, oldindan  bashorat qilish xususiyatlari mavjudlini ni 
dalillab ko`rsatadi. 
Tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidai sho`ro psixologlari tomonidan 
bildirilgan mulohazalarga yakun yasab, umumiy ta’rif berishning mavridi keldi. 
Psixologiyada tafakkurga nisbatan berilgan  qator tushunchalar mavjuddir, 
jumladan, jarayon, fikr yuritish  faoliyati,   bashorat   qilish,   anglashilgan  
bilimlar,   aql   mezoni, faqmlilik va boshqalar. Yuritilgan fikrlarga suyangan 
holda, tafakkurga quyidagi shartli ta’rifni berish mumkin: Tafakkur atrof-
muhitdagi voqyolikni  nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan  holda  aks 
zttiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog`lanishlarni anglashga, yangilik 
ochishga va bashorat qilishga yo`naltirilgan aqliy  faoliyatdir.  Ta’rifda 
tafakkurning eng  muhim  xususiyatlari va  funktsiyasi sanab o`tilgan, ya’ni 
so`z (fikr) bilan, umumlashtirib, bavosita, ijtimoiy sababiylik, yangilik ochish, 
bashorat qilish, jarayon,  faoliyat  va boshqalar.  Bizningcha,  berilgan ta’rifdan  
 
89


kelib  chiqqan   holda  tafakkur   predmetini   aniqlashga  harakat   qilinsa, 
maqsadga muvofiq ish qilingan bo`lar edi. Tafakkur predmetini belgilash 
mashaqqati uning murakab bilish jarayoni ekanligini yana bir karra tasdiqlab 
turibdi. Quyidagi tafakkur strukturasini ilova qilamiz. 
 
Analiz va sintez operatsiyalari. Analiz-shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, 
uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy va xususiyatlarini 
tahlil qilamiz. Allomalarning aytishicha, maymunning yong`oqni chaqishining 
o`ziyoq boshlang`ich oddiy analizdir. O’quvchi va talaba yoshlar turmushda va 
dars jarayonida analiz yordami bilan ko`pgina ishlarni amalga oshiradilar, 
topshiriqlar misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim 
va tajribalarni inson tomonidan o`zlashtirib olish analizdan boshlanar ekan. Darsda 
biz kimyoviy birikmalarni (N2 SO4-vodorod, kislorod va oltingugurtga) 
parchalaymiz. Ma’ruzalarda gaplarni grammatik tahlil qilish asosida turli gap 
bo`laklariga, morfema va fonemalarga ajratiladi. Agarda inson oldiga 
avtomashina motorining tuzilishini bilish vazifasi qo`yilsa, u holda bu topshiriqni 
xal qilish uchun u motorni ayrim qismlarga ajratib, har bir qismni o`z navbatida 
alohida olib tekshirish lozim bo`ladi va  hokazo. 
Ma’ruza va dars jarayonlarida tafakkurning analiz qilish operatsiyasi juda 
muhim rolь o`ynaydi. Insonga savod  o`rgatish bola nutqini analiz qilishdan 
boshlanadi. So`ng bu holat matnni gaplarga, gaplarni so`zlarga, so`zlarni o`z 
navbatida bo`g`inlarga, fonemalarga, ularni esa tovushlarga bo`lish singari aqliy 
faoliyat bilan asta-sekin almashtiriladi. Arifmetika, algebra, geometriya, 
trigonometriya, fizika yoinki O’zbekistop tarixi, falsafa, iqtisod, politologiya, 
psixologiya va boshqa fan asoslarini o`rganish muammoli topshiriqlarni, 
masalalarni yechish ham analiz qilishdan boshlanadi. Yuqorida aytib o`tilgan 
motor yoki boshqa qismlarning rolini chuqur tushunish uchun yolg`iz analiznipg 
o`zi kifoya qilmaydi. Chunki tarkibiy qimlarni birlashtirilgan holda bir-biriga 
ta’sir qilib turgan motor va mashinani butunligicha olib tekshirgandagina, uning 
motor yoki mashina  ekanligini anglash mumkin. 
Sintez-shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, biz narsa va xodisalarning 
analizda bo`lingan, ajratilgan ayrim qismlarni, bo`laklarini sintez yordami bilan 
fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez 
elementlarning, narsa va xodisalarning qismlari va bo`laklarini bir butun qilib 
qo`shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta’rifdan ham ko`rinib turibdi. Analiz 
amaliy bo`lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, motor yoki 
dvigatelning qismlarini, detallarini yig`ishtirib o`rni-o`rniga joylashtirilganda, 
ya’ni sintez qilinganda motor yoki dvigatelь hosil bo`ladi. Avtomashinaning 
kuzovini, kabinasini, motor va hokazo qismlari sintez qilingan mahaldagina bir 
butun avtomashinani bunyod etish mumkin. Turli psixologik mavzularni o`rganish 
orqali psixologiya fani to`g`risida yaxlit tushuncha paydo bo`ladi. Kimyoviy 
elementni reaktsiyaga kiritish yo`li bilangina istalgan birikma hosil qilish 
imkoniyati tug`iladi. Rassomlar ko`z, qosh, burun va kishining boshqa 
organlarini mutanosib ravishda chiziq orqali bir butun inson shaklini yasash, 
 
90


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə