O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73

xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odatda ong bevosita boshqaradi. 
Ko`pincha psixologiya fanida ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi 
qo`yiladi. Bu jarayon ma’lum, kerakli topshiriq yoki vazifa qo`ysa, esda olib 
qolishga yetaklovchi faoliyat biron-bir maqsadni ro`yobga chiqarishga 
yo`naltirilgan taqdirda yuzaga keladi. Biz matematika topshiriqlari 
yechayotganimizda masaladagi sonlarni esda olib qolishni o`z oldimizga maqsad 
qilib qo`ymaymiz. Mazkur so`z-mantiq holatda asosiy maqsad faqat masala 
yechishga qaratiladi, buning natijasida sonlarni  esda saqlashga hech qanday 
o`rin ham qolmaydi. Shunga qaramay, biz ularni qisqa muddatga bo`lsada, esda 
saqlashga intilamiz, bu holat faoliyat yakunlangunga qadar davom etadi. 
Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz  turlari xotira tarakqiyotiga ikkita 
ketma-ket bosqichlarini tashkil etadi. Ixtiyorsiz xotiraning turmushda va 
faoliyatda katta o`rin egallashini har kim o`z shaxsiy tajribasida biladi. Ixtiyorsiz 
xotiraning muhim xususiyatlaridanbiri- maxsus mnemik maqsadsiz, akliy, asabiy, 
irodaviy zo`r berishsiz hayotiy ahamiyatga ega bo`lgan keng ko`lamdagi 
ma’lumot,xabar, axborot, taassurotlarning ko`pchilik kismini aks ettirishidir. 
 Inson muayyan daqiqalarda, lahzalarda dolzarb paytda bevosita idrok 
qilinayotgan narsalarni go`yo ko`rishda, eshitishda davom etayotgandek tuyuladi. 
Ushbu jarayon kelib chiqishi jihatidan beqaror, hatto o`zgaruvchan, lekin ular 
shu kadar maxsus tajriba orttirish mexanizmlarining faoliyatida muhim 
axamiyat kasb etadi, shu boisdan ularning roli shu qadar axamiyatliki, bu 
jarayonlarda esda olib qolish, esda saqlash, axborotlar, ma’lumotlar, xabarlarni    
qayta   esga   tushirishning   alohida   turi    sifatida qaraladi. Ushbu jarayon 
odatda psixologiya fanida qisqa muddatli  xotira  deb  ataladi. 
Juda ko`p qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddat 
davomida esda saqlab qolish xarakterli bo`lgan uzoqmuddatli xotiradan farq holda 
qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt oralig`ida idrok qilish va shu 
ondayoq qayta tiklashdan so`ng qisqa muddatli esda olib qolish bilan xarakterlanadi. 
Operativ  xotira.   Inson  tomonidan  bevosita  amalga oshirilayotgan  faol, tezkor  
harakatlar, usullar  uchun  xizmat qiluvchi jarayonni  anglatuvchi  mnemik  holat  
operativ  xotira  deb  ataladi.   
 
Mavzu yuzasidan savollar 
1.Xotira haqida tushuncha. 
2.Xotira turlari va ularning o`zga xosligi. 
3.Xotiraning individual farqlari. 
4.Xotira nazariyalari va qonunlari. 
Tayanch iboralar 
Ixtieriy, ixtiersiz, praktiv, repraktiv, emotsional, 
paramneziya, induktsiya, repraduktsiya, fenomenal, 
eydetizm 
 
 
 
 
87


 
 
 10 Mavzu:  TAFAKKUR 
 
Reja: 
 
1.
 
Tafakkur psixologiyasi predmeti. 
2.
 
 Tafakkur operatsiyalari. 
3.
 
Tafakkur shakllari va turlari 
4.
 
 Nutqning shakllanishida tafakkurning roli. 
 
Psixologiya fani nimadan bahs etadi, degan an’anaviy savol mavjuddir, biroq 
hozirgi davrda tafakkur psixologiyasi predmeti nima degan savol tug`ilmokda. 
Ma’lumki, psixologiya fani tafakkurni o`rganadigan yagona fan emas, chunki 
uning ayrim jihatlarini logika, filosofiya, hatto kibernetika tadqiq qilmokda. 
Shuning uchun tafakkur psixologiyasi predmetini aniqlash juda muhim 
masalalardan biriga aylanib qolmoqda. 
Umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta’rif turlicha bo`lib, 
ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta’kidlab  o`tiladi, xolos. Jumladan, P. I. 
Ivanovning darsligida «tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu 
faoliyat voqelikni eng aniq (to`g`ri), to`liq, chuqur va umumiylashtirib aks 
ettirishga (bilishga), insonning tag`in ham oqilona amaliy faoliyat bilai 
shug`ullanishiga imkon beradi» deb ta’riflanadi. Ushbu ta’rifda tafakkurning 
to`la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta’kidlab o`tiladi, xolos, lekin 
uning xarakterli xususiyatlari bavosita, so`z yordami bilan ifodalanishi 
muallifning diqqat markazidan chetda qolgan. 
M. V. Gamezo «tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so`z hamda 
o`tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi» ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning 
umumlashgan, so`z vositasida va vositali atrof-muhit hodisalarini aks ettira 
olishini ta’kidlaydi. Bizningcha, tafakkurga berilgan ushbu ta’rif uning 
predmetini to`la ochib berishga qurbi yetmaydi, shuning uchun boshqa 
manbalarga murojaat qilishga to`g`ri keladi. 
A. V. Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga ushbu shaklda ta’rif o`z 
ifodasini topgan: «Tafakkur-ijtimoiy-sababiy, nutq bilan chambarchas bog`liq 
muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha 
qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilishda uni bevosita va 
umumlashtirib aks ettirish jarayondir». Ta’rifdan ko`rinib turibdiki, yuqorida 
keltirib o`tilgan ta’riflardan bir muncha kengroq tafakkur xususiyatlarni ochib 
berish uchun xizmat qiladi, biroq uning jihatlari to`la qamrab olinmagan. 
V. V. Bogoslovskiy tahriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta’rif 
uning umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan xolos. Xuddi 
shunga o`xshash tafakkur xususiyatlari X N. Gonobolin, K. K. Platonov 
darsliklarida ham uchraydi. 
Bizningcha, tafakkur predmetini belgilash uchun to`laroq ta’rif O. K. 
 
88


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə