O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73

bildirish, mehr-oqibatliligini amaliy ifodalash orqali ularni tushunish 
imkoniyati tug`iladi, buning natijasida tub ma’nodagi empatiyaga asoslangan 
idrok qilish bosqichi yuzaga keladi. 
Mavzu yuzasidan savollar 
1.Psixologiyada idrok tushunchasi. 
2.Idrok va uning turlari. 
3.Idrokning individual xususiyatlari. 
4.Idrokning yaxlitligi va strukturaligi. 
 
Tayanch iboralar 
Adabtatsiya, appertseptsiya, illyuziya, galyutsinatsiya, attraktsiya, analitika
 
 
9 Mavzu: Xotira va uning asosiy mexanizmlari 
 Reja: 
 
1.
 
Xotira hakida umumiy tushuncha. 
2.
 
Xotiraning fiziologik asoslari. 
3.
 
Xotira turlarining psixologik tasnifi. 
                  4.Xotiraning shakllanishi va rivojlanishi 
 
Psixologik    manbalarda    ko`rsatilishicha,    psixikaning   eng muhim 
xususiyati shundan iboratki, inson tashqi ta’sirotlarni aks     ettirilishidan      
o`zining     keyingi     faoliyatida,      xatti harakatlarida doimo foydalanadi va 
ijodiy yondashuvi natijasida ba’zi bir o`zgarishlar kiritadi. Insonda shaxsiy 
tajriba, ko`nikma, malaka va bilim ko`lami orta borishi hisobiga faoliyat hamda 
xulq atvor tobora murakkablashib, yangi mazmun, yangi sifat kasb eta 
boshlaydi. Ma’lumki, agar tashqi olamning  timsollari va ularning izlari yo`qolib 
ketaversa, tajribaniig saqlanishi, bilimlarning boyishi, murakkablashishi, 
muayyan tartibga kelishi, qaytadan jonlanishi mutlaqo mumkin bo`lmas edi. 
Modomiki shunday ekan, mazkur obrazlar bir-biri bilan o`zaro uzviy bog`lanib, 
asta-sekin mustahkamlanib, miya qobig`ida puxta saklanib koladi, shu bilai 
birga, hayot va faoli-yatning muayyan talablariga muvofiq ravishda qaytadan  
jonlanadi, avvalgi holatini boshqatdan namoyon qiladi. 
«Individning o`z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik 
uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». «Xotira atrof muhitdagi voqelik ni 
bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv holda, 
reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va 
mexanik yo`l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga 
tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan iborat psixik jarayon alohida va 
umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy 
 
79


qayta ishlashga yo`naltirilgan mnemik (yunon mnema-xotira) faoliyatdir". 
Shuni qat’iy ishonch bilan aytish mumkinki, berilgan ta’rif xotiraning 
murakkab, keng qamrovli jihatlarini to`la ta’kidlash imkoniyatiga ega. Lekin bu 
narsa absolyut darajada mukammallik da’vo  qilish degan ibora emas, chunki 
unda ob’ektivlik (tashqi) va sub’ektivlik (ichki) yuzasidan ma’lumot aks ettirilmadi. 
Umuman olib qaraganda esa, bu narsaga hojat qam, eqtiyoj ham, hatto imkoniyat 
ham yo`qdir. 
Ta’rifda xotiraning esda olib qolish, zsda saqlash, esga tushirish, unutish, 
tanish, eslash kabi asosiy jarayonlari aloqida ajratib ko`rsatilgan, lekin ularniig 
har biri mustakil holat va jarayon hisoblanmaydi. Chunki ular muayyan 
faoliyat davomida, xoh bilish, xoh mnemik faoliyat bo`lishidan kat’i nazar 
shakllanadi va o`sha faoliyat tuzilishi, mohiyati va mazmuni bilan belgilanadi. 
Shuning  u c h u n   inson  tomonidan  muayyan  bir  materialni  esda  olib  qolish,  esda 
saqlash, esga tushirish uniig individual  tajriba ko`lami, bilim saviyasi   va   aql-
zakovati   darajasiga  bog`liqdir.   Chunki   esda  olib qolingan narsa va 
hodisalarni keyinchalik qo`llash uchun esga tushirish taqozo etiladi; bu  
mnemik faoliyatni talab kiladi. O’zlashrilgan materiallarning ushbu faoliyat 
doirasidan chiqib ketishi esa  uning unutilishiga olib keladi. Materialni esda 
saqlash uchun shaxs faoliyatida qanday aks etishiga bog`liqdir. Ana shuning 
uchun xar xil holatlarda odamning bilish faoliyati, xulq-atvori hayotiy tajribasi va 
madaniy malakasi bilan belgilanadi. Lekin bu to`g`rida qarama-qarshi  nuqtai  
nazarlar ham mavjud; ular o`zaro mezonlari, hamda sharxlari bilan 
tafovutlanadilar. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xotiranipg bosh roli o`tmishda yuz bergan 
narsa va hodisalarni  aks  ettirish  bilan  cheklanib  qolmasdan,  balki  xam 
hozirgi, xam kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan voqelikning ro`yobga 
chiqishini ta’minlaydi. Tabiatda va jamiyatda namoyon bo`ladigan har qanday 
toifadagi psixik hodisa o`zining tarkibiga kiruvchi  har bir  qismni  muayyan 
tartibda o`zaro bog`langan  tarzda saqlab    kolinishini   talab   etadi.    
Psixologik ilmiy adabiyotlarda ko`p marotaba ta’kidlanishiga binoan, xotira 
barcha psixik jarayonlarning eng muhim tasnifi bo`lishi bilan bir qatorda,  bu 
nazariyalar negizida xotira jarayonlarining shakllanishiga sub’ekt (inson)ning 
faolligi qanday ahamiyatga egaligi va bunday faollikning mexanizmi  kanday 
ro`yobga chiqishi to`g`risidagi muammolarni tasniflanadi. 
  Mnema (yunon mnema-xotira)  xotiraning o`ziga xos moddiy asoslarini 
belgilash uchun ishlatiladigan atama, I. P. Pavlov ta’limotiga ko`ra, xotiraning 
moddiy asosi bosh miya qobig`ida hosil    bo`lgan    muvaqqat    asab    
bog`lanishlaridir.    Shuningdek, bog`lanishlarning hosil bo`lishi, ularning 
mustahkamlanishi va keyinchalik jonlanishi yoki faollashuvidir. 
       Amneziya  -   xotira faoliyatining qisman buzilishi yoki to`liq 
yo`qolishidai iborat ruhiy nuqson. Amneziya  holatida kishi ba’zan hatto  o`z  
ismi  sharifini  unutib  qo`yishi  ham   mumkin.  Amneziya holati turli kasalliklar 
(mas. meningit) yoki bosh miya qobig`ining  zararlanishi natijasida sodir bo`ladi. 
      Reministsentsiya (lat. reminiscen sal-pal eslash) reministsentsiya; zarur 
paytda esga tushmagan yoki avval unutilgan deb hisoblangan materiallarning 
 
80


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə