O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73

binafsha rang sezgisi hosil qiladi. Nazariyaga ko`ra, yorug`lik to`lqinlari birdaniga 
uchta elementni bir xilda  qo`zg`atsa,   oq   rang   sezgisi   vujudga   keladi.   
Lekin   yorug`lik to`lqinlari ikki yoki uch elementga ta’sir qilsa-yu, ammo bu 
ta’sir bir tekis kechmasa, u holda sezuvchi elementlardan har birining 
qanchalik qo`zg`alganligiga qarab, har xil rang sezgilari namoyon bo`ladi. 
Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat bo`lib, ularning 
bunday nomlanishining bosh omili - bu retseptorlarning teri va organizmning 
tashqi shilliq pardalarida joylashganligidir. 
Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo`lib, 
ularning birinchisi tegish va tarqalishni tuyish sezgilar, ikkinchisi esa silliq yoki 
g`idir-budurni tuyish bilan tavsiflanadi. Odatda tana a’zosiga narsalarning 
tegishini sezish tashqi ko`zg`alish kuchayganda siqiqni sezishga aylanadi, u 
yanada kuchayganda siqiq og`riq sezgisiga aylanadi.
 
Tuyish sezgilari organi — teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyish 
tanachalari deb nomlanuvchi tanachalardan iboratdir. Tanachalarning ichida, 
qisman tashqarisida (epiteliyda) tuyish nervining chekka tarmoqlari mavjud, ular 
terida va shilliq pardalarda bir tekis taqsimlangan. Ular barmoklarning uchlarida 
til uchida, labda zich joylashgan, xuddi shu boisdan sezgirlik daraja 
boshqalardan yuksakroqdir. Qaysi yerda tanachalar siyrak bo`lsa, demak u 
joylarda sezish ko`rsatkichi shunchalik pastdir. 
Psixologiyada tuyish tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqpari 
zichligi esteziometr asbobi yordami bilan o`lchanadi. Asbob keriladigan ikki 
oyokli tsirkuldan tashkil topgan bo`lib, o`zagidagi darajalar oyoqlarning uchlari 
o`rtasidagi masofani o`l- chaydi. 
Tuyishning aniqlik darajalari: a) barmoq uchlarida 1 mm-2 mmgacha, b) 
qo`l kaftida 10 mm, v) orqada 60-70 mm masofa bir yo`la ikki oyoqcha 
tegayotganligini sezish mumkin (masofa kamaysa, sezgirlik pasayadi). 
Tuyish sezgilarining markazi bosh miya po`stining orqadagi markaziy 
pushtasida joylashgan deb taxmin qilinadi. 
Tuyish sezgilarining tashqi, ya’ni fizik sababi - bu biron-bir 
narsalarningteriga bevosita tegishidir. 
Harorat sezgilari issiq yoki sovuqni sezish bilan tavsiflanadi. Maxsus 
tanachalarning ichida issiqni yoki sovuqni sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari 
joylashgan bo`ladi. 
Ularning tashqi sababi — biron-bir xaroratga ega bo`lgan qattiq, suyuq va 
gazsimon jismlarning tanaga tegib turishidir. Issiqni yoki sovuqni farqlash 
qo`zg`atuvchi harorati bilan badan , harorati o`rtasidagi nisbat bilan 
belgilanadi. Masalan, ko`zgatuvchining xarorati badan haroratidan past bo`lsa 
— sovuqni, agarda yuqori bo`lsa -- issikni sezamiz, his qilamiz. 
FARQLASH: a) jismlarning issiq o`tkazuvchanligi: temir va yung. 
XaRORAT SЕZGILARI:  a) tashki ko`zg`atuvchilar, b) organizm ichida: 
qo`rkish - qon tomiri torayadi, uyalish - qon tomiri kengayadi. 
Muskul-harakat sezgilari motor sezgilari, goho kinestetik sezgilar deb 
nomlanib, ularga og`irlikni, qarshilikni, organlar xarakatini bilish sezgilari kiradi. 
Ularning organlari - gavda muskullari, paylar, bo`g`imlardan iboratdir. 
 
72


Organlarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo`lib, 
ularning ta’sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi. 
Muskul-harakat sezgilarining fizik sababi muskullarga ta’sir etuvchi 
narsalarning mexanik tayziqi va gavda harakatlaridir. 
Statik sezgilar gavdaniig fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash 
sezgilar deb ataladi. 
Gavdaning fazodagi xolatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki 
qulokdagi vestibulyar apparat retseptor vazifasini bajaradi. Vestibulyar apparat 
quloq daxlizi va yarim doira kanalnardan tashkil topgan bo`ladi, sezuvchi nerv 
tarmoqlari esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. Gavda 
muvozanatini saqlashda otolitlar alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada 
suzib yuradigan mayda ohaktosh kristallaridan tashkil topgandir. 
Odatda organizm avtomatik ravishda refleks yo`li bilan muvozanat saqlaydi. 
Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda qizilo`ngach, me’da, 
ichak, qon tomirlari, o`pka va shu kabilarda   joylashgan bo`ladi. 
Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgilar retseptorlarining 
qo`zg`atuvchilaridir. Ular quyidagilardan iboratdir: 
a) og`riq sezgilari; 
b) xush tuyg`ular; 
v) noxush tuyg`ular. 
 
Mavzu yuzasidan savollar 
1.Sezgi haqida tushuncha. 
2.Sezgilarning resseptorlik va reflektorlik nazariyalari. 
3.Sezgi jarayoni qonuniyatlari. 
4.Sezgilarning nerofiziologik asoslari. 
 
Tayanch iboralar 
Ekstroretseptiv, interoretseptiv, propriretseptiv, statik, organik, periferik, 
afferent, efferent 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
73


 
8 Mavzu: Idrok tushunchasi va asosiy 
mexanizmlari
 
 
Reja: 
1.
 
Idrok to`g`risida umumiy tushuncha. 
2.
 
Idrok turlari. 
3.
 
Idrok apertsepsiya hodisasi. 
4.
 
Idrokda illyuziya holatlari 
 
 
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon 
bo`lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar 
xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, 
ko`nikmalar bir davrning o`zida namoyon  bo`ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. 
Idrok tushunchasi lotin tilida qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning 
yuqori bosqichi esa «appertseptsiya»  deyiladi. Appertseptsiya- idrok 
jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribala-qiziqishlari,  
motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari,  umuman, ruhiy hayotning barcha 
mazmuni bilan belgilanishidir. Appertseptsiya  hodisasi tufayli odamlar 
o`zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada 
tafovutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani o`zining bilim saviyasi, 
maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi  ijtimoiy   kelib   chiqishiga  asoslangan   
holda turlicha  idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, «ildiz» 
tushunchasini biologlar o`simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar 
sonlarning ildiz ostidagi ko`rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan (qarindosh-
urug`chilik shaklida ko`z o`ngiga keltiradi. Mazkur tushuncha ba’zi hollarda 
idrokning aniqlik, to`liqlik, ravshanlilik, predmetlilik,   tanlovchanlik      kabi   
sifatlarning   ma’nosi o`rnida qo`llanilgan. Psixologiya  nazariyalariga ko`ra 
appertseptsiya xodisasi   barqaror   va   vaqtincha     deb   yurituvchi   ikki 
ko`rinishga    ajratiladi.   Barqaror  appertseptsiya  hodisasi shaxsning 
dunyoqarashi,  ideali, pozitsiyasi, motivatsiyasi,  qiziqishi, bilim saviyasi, 
madaniy darajasi, xulq-atvori, ma’naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bog`liq 
bo`lib, u o`ta murakab tuzilishga egadir. Muvaqqat  appertseptsiya turi esa 
shaxsning faqat idrok qilish jarayonidagi emotsional holatiga, ya’ni uning 
kayfiyati, ruhlanishi, shijoati, stress, affektiv ko`rinishdagi xis-tuyg`ularida, 
ularning sur’ati, davomiyligi, tezligida o`z ifodasini  topadi. 
Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadkiq qilinadi, vaqt, 
harakat, fazo yordami bilan  atrof-muhitning,  
biosferaning,   ijtimoiy   turmushning   mohiyati   yuzasidan   axborotlar, 
ma’lumotlar, xususiyatlar aks ettiradi. Borliqdagi narsa va hodisalarning 
yashash shakli, uzluksiz ravishda harakatda bo`lishi, muayyan obьektiv vaqt 
 
74


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə