O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73

ta’sirida ham aniq namoyon bo`lishi mumkin, aksincha sezish rayoni esa 
amalga oshmaydi. Bu holatni elektroentsefalografik re tsiyalar tasdiqlaydi. 
Tovush qo`zg`atuvchiga kelib chiqqan holda G. Gershuni inson subsensor 
diapazonga ega degan ilmiy g`oyani olg`a suradi. Bu narsa anglashinilmagan 
fiziologik reaktsiyalar, sezib mos qo`zg`atuvchilarga asoslanadi. 
Sezgilarning o`zgarishi adaptatsiya va sensibilizatsiya holatlarida o`z 
ifodasini topadi. 
Adaptatsiya (lot. — moslanmoq) — sezgi organlari, ya’ni a’zolarining 
taьssurot kuchiga moslashuvi natijasida   muayyan   sezgirlikning 
 
 
o`zgarishidan   iboratdir.   Adaptatsiya hodisasida sezgirlik ortishi yoki 
kamayishi mumkin. Kuchli taьsirdan kuchsiz ta’sirotga o`tganda, sezgirlik asta-
sekin ortib boradi, ta’sirot kuchayganda esa sezgirlik kamayib boradi (ko`ruv, 
eshituv hid bilish, teri-tuyush va hokazo).  
Odatda genetik nuqtai nazardan adaptatsiya uch xil xususiyati negiz 
(manba) ta’sirida vujudga keladi. 
1.
 
Qo`zg`atuvchilarning davomli ta’siri jarayonida sezgilarni to`la 
yo`qolishi tarzida adaptatsiya. Doimiy ta’sir qilib turadigan qo`zg`atuvchi ta’sir 
o`tkazadigan bo`lsa, bunday holatda sezgi so`nib qoladi. Masalan, teriga tegib 
turadigan yengilgina bir yuk tez ora sezilmay qoladi. Yoqimsiz hidli bir joyga 
kirib qolganimizda, biz ozdan so`ng bu hidni batamom yo`qolib ketganday his 
qilamiz. Og`izda biron-bir narsa ushlab turiladigan bo`lsa, ta’m sezgisining 
intevsivligi bo`shashadi. 
Doimiy   va   harakatsiz   ko`zg`atuvchining   ta’siriga   nisbatan no`rshp 
analizatorlarida to`la adaptatsiya hodisasini shu bilan tushuntirib     berish     
mumkin.     Bunday     holatda  qo`zg`atuvchining harakatsizligini ko`rish 
retseptorlari apparatining harakatchanligi ™osib yuboradi. Ko`zni har doim  
ixtiyoriy va  ixtiyorsiz ravishda harakatlanib turishi ko`rish sezgisining 
uzluksizligini ta’minlaydi. Qo`zg`atuvchi ta’siridan 2-3 sekund o`tgach, ko`rish 
sechgisi yo`qoladi, ya’ni adaptatsiya hodisasi yuzaga keladi. 
2. Kuchli qo`zg`atuvchining ta’siri ostida ham sezgilar zaiflashishi. 
 
 
Masalan,   qo`lni   muzdek suvga tugib   turgan   paytda,  sovuq qo`zg`atuvchi 
ta’siri bilan yuzaga kelgan sezgining intensivligi pasayadi. Qorong`iroq 
xonadan juda yorug` joyga kirib qolsak, biz avval boshka yorug`likdan «ko`r» 
bo`lib qolib, atrofimizdagi narsalarni ajrata olmaymiz. Maьlum fursat o`tgandan 
so`ng, ko`rish analizatorlarning sezgirligi keskii sur’atda pasayadi va biz mo`’tadil 
ko`rish imkoniyatiga  ega  bo`lamiz.   Ko`rish   sechgirligining    intensiv  
yorug`lik qo`zg`atuvchisi   bilan   ta’sir   qilganda  pasayishdan   iborat   hodisa 
yoruglik adaptatsiyasi deb yuritiladi. 
Ko`rib o`tilgan ikki turdagi adaptatsiyani ko`pincha psixologiya fanida negativ 
adaptatsiya deb ataladi. Chunki, har ikkala adaptatsiya natijasida xam 
analizatorlarning sezgirligi ksskin pasayadi. 
3. Sezgirlikni,   kuchsiz   qo`zgatuvchi   ta’siri   ostida   sodir 
bo`ladigan, ortib borishini xam adaptatsiya deb atash anьanaga aylanib qolgan. 
Aksariyat sezgi turlariga xos bo`ltan adaptatsiyaning mazkur turi pozitiv 
adaptatsiya dsyiladi. 
 
66


Qorong`ilik adaptatsiyasida ko`rish sezgirligi ortadi. Sokinlikka nisbatan 
adaptatsiya eshitish adaptatsiyasi zamirida yuzaga keladi. Masalan, sovuq suvda 
(sovuk yegan) qo`l - bir harorat - issiqday; Issiq suvda qo`l sovuq suvda 
o`zgarmaganday tuyuladi. Harorat sezish bilan bog`liq bo`lgan pozitiv 
adaptatsiyalar yukoridagi xususiyatlarga ega. 
Tibbiyot psixologiyasida negativ og`riq adaptatsiyasining mavjudpigi 
to`g`risidagi gipoteza (ukolga, ignaga, issiq nurlanishga nisbatan) ham hukm 
surishi ta’kidlanib o`tildi. 
Adaptatsiyani hosil bo`lish xususiyatlari :a) taktil (teri) adatatsiya juda tez 
hosil bo`ladi; b) ko`z adaptatsiyasi  bir necha minut; v) hid va ta’m 
adaptatsiyalari undan ham uzunroq vaqt talab qiladi. 
Adaptatsiyaning ahamiyati shundan ibratki, u kuchsiz ko`zg`alishli 
payqashga yordam beradi, kuchli ko`zg`alishdan sezgi organini saqlaydi. 
Adaptatsiyani tushuntirib berish: 1) tayoqsimon hujayralar va joylashgan 
ko`rish purpuri aynib ketadi; kimyoviy modda borligi ilmiy jihatdan 
isbotlanmagan: 2) miyaniig po`stloq qismi sezgirlikni pasaytiradigan 
«mulohazalovchi» tormozlanish. Tormozlanish - boshqa joylarda qo`zg`alishpi 
kuchaytiradi — sezgirlik ortadi izchil o`zaro induktsiya hodisasi ro`y beradi. 
Analizatorlarnish o`zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning 
kuchayishi ssnsibilizatsiya deb ataladi. Sezgilik o`zaro munosabatining fiziologik 
mexanizmi anatizatorlarning markaziy qismlari joylashgan bosh miya po`stidagi 
qo`zg`alishning nr-radiatsiya hamda kontsentratsiya jarayonlaridir. I. P. 
Pavlovnipg ta’limotiga ko`ra, kuchsiz ko`zg`atuvchi bosh miya katta yarim 
sharlarning po`stida oson irradiatsiyalanadigan, ya’ni oson yoyilib ketadigan 
ko`zg`alish jarayonini yuzaga keltiradi. Qo`zg`alish jarayonining irra-diatsiyasi 
natijasida boshqa analizatorlarping sezgirligi ortadi. Kuchli qo`zg`atuvchi ta’sir 
etganda, aksincha. kontsentratsiyaga moyil bo`lgan qo`zg`alish jarayoni yuzaga 
keladi. O’zaro induktsiya qonuniga ko`ra, bunday ko`zg`alish jarayoni boshqa 
analizatorlarning markaziy kismlarini tormozlanishga olib keladi va natijada 
ularning sezgirligi pasayadi. 
Qo`zg`atuvchining birin-ketin analizatorga ta’siri bilan analizatorlarga xos 
sezgining paydo bo`lishini sinesteziya deyiladi. Sinesteziya yunoncha birgalikda 
sezish degan ma’noni anglatib keladi. Sinesteziya hodisasini har xil turdagi 
sezgilarda kuzatish mumkin.  
Organizmda funktsional holatning buzilishi yeki insonning charchashi 
farmologik ta’sirlar (adrenalin, fsnamin, benchidrin - kuchayish, pilokarpin — 
pasayish)ga 
Sezgirlikning o`sishi  ko`p  jihatdan  sub’ekt  ustanovkasiga nutqning 
ahamiyatliligiga. nutq instruktsiyasiga bog`liqtsir 
Sezgilarga bag`ishlangan eksperimental tadqikotlar quyidagi| 
yo`nalishlarda olib borilganpishii sanab o`tish maksadga muvofiq: 
1.
 
 
Veber   va  Fexnerlarning  "psixofiziologik   qonuni'"ning 
ochilishi 
2.
 
 
G. Ebbingauzning xotira yuzasidan o`tkazilgan tadqiqsLlar^ 
negizi. 
 
67


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə