O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73

ikkinchisi esa uning funktsiyasini o`rganishga harakat qilardi. 
D.Uotson o`zining dastlabki qarashlarini “Hulq – atvor: taqqoslash 
psixologiyasiga kirish” (1914) va “Bexevioristlar nuqtai nazaridan psixolgiya” 
(1919) kitoblarida “quzg`atuvchi - reaktsiya”, “ko`nikmalar hosil bo`lishi” kabi 
atamalar bilan tushuntirib berishga harakat qiladi. Xulq – atvor qonuniyatlari, 
bexeviorizm ta’limotiga ko`ra, “kirish qo`zg`atuvchi va chiqish” (javob reaktsiya) 
o`rtasidagi o`zaro munosabatlardan iboratdir. Bu tizim ichidagi (psixologik va 
fiziologik) jarayonlar, to`g`ridan – to`g`ri kuzatish imkoni yo`qligi sababli, ilmiy 
tahlil etishdan yiroqda turadilar. Bixeviorizmning asosiy usuli organizmlarga atrof 
– muhitdagi ta’sirga javoban organizm reaktsiyalarini kuzatish va tajribaviy 
o`rganish bo`lib, ular o`rtasidagi o`zgaruvchilarni korrelyatsionlarini bog`lanishda 
matematik tavsiflashdir. 
“Qo`zg`atuvchi - reaktsiya” munosabatlari organizmning muhitga 
munosabatini asosiy birligidir.  
Bixeviorizm yo`nalishida CH.Xanter, K.Leshli tomonidan tajribalar olib 
borildi. Bundan tashqari Edvard Tolmen va K.Xoll tomonidan bixeviorzimning 
yangi yo`nalishi neobxiveiorizm rivojlantiradi.  
Bixeviarizm an’anaviy “qo`zg`atuvchi – reaktsiya”dan tashqari har qanday 
sub’ektiv hodisalarni tan olmas edi. Shuning uchun ham shu vaqtgacha an’anaviy 
bixevioristlar tomonidan rad etib kelinayotgan obraz, motiv kabi boshqa psixologik 
hodisalarga bixeviorizmni qo`llashni neobixevioristlar o`z oldiga asosiy maqsad 
qilib qo`ydi. Bu tipdagi tadqiqotlarda “qo`zg`atuvchi – reaktsiya” o`rtasida ro`y 
beradigan ichki jarayonlarni “mediatorlar” tushunchasi vositasida ifodalashga 
xarakat qilindi. “Mediatorlar” funktsiya emas, balki xulq – atvorning real 
omillaridir, degan g`oyani ilgari surdi. E.Tolmen o`z ta’limotida bevosita uchta 
yo`nalish: bixeviorizm, geshtalьt psixologiya, dinamizm psioxologiyasi g`oyalarni 
uyg`unlashtirishga harakat qiladi. 
Ushbu maqsadida E.Tolmen tomonidan oraliq o`zgaruvchilar tushunchasi 
kiritildi, ular bevosita qo`zg`atuvchilar va javob xulq – atvori o`rtasida amal 
qiladigan, bilish va qo`zg`atish omillarining majmui sifatida tushunildi. Oraliq 
o`zgaruvchilar bu qo`zg`atuvchilar (mustaqil o`zgaruvchilar) ga harakat 
reaktsiyalari (bog`liq o`zgaruvchilar) ni vositaligini ta’minlaydigan 
determinantlardir. Buning uchun E.Tolmen kalamushlar ustida labirint 
ko`nikmalarini egallash bo`yicha ko`plab tajribalar o`tkazadi. Ko`nikmalar hosil 
bo`lishi jarayonida kalamushlarning o`ziga xos ixtirochiligi ma’lum bo`ldi. 
O’z vaqtida Torndayk tomonidan ifodalangan mashq qilish va samara 
qonuniyatlari yangicha baholandi. Mashq qilishning asl mohiyati, bu muayyan 
bilish strukturalarining xosil bo`lishligidir. Kalamush labirintda yo`l topishga 
shuning uchun ham o`rganadiki, undu ushbu yo`lning “bilish xaritasi” xosil 
bo`ladi, bu esa an’anaviy bixeviorizmda, ta’riflanganidek harakat reaktsiyalarining 
yig`indisi emas. Maqsadga intilgan xayvonlar muhit signallarini farqlaydilar. Bu 
bilan o`z kutayotgan natijalarini bog`laydilar. Agar, kutilayotgan natija 
tasdiqlanmasa, xulq – atvor buziladi. E.Tolmen tomonidan “yashirin o`qish” 
tushunchasi ham kiritildi. Bu degani yashirin, kuzatib bo`lmaydigan o`qishning 
vujudga kelishidir. O’qish jarayoni mustahkamlaydigan qo`zg`atuvchi bo`lmagan 
 
58


hollarda ham ro`y beradi. Xayvonlar hatti – xarakatlar ehtimolligi bilan vaziyatni 
go`yoki tadqiq etadi. Unda bilish strukturalari shakllanadi, uning yordamida 
kelgusida eng qulay samaraga erishiladi. Lekin, E.Tolmen bu tajribalarni yo`lga 
quyishiga qaramasdan obrazning harakat reaktsiyalarini qanday boshqarish 
masalasiga javob Bera olmadi. 
Umuman bixeviorizm to`g`risida xulosa qiladigan bo`lsak, D.Uotson 
tomonidan xulq – atvor tushunchasidan ong dalillari (obraz) chiqarib tashlashga 
harakat qilingan bo`lsa, neobixeviorizmda esa xulq – atvor hatti – harakatlariga 
obrazlar (Tolman) va periferik darajadagi nerv jarayonlari kiritishga harakat 
qilindi. Ular o`rniga esa, Skinner tadqiqotlari yuzaga keldi, u radikal tarzda 
qzgartirish qilishni mo`ljallagan edi.  
3. Geshtalьt psixologiya (nemischa – gestalt – obraz, shakl) Germaniyada XX 
asrning birinchi choragida yuzaga kelgan oqimdir. Bu oqim o`z komponentlariga 
nisbatan birlamchi bo`lgan, yaxlit strukturalar (geshtalьt) nuqtai – nazaridan 
psixologiyani o`rganish dasturi bilan chiqdi. Geshtalьt psixologiya (V.Vundt, 
E.B.Titchener) tomonidan ongni elementlarga bo`lish tamoyili va assotsiatsiya 
qonunlari yoki ijodiy sintez asosida ulardan psixik fenomenlarni keltirib chiqarish 
g`oyasiga qarshi chiqdi. Yaxlitlikning ichki, sistematik tuzilishining uni qismlarga 
ajratuvchi xususiyatlar va funktsiyalar belgilaydi, degan g`oya dastlab idrokni 
tajribaviy o`rganishga qo`llandi. Bu uning bir qator muhim xususiyatlarini aniqlash 
imkonini berdi: barqarorlik (konstantlik), strukturaviylik, predmet obrazining 
(figura) uni o`rab turgan fonga bog`liqligi va h.q. Intellektual xulq – atvor 
o`rganilayotganda sensor obrazning harakat reaktsiyalarni vujudga keltirishdagi 
roli o`rganildi. Bu obrazning qurilishi anglashning alohida psixik akti bilan 
tushuntiriladi, ya’ni idrok etilayotgan maydonda munosabatlarni bir lahzada anglab 
olish yo`li bilan insayt holati tushuntiriladi. Bu qoidalar bixeviorizimga qarshi 
qo`yildi, u muammoli vaziyatda organizm xulq – atvorini, ko`r – ko`rona harakat 
reaktsiyalarini natijasida, tasodifan muvaffaqiyatga uchraydi, degan g`oyani ilgari 
surgan edi (sini shva xato usuli). Inson tafakkuri jarayonlarini tahlil etishda asosiy 
e’tibor bilish strukturalarining qayta hosil bo`lishga qaratildi, buning natijasida 
ushbu jarayonlar samaradorlik xususiyati kasb etadi va ular formal mantiqiy 
operatsiyalar, algoritmlar va h.k. shaklida farq kiladi. 
Psixik geshtalliklar va uning qayta hosil qilingan tuzilmalari individual 
ongning xususiyati sifatida qaraldi, bu esa o`z navbatida predmetlar dunyosi va 
nerv tizimi faoliyatiga bog`landi. 
Asosiy vakillari nemis psixologklari M.Vertxeymer, V.Kyoler, K.Kofkalardir. 
4.  Zigmund Freyd ta’limoti ushbu avstriyalik psixologning o`z nomi bilan 
ataladi. Bu ta’limotida shaxs taraqqiyoti va tarkibi irratsional, ongga qarama – 
qarshi bo`lgan omillar bilan tushuntiriladi va ushbu asosida psixoterapiya 
texnikasidan foydalaniladi. Ushbu ta’limot dastlab nervozlarni davolash 
jarayonlarida shakllangan. Z.Freyd ta’limoti individ ongsizlik holatida chuqur 
yashiringan psixik kuchlar (ular orasidagi eng muhimi seksual mayl – libido) va 
individ uchun dushman bo`lgan ijtimoiy muhitda yashab qolish zaruriyati 
natijasida abadul – abad yashirin urishni o`rganadi. 
Ijtimoiy muhit tomonidan qo`yilgan ta’kidlar (ong “tsenzurasini” yaratdi), 
 
59


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə