O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73

pinxona kuzatilgan. Juda ko`p  bolalar taqiqlangan o`yinchoqqa baribir tegishgan. 
Eksperimentning ikkinchi seriyasida esa endi barcha uyinchoqqa tegish mumkin-u
faqat qizil qutichaning qopqog`ini ochish mumkin emas, deb aytilgan. Shu quticha 
tepasiga esa shu bolalarning o`qituvchisi surati ilib qo`yishgan. Bu seriyada 
birinchisiga qaraganda “ta’qiqni buzuvchilar" soni keskin kamaygan. Demak,  bu 
narsa  o`qituvchi shaxsining bola harakatlariga ta’sirini yaqqol isbotlab turibdi. 
Shaxslararo ta’sir haqida gap ketganda, o`qituvchi obro`yining roli haqida 
ham aytish lozim. Chunki, obro`li odam doimo o`sha obro` qozongan guruhida o`z 
mavqeiga va ta’siriga ega bo`ladi. Shaxs obro`yi uning boshqa shaxslarga irodaviy 
va emotsional ta’sir ko`rsata olish qobiliyatidir. Ma’lumki, obro` amal yoki hayotiy 
tajriba bilangina orttirilmay, uning haqiqiy asosi — shaxsning odamlar bilan to`g`ri 
munosabati, undagi odamiylik xislatlarining, boshqa ijobiy xislatlarining 
uyg`unlashuvidadir. Psixologik obro` — ta’sir ko`rsatishning eng muhim 
mezonidir. 
Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib, o`zaro 
ta’sir ko`rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to`g`riroq va aniqroq anglashga, 
tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va 
tushunish muammosi bilan bog`liqdir. Birgalikdagi faoliyat jarayonida shaxslarniig 
bir-birlarini to`g`ri tushunishlari na aniq idrok qilishlari muloqotning samarali 
bo`lishini ta’minlaydi. Rus psixologi A.A. Bodalev boshchiligidagi laboratoriya 
bir-birlarini idrok qilish mexanizmlarini aniqlash borasida qator psixologik 
qonuniyatlarni kuzatgan. Bunday mexanizmlarga: 

 
identifikatsiya; 

 
refleksiya; 

 
stereotipizatsiya kiradi. 
Identifikatsiya shunday psixologik hodisaki, bunda suhbatdoshlar bir-
birlarini to`g`riroq idrok qilish uchun o`zlarini bir-birlarining o`rniga qo`yib 
ko`rishga harakat qiladilar. Ya’ni, o`zidagi bilimlar, tasavvurlar, hislatlar orqali 
boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o`zini birov bilan solishtirish (ongli 
yoki ongsiz) identifikatsiyadir. Masalan, birinchi marta uchrashuvga ketayotgan 
yigitning ichki holatini uning o`rtog`i yoki akasi tushunishi mumkin. 
Reflektsiya muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasidan, xolatidan 
turib, o`zini tasavvur qilishdir, ya’ni reflektsiya, boshka odamning idrokiga 
taallukli bo`lib o`ziga birovning ko`zi bilan karashga intilishdir. Chunki, busiz 
odam muloqot jarayonida o`zini aniq bilmasligi, noto`g`ri muloqot formalarini 
tanlashi mumkin. 
Stereotipizatsiya  odamlar ongida mulokotlar mobaynida shakllanib 
o`rnashib kolgan ko`nikib kolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish 
xollaridir.  Ijtimoiy stereotiplar  har bir shaxsda u yoki bu guruhli kishilar haqida 
shakllangan obrazlardir. A.A. Bodalev va uning shogirdlari bunday stereotiplar 
ba’zan muloqotni to`g`ri yo`nalganligini ta’minlasa, boshqa hollarda esa undagi 
xatoliklarning sababi bo`lishi mumkinligini kuzatishgan. Idrok va tushunish 
borasidagi bunday xatoliklar kauzal  atributsiya (lotinchasiga “kauza" — sabab, 
“atrebutsio" — bermoq, qo`shib bermoq ma’nosini bildiradi) deb ataladi. Masalan, 
o`qituvchi bilan hamsuhbat bo`lib qolgan odamda suhbat boshidayoq “hozir odob-
 
51


ahloqdan dars berishni boshlamasmikan" degan shubha paydo bo`lishi mumkin. Bu 
ham stereotip. Bundan tashqari, odamlar birinchi marta ko`rgan odam to`g`risida 
tasavvurga ega bo`lish maqsadida uning tashqi qiyofasi bilan xarakteri o`rtasida 
bog`liqliklar o`rnatishga harakat qilarkan, shunday bog`liqliklarni aniqlash 
maqsadida A.A. Bodalev talabalar guruhiga turlicha qiyofali shaxslarning 
fotosuratlarini ko`rsatgan. 72 kishidan 9 tasi iyagi katta kishilar kuchli iroda egalari 
ekanligini, 17 tasi peshonasi keng odamlar aqlli ekanliklarini, 3 kishi sochi qattik 
odamlarning qaysarroq, qatьiy ekanliklarini, 5 kishi kichik bo`yli odamlar 
hokimiyatga intilgan, boshqalar ustidan buyruq berishga moyil, chiroyli odamlar 
yo o`ta o`ziga bino qo`ygan yoki nodon bo`lishligini aytishgan va hokazo. 
Tabiiyki, bunday fikrlar mutlaq to`g`ri emas, lekin kishilar ongida avloddan-
avlodga o`tib kelayotgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Notanish 
odam haqida tushunchaning shakllanishida u haqida berilgan birlamchi ma’lumot 
katta rolь o`ynaydi. Masalan,  talabalarning ikki guruhiga bir xil portret ko`rsatib, 
birinchi guruhda bu odam yirik olim, ikkinchisida esa, bu — davlat jinoyatchisi 
deb, unga ikkala holda ham ijtimoiy-psixologik xarakteristika berishlarini 
so`ragan. Ko`rsatmalar har xil bo`lganligi sababli berilgan ta’riflar ham har xil 
bo`lgan. Birinchi guruhdagi talabalar bu odam mehnatkash, mehribon, shafqatli, 
g`amxo`r, aqlli bo`lsa kerak, deyishgan bo`lsa, ikkinchi guruhdagilar uni – 
beshafqat, makkor, qatьiyatli deb ta’riflashgan. Birinchi guruhdagilar portretdagi 
ko`zlarni dono, muloyim deyishgan bo`lsa, boshqalar ularni yovuz, beshafqat deb 
aytishgan. 
Shunday qilib, ijtimoiy pertseptsiya yoki odamlarning bir-birlarini to`g`ri 
idrok etish va tushunish jarayoni muloqotning muhim muammolaridan biridir. Bu 
jarayon psixologik jihatdan murakkab bo`lib, unda muloqotga kirishayotgan 
tomonlarning har biri alohida ana shu idrokning ham ob’ekti, ham sub’ekti bo`lib 
faoliyat ko`rsatadilar. Idrokning ob’ekti sifatida shaxs qaralganda, unda hosil 
bo`ladigan “boshqa odam obrazi" ning barcha sifatlari va qirralari nazarda tutiladi. 
Bunday obraz paydo bo`lishiga xizmat qiladigan belgilarga: o`sha odamning tashqi 
qiyofasi, uning kiyinishi, o`zini tutishi, hissiy holati, ovozi, nutqi, qiliqlari, yurishi 
va hokazolar kiradi. Lekin shularning ichida odamning yuzi muloqot mobaynida 
suhbatdoshga eng ko`p  ma’lumot beradigan ob’ektdir. Shuning uchun ham 
telefonda suhbatlashgandan ko`ra yuzma-yuz suhbatlashish ancha oson va 
axborotlarga boydir. 
Odamlarning bir-birlarini to`g`ri idrok etishlari ularning pertseptiv, ya’ni 
hissiy bilish (idrok sezish) sohasiga aloqador bo`lsa, bir-birlarini tushunishi 
ularning tafakkur sohalariga bevosita bog`liq murakkab jarayondir. Boshqa odamni 
to`g`ri tushungan shaxs uning hissiy holatiga kira olgan hisoblanadi, boshqacha 
qilib aytganda, unda empatiya — birovlarning his kechinmalarini tushuna olish 
qobiliyati rivojlangan bo`ladi. Yuksak ongli, madaniyatli, “ko`pni ko`rgan" 
shaxsgina boshqalarni  to`g`ri tushunishi,   ularning mavqeida  tura olishi mumkin. 
 
Odamlar bir - birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy 
ko`zlagan maqsadlaridan biri - o`zaro bir - birlariga ta’sir ko`rsatish, ya’ni fikr - 
g`oyalariga ko`ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o`zgartirish va yaxshi 
taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir - bu turli vositalar yordamida insonlarning 
 
52


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə