O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73

hissiy holatlar, kulgu, yig`i, ko`z qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o`zaro 
muloqotning nutqsiz vositalari bo`lib, ular muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, 
uni to`ldiradi, ba’zan esa nutqli muloqotning o`rnini bosadi, bunday vositalarni 
noverbal vositalar deyiladi. 
Buyuk rus yozuvchisi L. Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi hamda 85 xil 
ko`z qarashlari turi borligini kuzatgan. G. M. Andreevaning yozishicha, odam yuz 
ifodalari, nigohlarning 2000 ga yaqin ko`rinishlari bor. Ayniqsa, birinchi bor 
uchrashganda ko`zlar to`qnashuvi, nigohlarning roli keyingi muloqotning taqdiriga 
kuchli ta’sir ko`rsatishi maxsus tadqiqotlar jarayonida o`rganilgan. Bularning 
barchasi muloqotning hissiy tomondan boy, mazmundor bo`lishini ta’minlab, 
odamlarning bir-birlarini tushunishlariga yordam beradi. Muloqotning noverbal 
vositalarining milliy hamda xududiy xususiyatlari borligini ham alohida ta’kidlab 
o`tmoq lozim. Masalan, o`zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o`zaro 
munosabatlarining bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko`proq 
ishlatilishi bilan bog`liq. Bolalarning o`z yig`isi bilan onasiga o`z his-kechinmalari 
hamda xohishlarini bildirishlari ham bolalarning yosh xususiyatlariga bog`liq. 
Boshqa millatlar madaniyatiga nazar tashlanadigan bo`lsa, ularda ham ba’zi bir 
muloqot vositalarining turli millatlarda turli maqsadlarda ishlatilishining guvohi 
bo`lish mumkin. Bolgarlar agar biron narsa bo`yicha fikrni tasdiqlamoqchi 
bo`lishsa, boshlarini u yoq-bu yoqqa chayqashar, inkor qilishmoqchi bo`lsa, 
aksincha, bosh siltashar ekan. Ma’lumki, o`zbeklar, ruslar va bir qator boshqa 
millatlarda buning aksi. 
Noverbal muloqotda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham katta 
ahamiyatga ega. Masalan, ayollar ko`proq hissiyotlarga boy bo`lganliklari sababli, 
suhbatlashayotganlarida bir-birlariga yaqin turib gaplashadilar, erkaklar o`rtasida 
esa doimo fazoviy masofa bo`ladi. Olimlarning aniqlashlaricha, bolalarni 
odatdagiday orqama-ketin o`tqazib o`qitgandan ko`ra, ularni yuzma-yuz o`tkazib 
davra qurib o`qitgan ma’qul emish, chunki bunday sharoitda o`quvchilarda ham 
javobgarlik hissi yuqoriroq bo`lar ekan hamda emotsiyalar almashinishgani uchun 
ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo`lib, bolalarning predmetga va bir-
birlariga munosabatlari ancha yaxshi bo`lar ekan. 
Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni 
kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past 
tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to`xtashlar, duduqlanish, 
yo`tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, 
masalan, do`stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo`lsa, biz uning qay 
darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib - pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan 
«Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta. 
Demak, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha 
vositalariga, ayniqsa, nutqqa e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik 
chog`laridanoq nutq madaniyatiga o`rgatish, nutqlarini o`stirish choralarini ko`rish 
zarur. Pedagog esa shunday nutq madaniyatiga ega bo`lishi kerakki, u avvalo uning 
faoliyatini to`g`ri tashkil etishni ta’minlasin, qolaversa, bolalarda nutqning 
o`sishiga imkoniyat bersin. 
Muloqotning bu xususiyati kishilarning muloqot jarayonida birgalikdagi 
 
49


faoliyatda bir-birlariga amaliy jihatdan bevosita ta’sir etishlarinn ta’minlaydi. Shu 
tufayli odamlar hamkorlikda ishlash, bir-birlariga yordam berish, bir-birlaridan 
o`rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarini namoyon 
etishlari mumkin. Shu tufayli o`qituvchi bola shaxsiga maqsadga yo`nalgan holda 
ta’sir ko`rsatishi mumkin. Aslini olganda, har qanday muloqot, agar u bema’ni, 
maqsadsiz, quruq gaplardan iborat bo`lmasa, doimo muloqotga kirishuvchilarning 
xulq-atvorlarini, ularning ustanovkalarini o`zgartirish imkoniyatiga ega. 
Jamiyat miqyosida oladigan bo`lsak, odamlarning turli sharoitlarda o`zlarini 
tutishlari, xulq-atvorlarining boshqarilishi ma’lum psixologik qonuniyatlarga 
bog`liqligini ko`rish mumkin. Bunga sabab jamiyatda qabul qilingan turli 
normalar, qonun-qoidalardir. Chunki, o`zaro muloqot va o`zaro ta’sir jarayonlarida 
shunday hatti-harakatlar obrazlari kishilar ongiga singib boradiki, ularni har bir 
kishi norma sifatida qabul qiladi. Masalan, o`smir bola, umuman yoshlar jamoat 
joylarida kattalarga o`rin bo`shatib berishlari kerakligi ham xulq-atvorning bir 
normasi. Shu normaga amal qilish yoki qilmaslik ijtimoiy nazorat tizimi orqali 
boshqariladi. Ya’ni, yuqoridagi sharoitda agar o`smir bola avtobusda qariyaga joy 
bo`shatmasa, jamoatchilik o`sha zahoti uni ijtimoiy tartibga chaqiradi. Demak, har 
bir shaxs turli sharoitlarda turlicha rollarni bajaradi, bu rollarning qanday 
bajarilayotganligi, odamlarning kutishlariga mos kelishligi ijtimoiy nazorat tizimi 
orqali kuzatib turiladi. Shuning uchun ham muloqotga kirishgan kishilar doimo o`z 
xulq-atvorlarini, qolaversa, o`zgalarning xulq-atvorini nazorat qilib, harakatlarda 
bir-birlariga moslashadilar. Lekin gohida shaxsdagi rollarning ko`p bo`lishi 
rollarning ziddiyatiga olib kelishi mumkin. Masalan, maktab o`qituvchisining o`zi 
o`qitayotgan sinfda farzandi bo`lsa, dars paytida shunday ziddiyatni boshdan 
kechirishi mumkin, ya’ni bir vaqtning o`zida ham ota yoki ona, ham o`qituvchi 
rolini bajarishga majbur bo`ladi. Yoki xulqi yomon o`quvchining uyiga kelgan 
o`qituvchi bir vaqtning o`zida ham o`qituvchi, ham mehmon rollari o`rtasida 
qiynaladi. 
Turli rollarni bajarayotgan shaxslarning o`zaro muloqotlari kutishlar tizimi 
orqali boshqariladi. Masalan, xohlaydimi yoki xohlamaydimi, o`qituvchidan 
ma’lum harakatlarni kutishadiki, ular o`qituvchi roliga zid bo`lmasligi kerak. O’z 
rollariga mos harakat qilgan, doimo me’yor mezonida ish tutgan kishining 
harakatlari odobli harakatlar deb ataladi. Masalan, o`qituvchining odobi, o`z 
kasbini ustasi ekanligi, bolalar qalbini tushuna olishi, ularning yosh va individual 
xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutishi uning odobga ega ekanligining 
belgisidir. Odobsiz odam esa buning aksidir. 
Demak,  o`zaro muloqot jarayonida bir odam ikkinchi odamga psixologik 
ta’sir ko`rsatadi. Bu ta’sir ikkala tomondan ham anglanishi yoki anglanmasligi 
mumkin. Ya’ni, ba’zan biz nima uchun bir shaxsning bizga naqadar kuchli ta’sirga 
ega ekanligini, boshqa biri esa, aksincha, hech qanday ta’sir kuchiga ega 
emasligini tushunib yetmaymiz. Bu esa pedagogikada muhim muammodir. Har bir 
pedagogning o`z ta’sir uslublari va ta’sir kuchi bo`ladi. O’qituvchi shaxsining 
bolalarga ta’siri quyidagi eksperimentda juda yaqqol kuzatilgan. Boshlang`ich sinf  
o`quvchilariga anchagina o`yinchoqlar berib, shularning ichida faqat bittasiga, qizil 
yog`och o`yinchoqqa tegmaslik aytilgan. Bolalar yolg`iz qoldirilib, harakatlari 
 
50


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə