O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73

qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir so`ziga 
qiziqayotganligingizni bildirishni nazarda tutadi
 
suxbatdoshga samimiy kizikish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o`ziga jalb 
qilib, balki keyin navbat kelganda o`zining har bir so`ziga uni ham 
ko`ndirishning samarali yo`lidir. 
 
o`ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan 
tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o`zingizning suhbatdan 
manfaatdorligingizni bildirish yo`li. 
Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda 
o`z - o`ziga hurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko`pchilik 
tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning 
samarali bo`lishidagi ahamiyati nihoyatda katta. Chunki tinglash qobiliyati 
gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar, g`oyalarning 
shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun ma’ruzachi professorning har bir 
chiqishi va ma’ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu 
pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.  
Agar muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki  jarayon - gapirish va 
tinglashning faol o`zaro ta’sir uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon 
qatnashchilarining psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining 
ahamiyatini anglash qiyin bo`lmaydi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada 
odamlarni samarali muloqotga ataylab o`rgatishga juda katta e’tibor beriladi. Bu 
boradagi fanning o`z uslubi bo`lib, uning nomi ijtimoiy psixologik trening  (IPT) 
deb ataladi. IPT - muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, 
ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda 
shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi 
bilimdonligi ortadi. 
Mavzu yuzasidan savollar 
1.Muloqot haqida tushuncha. 
2.Miya, muloqot, nutq faoliyati. 
3.Muloqot va shaxslararo bilimlar. 
4.Muloqot shaxsning shakllanish omili sifatida. 
 
Tayanch iboralar 
Verbal, noverbal, kammunikativ, identifikatsiya, reflektsiya, sterotipizatsiya, 
biosotsial, trening, pertseptsiya 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
55


 
Mavzu 6. Hozirgi zamon chet el psixologiyasidagi asosiy oqimlar. 
 
Reja: 
1.
 
Funktsional psixologiya va funktsiyalar, hatti – xarakatlar hamda operatsiyalar 
tushunchalarining mohiyati. 
2.
 
Bixeviorizm oqimida xulq – atvor muammolari. 
3.
 
Geshtalьt psixologiya va idrok jarayonlariga munosabat. 
4.
 
Z.Freyd ta’limotida inson ongi darajalari va shaxsning tarkibli tuzilishiga ega 
ekanligi to`g`risida. 
5.
 
Gumanizm psixologiyasida insonlarga “ochiq imkoniyatlarga ega o`z – o`zini 
takomillashtirish noyob tizim” sifatida qarashlarning mohiyati. 
 
1. Funktsional psixologiya XX – asr boshlarida Frantsiya, Germaniya, AQSH, 
Buyuk Britaniya, Rossiya va Shvetsariyada yuzaga keldi. Asosiy vakillari U.Jems 
(AQSH, 1842 – 1910), D.Dьyui (1859 – 1952), D.Endjel (1869 – 1949), 
R.Vudvorts (1869 – 1962) va boshqalardir. 
Funktsional psixologiya o`zigacha psixologiya fanida hukmron bo`lgan 
(E.Titchener 1867 – 1927) tarkibiy psixologiya g`oyaviy qarashlarini yengib 
o`tishiga to`g`ri keldi. Tarkibiy psixologiya oqimining fikricha, psixologiya 
fanining predmeti materiya bo`lgan ongdir, uning o`rganish usuli esa o`z – o`zini 
kuzatishdir, bunda materiya “ong”ning qanday elementlardan tashkil topgani va 
uning qanday strukturalarni tashkil etishi aniqlandi. Psixologiya – bu alohida 
reallik sohasi bo`lishi – sezgilar, shakllar va xis – tuyg`ular dunyosidir. 
E.Titchener maktabi psixologiyani “sof” nazary fan sifatida rivojlantirish 
g`oyasi bilan chiqdi. 
Lekin, bu yo`nalish psixologiyaning bevosita amaliy vazifalarini bajarishda 
ojizlik qilardi. Taraqqiyot ehtiyojlari psixologiyadan amaliy vazifalarni yechishni 
talab qilar edi. 
Funktsional psixologiyaning asosiy vazifasi, amerikalik psixolog D.Endjel 
fikricha quyidagilardan iboratdir: 
1) aqliy operatsiyalar, qanday qilib va nima uchun amalga oshirilishini 
o`rganish; 
2) ongga – organizm va muhit o`rtasidagi yuzaga keladigan muammolarni 
yechish quroli sifatida qarash; 
3) u ongni materiya, organizmga nisbatan mustaqil holatida emas, balki 
organizm bilan birgalikda yaxlit psixo – fiziologik organizm sifatida qaraydi. 
Psixologiya laboratoriya sharoitlaridagi tadqiqotlarni tahlil etish bilangina 
cheklanib qolmasdan, balki real muammolarni ishlab chiqishi lozim. Masalan, 
pedagogik, tashxis qo`yish va h.q. 
Funktsional psixologiya element, strukturalar o`rniga onglar, operatsiyalar 
funktsiyalar muammosini ilgari surdi. Bu yo`nalish uchun psixika – bu 
funktsiyadir deyish yetarli bo`lmasdan, ruhiy hodisalarni tushuntirishda 
evolyutsion – biologik ta’limot usulida tushuntirishdan foydalanish xosdir. 
 
56


Funktsiya tushunchasiga – bu oqimda, ruhiy jarayonlarning moslashuvi, 
adaptatsiya xususiyatidan kelib chiqib qaraladi.  
Funktsional psixologiya hatti – harakat tushunchasi biologik – 
moslashuvchanlik ma’nosida tushungan holda, undan ham murakkabroq 
muammoni ilgari surdi. Ya’ni, hulq – atvorning murkkablashuvi va turli 
sharoitlardagi muammolar natijasida hulq – atvorni yanada murakkablashuvi 
muammosini ilgari surdi. 
Funktsiya deyilganda, ichki muhitdan kelib chiquvchi, o`z tarkibi va 
tuzilishiga ko`ra tashqi muhitdagi real faoliyat bilan bog`liq bo`lmagan, nimadir 
tushuniladi. 
Hatti – harakatga faqat ongga tegishli holat sifatida qaraldi. Hatti – harakat 
deyilganda, o`z – o`zicha yopiq sub’ektdan taralayotgan “nurlanish” sifatida 
qaraldi. 
Psixik hodisalarni ishlab chiqishning mantig`i esa individning tashqi olam 
bilan o`zaro munosabatlardagi rolining ochilishiga olib keldi. Bu esa o`z navbatida 
psixik faoliyat va real tana hulq – atvorini tushuntirish o`rtasida qarama – 
qarshiliklarni yuzaga keltirdi.  
Ichki va tashqi jihatdan, ruhiyat va tana holatlari bir – biridan ajralgan holda 
qoldi. Funktsional psixologiya bu holda boshi berk ko`chaga kirib qoldi. 
Funktsionolistlar tomonidan tavsiflangan ongning faolligi, uning saralash 
xususiyati, harakatchanligi va boshqa xususiyatlari real xarakterga egadir. Ushbu 
reallikning sababiy asoslarini ochib berilishida funktsionalchilar ojiz qoldilar. 
Funktsionalchilar uchun teleologizm (maqsad yoki muammoli vaziyatga ichki 
ruhiy holatning azaldan yo`nalganligi to`g`risidagi tassavurlar) indeterminizm xos 
edi.  
 
2. Bixeviorizm (ingl. behaviour – hulq - atvor) XX asr amerika 
psixologiyasidagi yo`nalish bo`lib, ongni ilmiy tadqiqot predmeti sifatida 
o`rganishni rad etadi, psixikaga hulq – atvorning turli shakllari sifatida qaralib, 
hulq – atvor esa tashqi muhit kuzatuvchilariga organizm reaktsiyalari majmui 
sifatida qaraladi. 
Bixeviorizm qarashlarining dastlabki dasturi 1913 yilda amerikalik 
zoopsixolog D.Uotson (“Psixologiya, bixeviorist uni qanday tushunadi” 
maqolasida) tomonidan ilgari surilgan. 
D.Uotson psixologiya yarim asrdan ortiqroq davr davomida eksperimental 
Fan bo`lganligiga qaramasdan boshqa tabiy fanlar o`rtasida o`z o`rnini egallab 
olmaganligiga sabab, psixologiya predmeti va tadqiqot usullarining noto`g`ri 
qo`yilganligidadir deb baholashadi. Psixologiya fanining predmeti sifatida ong 
o`rniga xulq – atvorni o`rganishi lozim degan, da’volar bilan chiqdi. Barcha psixik 
hodisalar deyilgandja, ongga tegishlilikning tushunilishi tanqid qildi, uning 
fikricha “o`rta asr tasavurlaridan” yiroq yangi atamalar kiritilishi kerak. Shunday 
atamalar sifatida qo`zg`atuvchi va reaktsiya atamalarini taklif qildi.  
D.Uotson o`z faoliyatini funktsionalistlar va tarkibiy psixologiya o`rtasida 
to`xtovsiz baxslar ketayotgan davrdan boshladi. Bu baxslardan, ikkita yo`nalishni 
ham rad etish to`g`risidagi xulosaga keldi. Chunki, ulardan biri ongning tarkibini
 
57


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə