O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73

ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o`tirib qilinadigan ishlar, 
birgalikda yonma - yon turib bajariladigan operatsiyalarda odamlar o`z oldida 
turgan hamkasbiga qarab ko`proq, tezroq ishlashga kuch va qo`shimcha iroda 
topadi. To`g`ri, bu hamkorlikda o`sha yonidagi odam unga yoqsa, ular o`rtasida 
o`zaro simpatiya hissi bo`lsa, unda odam ishga «bayramga kelganday» keladigan 
bo`lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik sotsiolog hamda psixolog Jon 
Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita ta’sirini 
o`rganib, sotsiometrik texnologiyani, ya’ni so`rovnoma asosida bir - birini 
yoqtirgan va bir - birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va sotsiometriya 
metodikasiga asos solgan edi. 
Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o`zaro hamkorlikdagi 
faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi 
yangi demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka 
tartibda emas, balki kollegial - birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo`lganligini 
hisobga olsak, odamlarning muomala madaniyati va muloqat texnikasi mehnat 
unumdorligi xamda samaradorlikning muhim omillaridandir. 
Muloqot jarayoni o`ziga xos ravishda murakkab bo`lib, bunda uch xil 
bosqich mavjud. 
Dastlabki bosqich — odamning o`z-o`zi bilan muloqotidir. T. Shibutani 
“Ijtimoiy psixologiya" darsligida: «Agar odam ozgina bo`lsa ham o`zini anglasa, 
demak, u o`z-o`ziga ko`rsatmalar bera oladi»— deb to`g`ri yozgan edi. Odamning 
o`z-o`zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va 
hajmini belgilaydi. Agar odam o`z-o`zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, 
doimo jamiyatdan o`zini chetga tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan 
suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish 
mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot— muloqotning ikkinchi bosqichidir. 
Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko`rinishlariga kelsak uning har bir 
shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o`sha vaziyatlardan kelib 
chiqadigan ko`rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda 
har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo`ladi. Agar rasmiy muloqot 
odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan 
kelib chiqsa, masalan, rahbarning o`z qo`l ostida ishlayotgan xodimlar bilan 
muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot — bu 
odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha 
suhbatdoshlarnnng fikr-o`ylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari 
bilan belgilanadi. Masalan, do`stlar suhbatdoshi, poezdda uzoq safarga chiqqan 
yo`lovchilar suhbati, tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy 
munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo`lgani 
uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko`proq vaqtini oladi 
va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana 
shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq 
ko`ngilligi, suhbatlashish yo`llarini bilish, til topishish qobiliyati, o`zgalarni 
tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita 
ta’sir ko`rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar bo`lolmaydi, ayniqsa, 
pedagogik ishga hamma ham qo`l uravermaydi, chunki buning uchun undan ham 
 
47


rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi. 
Muloqot mavzui va yo`nalishiga ko`ra, uning: 

 
ijtimoiy yo`naltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat 
manfaatlaridan kelib chiqadigan muloqot); 

 
guruhdagi predmetga yo`naltirilgan (o`zaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga 
oshirish mobaynidagi muloqot — mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki konkret 
topshiriqni bajarish jarayonida guruh a’zolarining muloqoti); 

 
shaxsiy muloqot  (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o`z muammolarini ochish 
maqsadida o`rnatgan munosabatlari); pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda 
ishtirok etuvchilar o`rtasida amalga oshiriladigan murakkab o`zaro ta’sir 
jarayoni) turlari farqlanadi. 
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita 
«yuzma - yuz» bo`lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga 
o`xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi 
amaliy yoki do`stona bo`lishi; sub’ekt - sub’ekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki 
sub’ekt - ob’ektli (monologik) bo`lishi mumkin. 
Har bir muloqot turining o`z qonun-qoidalari, ta’sir usullari va yo`l-
yo`riqlari borki, ularni bilish har bir kishining, ayniqsa odamlar bilan doimo 
muloqotda bo`ladiganlarning burchidir. 
Muloqot jarayonining murakkab psixologik tabiatini bilish, turli sharoitlarda 
samarali munosabatlar o`rnatish malakasini oshirish uchun uning tarkibiga 
kiruvchi har bir element yoki bo`laklar bilan alohida tanishib chiqamiz. 
Muloqotning kommunikativ tomoni deyilganda, uning shaxslararo 
axborotlar, bilimlar, g`oyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari 
nazarda tutiladi. Bu jarayonning asosiy vositasi bo`lib til xizmat qiladi. Til shaxslar 
o`rtasida aloqa vositasi bo`lib, uning yordamida kishilar bilgan ma’lumotlari va 
hokazolarni bir-birlariga yetkazadilar. Ma’lumki, aloqa vositasi sifatida nutqning 
asosan 2 turi farqlanadi: yozma nutq hamda og`zaki nutq. Og`zaki nutqning o`zi 
dialogik va monologik turlarga bo`linadi. 
Dialogik nutq ning mazmuni, uning xarakteri, davomiyligi muloqotga 
kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qiziqishlariga, bir-birlariga bo`lgan 
munosabatlariga, maqsadlariga bevosita bog`liq bo`ladi. Shuning uchun ham 
o`qituvchi bilan o`quvchining, hissiy rahbarlarning, diplomatlarning, ko`chada 
uchrashib qolgan dugonalarning dialogik suhbatlari bir-biridan farq qiladi. 
Monologik nutq esa bir kishining boshqa kishiga yoki kishilar guruhiga 
nisbatan murojaati bo`lib, uning psixologik tuzilishi, fikrlarning mantiqan tugal 
bo`lishi, gapirayotgan paytda grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerakligi 
kabi shartlari mavjud. Masalan, ma’ruzaga tayyorlanayotgan talaba tayyorgarlik 
paytidan boshlab, ma’ruza qilib bo`lgunga qadar, qator ichki ruhiy kechinmalarni 
boshdan kechiradi, unga ko`p  kuch va vaqt sarflaydi. Dialogik nutqqa nisbatan bu 
nutq turi murakkabroq hisoblanadi. Til vositasida olib boriladigan muloqot verbal
ya’ni so`zli deyiladi. 
Odamlar muloqot jarayonida so`zlardan tashqari, ya’ni verbal vositalardan 
tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan holatlardan, kulgu, ohanglar va 
boshqalardan ham foydalanadilar. Qiliqlar, mimika, ohanglar, to`xtashlar (pauza), 
 
48


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə