O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73

namoyon kiladi; b) ularning maqsadga muvofik tarzda qayta o`zgartirilishini 
amalga oshiradi; v) psixik andozalar o`xshashligini, natijalar va harakatlarning 
kutilmalariga muvofikligini ko`rsatadi; g) ularni uzluksiz ravishda yo`naltirib 
va nazorat kilib turadi. Shunga muvofiq ravishda tashqi, yakqol faoliyatni ham 
ichki  faoliyatning eksteriozatsiyalashuvi deb baholash maqsadga muvofik. 
  Psixologiya fanida harakat tushunchasi tahlil qilinganida u motor  
ya’ni jismoniy harakat, ya’ni  sensor xissiy  harakat va markaziy  kismga 
ajratiladi. Shunga muvofiq ravishda ajratilgan tarkiblar xarakatni amalga 
oshirish jarayonida bajaradigan ishlarni ijro etish, nazorat kilish va boshkarish 
bilan shug`ullanadi. Faoliyat harakatlarining ijro etish, nazorat qilish va 
boshqarishda qo`llaniladigan yo`l-yo`riqlar uning usullari deyiladi. 
Odatda harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga 
oshirilishi kuzatiladi. Harakatni bajarishda ong borgan sari kamroq ishtirok 
etishi tufayli ishni amalga oshirish avtomatlasha boshlaydi, ayrim mayda-
chuyda qismlarga nisbatan e’tibor (nazorat) kamayadi. Shuning uchun inson 
faoliyatida maksadga yo`naltirilgan sa’i-harakatlarni ijro etish va 
boshqarishning muayyan darajada avtomatlashuvi malaka deyiladi. Xuddi shu 
boisdan harakatlarni boshkarish bilan sa’i-harakatlarni boshqarish aynan bir 
narsa emas, albatta. Chunki sa’i-arakatlarning yuksak darajada avtomatlashuvi 
uning o`z tarkibidagi xarakatni oigli ravishda idora kilish bilai uyg`unlashib 
ketadi. Patologik holatlardan tashqari, barcha faoliyat turlari ong bilan 
boshkarilib turadi. Harakat tarkiblarining avtomatlashuvi: birimchidan, ongli 
ravishda yo`naltirilgan ob’ektni almaipiradi. Ikkinchidai, harakatning umumiy 
maqsadlarini, uniig ijro ggilishi shart-sharoitlarini, natijalarini iazorat kilishni, 
uchinchidan, ularni baholashni ong uning tasarrufi doirasiga kiritadi 
 Malakani shakllantirishda bajarilayotgan harakatlarning nutk faoliyatida 
so`z bilan ifodalanishi va harakatning timsolini xayolda mujassamlashtirilishi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu yo`sinda insonning malakasi 
anglashinilgan tarzda avtomatlashgai  xatti-harakat sifatida shakllanadi. 
Malakalarni shakllantirish mexanizmiga, priniipiga muayyan odatiy jabhalarga, 
usul va vositalar tanlash xususiyatiga alohida e’tibor kilishning muvaffakiyatli 
hosil bo`lishini taьminlaydi. Buning uchun quyidagilarga ahamiyag berish 
maqsadga muvofik: 
 a) usullarni tanlash 
 b) harakatda ong nazorat funktsiyasini kamaytirish 
 v) maksadni oydinlashtirish 
  shart-sharoitni tasavvur etish 
 d) malakani shakllantirish modelini xaelda yaratish va hokazo. 
Psixolotik ma’lumotlarning ko`rsatishicha, faoliyat shaxslararo 
munosabatlar tizimi tariqasida, hamkorlik tarzida namoyon bo`ladi 
 
Faoliyatda iison shahsi (uning xususiyatlari) aks etadi va ayni bir 
davrda faoliyat odam shaklini tarkib toptiradi. Ong bilan faoliyat birligi 
priptsipiga asoslanish orkali shaxs kamol topadi, shaxslararo munosabatga 
 
39


kirishadi, ijtimoiy tajribalarni o`zlashtiradi, ular ta’sir yordamida 
ijtimoiylashadi. 
Inson shaxsining shakllanishi o`yin, ta’lim, mehnat, sport va boshqa 
faoliyatning turlarida amalga oshadi. Faollik tufayli faoliyatni amalga oshirish 
jarayoni yuzaga keladi, xulq-atvor, muomala (kommunikaniya) ehtiyoj, istak, 
ijtimoiy talablar qondiriladi, turli xususiyatli axborotlar o`zlashtirilishi 
natijasida shaxs tarkib topa boshlaydi. 
Uyin faoliyati. Faoliyatning oddiy shakllaridan biri o`yin hisoblanadi, 
lekin u tobora takomillashib, sodda harakatlardan keyinchalik syujetli, rolli 
o`yinlarga, hatto sportgacha murakkablashib boradi, atrof muhitni aks 
ettirishda ishtirok eta boshlaydi. Insoniing borlikni in’ikos etishidagi 
dastlabki urinish harakat orqali namoyon bo`ladi. Harakatlar bolaning 
tabiatiga, uni qurshab turgan kishilik dunyosiga nisbatan muiosabatini, ular 
o`rtasidagi  ilk taassurotlar, sodda tasavvurlar, bilimlarii o`zlashtirlishi anglatib 
keladi. Keyinchalik oddiy xarakatlar muayyan ma’no kasb etib, syujetli va rolli 
o`yinlarga aylanadi.  
 O’yin dastavval bola uchun vakt o`tkazish, uni mashg`ul qilish funktsiyasini 
bajarsa, keyinchalik ijtimoiy-tarixiy tarakkiyot namunalarini ifodalash 
darajasiga o`sib o`tadi. Bolalar, ma’noli harakatlar, ibratli imo-ishoralar, 
tushunchalar bola shaxsini shakllantirishda faol ishtirok etadi. Bola 
tug`ilganidan to maktab ta’limigacha davrida uning uchun o`yii faoliyati 
yetakchi faoliyat rolini bajaradi, shuningdek, o`yin didaktik tus kasb etishi xam 
mumkin 
Ta’lim ham jarayon, ham faoliyat sifatida insonning hastida muhim rolь 
o`ynaydi va muayyan davr uchup yetakchi faoliyat sifatida gavdalaiishi 
mumkin. Ta’lim boshkacha so`z bilan aytganda, o`qiguvchi bilan 
o`quvchining sub’ekt-sub’ekt munosabatidati xamkorlik faoliyati hisoblanadi.  
Ta’limning boshqa faoliyat turlaridan farki uning mahsulining o`ziga 
xosligi, barcha bosqichlariga ongli yondashuvda va munosabatda bo`lishdir. 
Ta’lim o`kuv faoliyati yoki jarayon sifatida mustaqil izlanishni, ijodiy 
munosabatni, turli vaziyat-o`zida mujassamlashtiradi.  Mustaqil bilim olish va 
mutolaa kilish ham o`kuv faoliyatining muayyan ko`rinishlarn bo`lib, shaxsiy-
ilmiy, ijodiy izlanishning mahsuli hisoblanadi. 
Mehnat faoliyati Insoniyat uning mehnati tufayli ongli mavjudodga 
aylangan, jamiyatda mo`l-ko`lchilikni yaratgan, tabiatda esa ayrim 
o`zgartirishlarni amalga oshirgan, borliq to`g`risidagi ma’lumotlarni egallashga 
musharraf bo`lgan. Meqnat faoliyatining tarkibida mehnat, ilm-xarakat yotadi. 
Ularning har qaysisi muayyan ulushni amalga oshirish tufayli faoliyat mahsuli 
vujudga keladi, u moddiy yoki ma’navmy ko`rinishda bo`lishi mumkin 
  
Psixologik nuqtai nazardan borlik to`g`risida-mulohaza yuritishda, tirik 
mavjudodlarning tevarak-atrof bilan hayotiy axamiyatga ega bo`lgan turli 
xususiyatli bog`lanishlarni ta’minlab turuvchi faoliyati darajasi, shakli 
ekanligidan kat’iy nazar ularning  barcha-umumiy bo`lgan xususiyat 
 
40


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə