O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu 4. Motiv va  emotsiya



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73

 
Mavzu 4. Motiv va  emotsiya 
Reja: 
1.
 
Faoliyat to`g`risida tushuncha va uning o`ziga xosligi 
2.
 
Ehtiyojlar faolllikning manbai sifatida 
3.
 
Shaxsning shakllanishida moitvatsiyaning roli 
4.
 
Qiziqishning psixologik tavsifi 
   
Psixologiya fanida hayvonlarning xatti-harakati  xulq-atvorining yuzaga 
kelishi ko`p jixatdan ularni qurshab turgan  mikro va makro muhitga bog`liq. 
 
Insonni hayvonot olamining xususiyatlari bilan kiyos-lashga harakat 
kilsak, u holda mutlaqo boqacha voqelikning shohidi bo`lishimiz mumkin. 
Chunonchi, shaxs o`ziniig faolligi bilan hayvonot olamidan farqli o`laroq 
ajralib turadi, mazkur harakatlantiruvchi kuch  ilk bolalik yoshidan e’tiboran 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot davomida to`plangan insoniyatning tajribasiga va 
jamiyatning qonun-qoidalarini egallashga yo`naltirilgan bo`ladi. Faollik 
negizida paydo bo`luvchi o`zgacha sifatni, o`ziga xoslikni egallagan xatti-
xarakatning yuksak ko`rinishi, faqat insongagina taalluqliligi orqali u 
psixologiya fanida faoliyat deb  nomlana boshlandi. Faoliyat faollikning 
shaxsga xos turi sifatida vujudga kelib, u o`zining psixologik alomaglari bilan 
xamda harakatdan tafovutlanadi.  
  Birinchidan, faoliyatning mazmuni to`la-to`kis uni yuzaga keltirgan 
tabiiy, biologik va ma’naviy eqtiyoj bilan shartlanmaganligi   tufayli   uning   
psixologik   mexanizmi   ham   o`zgacha   negiziga  qurilishi mumkin. Mabodo 
ehtiyoj motiv  faoliyatga ichki turtki berib, uni jadallashtirishga, 
faollashtirishga erishsa, u vaziyatda faoliyatning mazmuni, shakllari ijtimoiy: 
shart-sharoitlar talablar, zaruriyat, tajriba kabilar bilan belgilanadi.  
Ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlash uchun psixika narsa va 
hodisalarning xususiy ob’ektiv xossalarini aks ettirishi, qo`yilgan maqsadga 
erishish yo`l-yo`riqlarini aniqlab berishi joiz. 
Uchinchidan, faoliyat shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilgan 
harakatlarni ro`yobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni va hamda 
muhtojligi yo`k faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalashi lozim. 
Shuning uchun faoliyat bilish jarayonlari irodaviy zo`r berishsiz amalga 
oshishi amri mahol, chunki u har ikkala omil bilan uzviy aloqaga 
kirishganidagina yaratuvchanlik xususiyatini kasb etadi 
  Odatda faoliyatga ta’rif berilganda, birinchi galda anglashilganligi 
maqsad bilan boshqarilishi, so`ngra psixik  va jismoniy  faollikdan iborat 
ekanligi ta’kidlab o`tiladi. 
  Faoliyatda maqsadni anglash ishtirok etmasa, unda u ixtiyorsiz  xatti-
xarakatt aylanib qoladi va bunday holat ko`pincha hissiyot bilan boshqariladi, 
Jahl, g`azab, kuchli ehtiros holatlari yuz bergan odam ixtiyorsiz xarakat qiladi. 
Biroq hatti-harakat ixtiyorsizligi uning ang lanilmaganligini bildirmaydi, 
 
37


aksincha bunda inson motivini shaxsiy jabhasi anglanilgan bo`ladi, uning 
ijtimoiy mazmuni esa qamrab olinmaydi. 
Voqelikka nisbatan munosabatning muhim shakli sifatidagi faoliyat inson 
va  qurshab turgan olam orasida bevosita  aloqa  o`rnatadi. Inson faoliyatda 
narsalarga nisbatan sub’ekt sifatida, shaxslararo munosabatda esa shaxs 
tariqasida gavdalanadi hamda imkoniyatlarini yuzaga  chiqarishga musharraf 
bo`ladi. 
Inson faoliyatga yo`naltirilgan maqsadga erishish uchun shu yo`lda 
harakat qilishi tufayli xususiy vazifalarni bajarishga kirishadi. U o`z oldida 
turgan maqsadni amalga oshirish uchun ma’lum vaqt oralig`ida u yoki bu 
amalni bajarada. 
   Psixologiyada faoliyatning alohida bir xususiy vazifasini bajarishga 
mo`ljallangan, nisbatan tugallangan qismi, tarkibi harakat deb nomlanadi.  
Faoliyat jahon psixolognyasi faning asosiy (fundameptal) tushunchalaridan 
bnri hisoblanib, ko`pincha psixologik kategoriya sifatida olib qaraladi.  
S.L.Rubinshteyn ong va faoliyat birligi printsipini ilgari surib va atroflicha 
asoslab berib, faoliyat psixologiyasini yaratish zaruriyatini tushuntira oldi. 
Uniigcha, mehnat psixologik emas, balki "ijtimoiy kagegoriya", psixologiya 
esa mehnat faoliyatining psixologik jabhalarini tadqiq etadi. Psixiklilikning 
namoyon bo`lishi yoki hukm surishining ob’ektiv xulkda, faoliyatda 
ifodalanadi. 
 Yuqoridagi 
mulohazalardan 
ko`rinib turibdiki, miyani ilgarilab aks 
ettirish imkoniyati va hali amalga oshirilmagan harakatning natijasi inson 
psixikasida qay tarzda in’ikos etilishi kuchli qiziqish uyg`otadi. Bu hodisani 
izohlashning yagona yo`li - u ham bo`lsa borliqning muhim hususiyati 
hisoblanmish qonuniyatning mavjudligidir. Borliqdagi qariyb barcha narsalar, 
munosabatlar, xususiyatlar, shart-sharoitlar, tuzilmalar bir-biri bilan doimiy 
bog`liqlikka ega bo`lib, muayyan konuniyat asosida harakatlanadi, bu xolatdan 
ikkinchisiga o`tadi.  
 Tashqi, yaqqol faoliyat favquloddagi davrda ichki  faoliyat tarzida his 
etiladi. Ob’ektlarga yo`naltirilgan yaqkol harakatlar ularning muhim 
xususiyatlariga mo`ljallangan timsoliy jarayon bilan almashtiriladi.  
Xuddi 
shu sabab shaklidan tashki, yakqol harakatdan, ichki, timsoliy harakatga mana 
shu tarzda o`tish jarayoni interiorizatsiya deb ataladi.  
Inson faoliyati murakkab va o`ziga xos jarayon bo`lib, shunchaki 
ehtiyojlarni qondirishdan iborat emas, balki ko`pincha jamiyatning maqsadi va 
talablari bilan belgilanadi. 
Shuning uchun shaxs faoliyatining jismoniy (tashqi) va psixik (ichki) 
tuzilmalari bir-biri bilan uyg`unlashganligi ko`zga tashlanadi. Inson 
faoliyatining tashki jabhasi uning atrof muxitga ta’sir ko`rsatishga 
mo`ljallangan sa’iy-harakatlar ichki jiqagiga bog`lik bo`lib, ularni 
motivlashtiradi, bilishga undaydi va boshkaradi. Shuningdek, tashqi jabha o`z 
navbatida: a)psixik faoliyat buyumlar va jarayonlar xususiyatlarini o`zida 
 
38


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə