O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73

(korrektsiyalash), o`zini o`zi nazorat qilish, o`zini o`zi boshqarishni ta’minlaydi. 
    
Psixologiya fani shaxs strukturasining modelini yaratishga boshqa 
fanlardan izchilroq kirishadi, uning tabiatini aks ettirish imkoniyatiga erishadi, 
natijada u psixologiya muammolari majmuasida markaziy o`rin egalladi. Psixolog 
olimlar tomonidan tadqiqot qilinayotgan dolzarb muammolar bilan shaxs 
tuzilishiga oid masala u yoki bu jabhasi orqali uzviy bog`liqlikka ega. Bu 
kontekstda xulq motivaiiyasi, shaxsning tipologiyasini ishlab chiqish, shaxsga 
ta’sir o`tkazishning samarali yo`l-yo`riqlarini qidirishni eslatib o`tishning 
o`zi kifoya. 
 
  
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo`yicha 
 
B.G.Ananьevning fikricha, psixologik hodisalarni aql, hissiyot va irodaga 
ajratilish, inson psixologiyasida strukguraviy yondashish tajribasining dastlabki 
ko`rinishi bo`lib, uning haqchilligi ko`pgiia psixologlar tomonidan tan olinishidir. 
B.G.Lnanьev strukturaviy yondashishning boshqa variantlari tariqasida turlicha 
psixik hodisalar bilan qarama-qarshi aloqalarning e’tirof etilishi - psixik 
aktlarning psixik funktsiyalar, ongning ongsizlik, tepdentsiyalarning todentsiyalar 
bilan uyg`unligini ta’kidlaydi. L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko`ra, insonning 
psixik funktsiyalarini yuksak, madaniy, quyi, tabiiy turlarga ajratishni kiritish 
mumkin, chunki ularning negizida ta’lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida 
birinchi va ikkinchi signallar sistemasining o`zaro ta’sirining ifodalanishi yotadi. 
Psixologiya fanida qo`llanilib kelinayotgan va nisbatan barqarorlashgan 
shaxsni yo`nalganlikka, temperamentga, xarakter va qobiliyatlarga bo`lish yetarli 
darajada keskin e’tirozlarga sabab bo`layotgani yo`q. Shuning uchun ko`pgina 
psixologlar umumiy tizimning majmuasini tashkil qiluvchi murakkab 
xususiyatlarning tuzilishi  sifatida qaraydilar va shaxsning yaxlit tavsifini 
ifodalaydi, deb tushunadilar. L.G.Kovalevning fikricha, temperament tabiiy 
xususiyatlarning tizimini bildirib keladi, yo`nalganlik - ehtiyoj, qiziqish, ideallar 
tizimi, qobiliyatlar - intellektual, irodaviy va emotsional hislatlar ansambli, 
xarakter - xulq-atvor usullarining va munosabatlarining sintezidir. 
Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, shaxsning murakkab tuzilishga ega 
bo`lgan ko`p qirrali xususiyatlari, fazilatlari, xislatlari o`zaro bir-birlarining 
ichiga singib ketganligi natijasida tabiiy, emotsional, ehtiyojlar, munosabatlar, 
xulq-atvor usullari to`g`risidagi mulohazalar umumlashmasidir. Chunki 
qiziqishlar va ideallarni intellektual, emotsional, irodaviy xususiyatlarisiz 
tasavvur qilish mumkin bo`lmaganiday, munosabatlar va xulq-atvor usullari ham 
alohida hukm surishi g`ayritabiiy holatdir. 
    
V.S.Merlin ham shaxsning tuzilishi masalasiga alohida ahamiyat 
bergan olimlardan biri sanaladi. Uningcha, shaxsning qismlariga ajratib talqin 
qilinmaydigan jabha (komponent) - bu uning xislatlaridir. Ularning har biri 
muayyan yo`nalganlik mohiyatini o`zida mujassamlashtirgan bo`lib, shaxs 
munosabatini aks ettiradi. Shunga binoan shaxsniig tuzilishi deganda V.S.Merlin 
insonning o`z-o`ziga, o`zgalarga, mehnatga u yoki bu munosabatini o`zida 
birlashtiruvchi shaxs xususiyatlarining tashkiliy va o`zaro aloqadorligini 
anglatuvchi o`ziga xos "simptomokompleks" ni tushunadi. Olimning muammoga 
bunday yondashuvi go`yoki juda o`rinli, to`la ashyoviy daliliy tasavvurni vujudga 
 
33


keltiradi. Shaxs tuzilishi muammosini uzil-kesil hal qilinishi, yechimini topish 
uchun ayrim shartlarga rioya etilishi lozim. Birinchidan, "shaxsning munosabati" 
tushunchasi mohiyatini yaqqol ochish, ikkinchidan, shaxsning xususiyatlari 
to`g`risidagi tasavvurlarni detallantirgan holda ishlab chiqish darkor. 
V.S.Merlinning faktlar konstatatsiyasiga binoan "simptomokompleks" bahs 
tuzilishining bayoniy va statik tavsifini bildiradi, xolos", xolbuki shunday ekan 
“mazkur ijtimoiy sharoitlarda shaxs tuzilishining rivojlanishi va yuzaga kelishi 
qonuniyatlari" o`rnatilishi joiz. Ko`pgina psixologlarning qarashlarida shaxsning 
ijtimoiy-psixologik tavsifi qiyofasining tuzilishida yetakchi rolь o`ynashi va qayd 
etishi ta’kidlanadi. Shu jumladan, tadqiqodchi P.I.Reynvalьdning fikricha, 
shaxsning tuzilishi va uning har bir qiyofasi (xislati) uch mezon asosida taxlil 
qilinishi joiz; 
1)
 
 orientirovkaning darajasi va anglanganlik xususiyatiga; 
2)
 
 u yoki bu ehtiyojiy xolatlarni xarakatlantirishning xususiyati hamda 
tashkiliyligi: 
3) paydo bo`lishning jadalligi, jiddiyligi va zo`riqishga, ya’ni insonning 
emotsional irodaviy, bilishga oid sifatlari nuqtai nazariga va boshqalar. 
I.I.Reynvalьdning izohlashicha, faoliyatning regulyatsiyasida psixik 
funktsiyalarni umumlashgan guruhlashtirish ularning uch o`lchovli  tasnifining 
aql, xissiyot va iroda mohiyati zimmasiga tushishini ta’kidlaydi. 
N.I.Reynvalьdning ushbu yondashuvi A.R.Luriyaning miya faoliyatining uch 
blokli roli tasnifiga bevosita mos tushadi, chunonchi, aql ko`p xollarda 
informatsion blok orqali amalga oshadi, iroda programmalashtirish bloki bilan, 
xilma-xil emotsional holatlar (hissiyot) yuzaga kelishining negizida "energetik'' 
blok yotadi. Aql, hissiyot, iroda va ularni ro`yobga chiqaruvchi miyaning 
bloklari, harakatlantiruvchilarni emas, balki o`zaro uzviy bog`liq bo`lgan 
insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatining uch lahzasini anglatadi. 
Inson shaxsnni o`rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika, 
sotsiologiya, filologiya, tarix kabi ijtimoiy va gumanitar fanlar shug`ullanadi. 
Hozirgi davrda inson muammosi aniq gumanitar, ijtimoiy fanlarning umumiy 
tadqiqot ob’ektiga aylanib bormoqda va bu jarayon keyingi asrda yanada 
jadallashadi. Shunga qaramasdan, bir tomondan, insonni o`rganishda 
differentsiatsiya hodisasi yuz bermoqda, ikkinchi tomondan, inson taraqqiyotining 
sintetik (birikuv) tavsifi bo`yicha integratsiya xolati ko`zga tashlanmokda. Inson 
bir qator fanlarning tadqiqot ob’ekti ekanligi yig`iq, ixcham, yaxlit tarzda 
tasavvur etish uchun uni biosotsial  va  sotsiobiologik  jihatdan o`rganish 
maqsadga muvofiq. Ma’lumki, inson hayoti va faoliyatining operatsional (usul, 
uslub, o`quv, operatsiya, ko`nikma, malaka, odat) mexanizmi uning ongogenezida 
funktsional (harakatlantiruvchi) mexanizmga o`sib o`tadi, binobarin, unda 
komillikning belgilari, alomatlari shakllanadi, natijada u jnsmoniy va ma’naviy 
kamolot cho`qqisining muayyan darajasiga erishadi. 
Muammoni inson - jamiyat - tabiat - turmush munosabatlari nuqtai nazardan 
tekshirgan jahon psixologiyasining namoyandalari SH.Byuler, A.Maslou, 
K.Rodjers, A.N.Leontьev, B.G.Ananьev va boshqalar tadqiq qilishgan. 
Jahon psixologiyasidagi turli nazariyalarga asoslangan holda, birinchidan, inson 
 
34


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə