J. Rumiy va M. Shelerning inson tarbiatiga oid tahlil etish



Yüklə 12,61 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü12,61 Kb.
#166924
  1   2   3
Jaloliddin Rumiy


J.Rumiy va M.Shelerning inson tarbiatiga oid tahlil etish
Komil inson muammosi insoniyat tarixida hamisha dolzarb muammo bo‘lib kelgan va bu mavzuga doir ko‘p izlanishlar amalga oshirilgan.
Biz XXI asrni intellektual, har tomonlama rivojlangan yoshlar asri deymiz. Bosh maqsadimiz komil inson tarbiyasi bo‘lar ekan, ruhiy kamolot bilan bog‘liq ma'naviy jihati, nafs tarbiyasi va qalb orqali mutloq xaqiqatni idrok etish masalasi ilmiy nuqtai nazardan jiddiy tadqiq etilishi lozim bo‘lgan jumboq ekanligi ma'lum. Biror ta'limot, fan yoki hunarni yoshlar ongiga singdirishda avval mazkur, yo‘nalishlar haqida atroflicha tushuncha berish zarur. Demak, mavlaviya tariqatidan butun olamni bilish uchun inson, avvalo o‘zini o‘zi anglashi muhimligi ta'kidlanadi. Bu tariqatda har bir shaxs o‘zini anglay bilishi, boshqara olishi olamni anglash jaroyonini muhim tarkibiy qismi ekanligini ta'kidlaydi. Ma'lumki, tasavvufda ilg‘or fikrli kishilarni oriy, sufiy, valiy deb qaralgan. Bularni bir-biridan farqlanishi ichki, botiniy imkoniyatlar bilan o‘lchangan.
Komillik haqida so‘z yuritsak, demak bu payg‘ambarlik sifatlaridan biri sifatida tushunsak bo‘ladi. Bizningcha mazkur komil inson g‘oyasini yanada tushunarliroq bo‘lishi uchun insonlarning sifatlari yanada soddalashtirib tushuntirish lozim. Mavlaviya-mutlaq haqiqatga olib borishni ko‘zda tutgan diniy falsafiy xususiyatga ega ta'limot bo‘lib, insonning ma'naviy kamolotiga, komil inson bo‘lishiga oid diniy hamda falsafiy bilimlarni o‘z ichiga oladi va insonni o‘zini anglash vositasi bilan oliy hadgacha barkamol etadi. Mavlaviyada bilim manbai sog‘lom fikr deya talqin etiladi. Shu talqinning o‘zi ham bugungi kun ta'lim jaroyoni to‘la mos kelishini ko’zatishimiz mumkin. Mavlaviyada sog‘lom fikr bilan bir qatorda ilhom, kashf va sezgiga ham o‘rin berilgan. Irfoniy bilimlarning eng muhim xususiyatlaridan biri ularning yangiligi, asl va o‘ziga xosligidir. .
Mavlaviya tariqatida bandaning ilohga muhabbati bilan birga ilohning bandalari muhabbati ham e'tirof etiladi. Nafsdan kechmoqning insonni komillikka eltuvchi yo‘l deya tushuntirildi. Shu ma'noda komil inson fazilatlarini quydagicha ta'rif va tasnif etish mumkin deb hisoblaymiz: Komil inson-odamzod orzu qilgan jamiki ezgu hislatlarini ifodachisi, u mutloq ruh bilan insoniyat o‘rtasida vosita bo‘luvchi muqaddas hilqat, insonlarning eng mukammali, eng aqlli va donosi, ya'ni eng oliysi, iloh bilan odamlar o‘rtasidagi vositachi, ilohiy amr, ayb asrorini odamlarga yetkazuvchi ulug‘ xomiy, martabada Aqli avvalga yaqinlikka intiluvchi, ruhi azaldan ma'lum, u tangri taolo yaratgan eng qudratli ruh, shu sifatlari bilan mutlaq ilohiy hislatlarni jamlagan qayxoniy mavjudlikdir, u oddiy inson suratda ko‘rinsa ham lekin ma'nan koinotni qamrab olgan, hamisha bedor va hamma narsadan xabardor bir zot, kishilik jamiyati ichidan yetishib chiqadigan mo‘tabar zotdir. Shu ma'noda, o‘rta asr musulmon sharqida komil insonning o‘ziga xos axloq kodeksi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu sifatlarga ega bo‘lish har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan.
Bundan tashqari tasavvufshunos olim Najmiddin Komilov ta'biri bilan aytganda, “o‘rta asrlardagi yaxshi axloq, komil inson haqidagi tushunchalar nisbiy xususiyatga ega ekanligi bilan bir tomondan, jami ruhiy-ma'naviy qudrat, aqlu-zakovat, yaxshi sifatlarning jamuljami hisoblangan mavhum bir zot tushunchasi, ikkinchi tomondan, shu cho‘qqiga intilib, muayyan martabalarga erishgan kishi ham komil inson deb hisoblangan.”17 Jalololiddin Jaloliddin Rumiy barcha tasavvuf ahli bilan uyg‘un holatda komil inson haqida fikr yuritgan va bu haqdagi ta'limotini o‘z asarlarida bayon etgan.
Jaloliddin Rumiy — jahon adabiyotining muazzam siymolaridan biri. U o‘zidan keyingi Sharq va G’arb so‘z san’atiga katta ta’sir o‘tkazdi. Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi buyuk so‘z ustalari Mavlononi o‘zlariga ustoz deb bilishgan. Buyuk Hyote Abulqosim Firdavsiy, Shayx Sa’diy, Xo‘ja Hofizlar qatorida Jaloliddin Rumiy ijodini ham «Xizr chashmasi» deb atagan. Mashhurlikda Firdavsiyning «Shohnoma»si, Sa’diyning «Guliston»i, Hofizning «Devon»i bilan bir qatorda turgan, forsiy Qur’on nomi bilan shuhrat qozongan «Masnaviyi ma’naviy»ni inson ma’naviy hayotining qomusi sifatida nafaqat Sharqda, balki G’arbda ham ixlos bilan o‘rganishgan.
«Dekameron» asaridagi ko‘plab syujet va motivlarni Sharq og‘zaki va yozma adabiyotidan olgan Jovani Bokkachcho «Masnaviyi ma’naviy»dagi qator hikoyatlar asosida ham novellalar yaratganligi ma’lum. Mavlono 1207 yilda qadimiy Balx shahrida o‘z davrining mashhur mutasavvuf donishmandi,yirik xatib va voizi bo‘lgan Bahovuddin Valad oilasida dunyoga keladi. Bahovuddin Valad aslida Shayx Najmiddin Kubro (1135 - 1221) ning Majdiddin Bag‘dodiy, Sa’duddin Hamaviy, Raziuddin Aliyi Lolo, Sayfuddin Boxarziy, Bobo Kamol Jandiy kabi 300 ga yaqin zabardast shogirdlaridan biri hisoblanardi.
Jaloliddin 12 yoshida uning ota-onasi ham mo‘g‘ul bosqini xataridan qochish, ham haj farшzasini ado etish niyatida Balxni tark etadilar. 1230 yildan bu oila Kuniyada qo‘nim topadi. Yosh Jaloliddin Shom, Halab, Damashq, Qaysariya va boshqa yirik ilm markazlarida 7 yil ta’lim oladi, o‘z davrining etuk donishmandi bo‘lib etishadi.
Taniqli rumiyshunos Zarrinkub ta’biri bilan aytganda, "Mavlononing 68 yillik ajoyib umri boshdan oyoq bir she’r, go‘zal, betakror, tug‘yonli ash’or jarayoni, sadosi va bongi bilan yo‘g‘rilib o‘tdi".

Yüklə 12,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə