O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73

nishonasidir. Agarda go`dakda ishonch negizi paydo (bo`lmasa, balki borliqqa 
nisbatan ishonchsizlik hissi tug`ilsa, u taqdirda voyaga yetgan odamlarda 
mahdudlik, umidsizlik shaklida aks etuvchi xavf vujudga kelishi, ehtimol. 
Ikkinchi davrda, ya’ni ilk bolalikda jonzodda yarim mustaqillik va shaxsiy 
qadr-qimmat tuyg`usi shakllanadi yoki aksincha, ularning qarama-qarshisi 
bo`lmish uyat va shubha hissi hosil bo`ladi. Jumladan mustaqillikning o`sishi, 
o`z tanasini boshqarishga keng imkoniyat yaratib, bo`lg`usida shaxs 
xususiyatlariga aylanuvchi tartib va intizom, mas’uliyat, javobgarlik, hurmat 
tuyg`ularini tarkib toptirishga puxta zamin hozirlaydi. 
Uchinchi davr - o`yin yoshi deb atalib 5 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalarni 
o`ziga qamrab oladi. Mazkur davrda tashabbus tuyg`usi, qaysidir ishni amalga 
oshirish va bajarish maylini tarkib toptiradi. Mabodo unda hohish-istakni 
ro`yobga chiqarishning yo`li to`sib qo`yilsa, ushbu holatda bola o`zini aybdor deb 
hisoblaydi. Mazkur yosh davrida ya’ni guruhiy o`yin, tengqurlari bilan 
muloqotga kirishish jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi, natijada bolaning 
turli rollar sinab ko`rishiga, hayoloti o`sishiga imkon yaratiladi. Xuddi shu 
davrda bolada adolat tuyg`usi, uni tushunish mayli tug`ila boshlaydi. 
To`rtinchi davr - maktab yoshi deb nomlanib, undagi asosiy o`zgarishlar 
ko`zlagan maqsadga erishish qobiliyati, uddaburonlik va mahsuldorlikka intilish 
tuyg`usi bilan ajralib turadi. Uiing eng muhim qadriyati - omilkorlik va 
mahsuldorlikdan iboratdir. Ushbu yosh davrining salbiy jihatlari ham ko`zga 
tashlanadi va ularning qatoriga ijobiy xislatlari yetarli darajada bo`lmaganligi, 
ongi hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammolarni yechishda 
aql-zakovatning yetishmasligi, bilimlarni o`zlashtirishda qoloqligi (sustligi) va 
hokazo. Xuddi shu davrda shaxsda mehnatga nisbatan individual munosabati 
shakllana boshlaydi. 
Beshinchi davr - o`spirinlik - o`zining betakror xislagi, indi-vidualligi va 
boshqa odamlar bilan keskin tafovutini bilan tavsiflanadi. Shuningdek, o`smirlik 
shaxs sifatida noaniqlik, muayyan rolni uddalamaslik, qat’iyatsizlik singari 
nuqsonlarga (illatlarga) egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati "rolni 
kechiktirish"ning o`zgarishi hisoblanib, birmuncha taraqqiyot bosqichiga 
ko`tarilishining daqiqasidir. Unda ijtimoiy hayotda bajarayotgan rollarining 
ko`lami kengayadi, lekin ularning barchasini jiddiy egallash imkoniyati mavjud 
bo`lmaydi, vaholanki bu kezda o`spirin rollarda o`zini sinab ko`rish bilan 
cheklanadi xolos. Erikson o`spirinlarda o`z-o`zini anglashning psixologik 
mexanizmlarini batafsil taxlil qiladi, unda vaqtni yangicha his qilish, 
psixossksual qiziqish, pagogen (kasallik qo`zg`atuvchi) jarayonlar va ularning 
turqi ko`rinishlari namoyon bo`lishini sharhlaydi. 
Oltinchi davr - yoshlik boshqa odamga nisbatan psixologik intim yaqinlashuv 
qobiliyati  va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, jinsiy mayl bu 
sohada alohida o`rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tanholik va odamovilik kabi 
bexosiyat xususiyatlari bilan tafovutlanadi. 
Yettinchi davr - yetuklik davri deb atalib, hayot va faoliyatning barcha 
sohalarida (mehnatga, ijodiyotga, g`amxo`rlikda, pusht qoldirishda, tajriba 
uzatishda va boshqalarda) maxsuldorlik tuyg`usi unga hukmsiz ravishda xamrox 
 
31


bo`ladi va ezgu niyatlarini amalga oshishida turtki vazifasini bajaradi. 
Shuningdek, mazkur davrda ayrim vaqtlarda turg`unlik tuyg`usi nuqson (illat) 
sifatida hukm surishi ehtimoldan holi emas. 
Sakkizinchi davr. ya’ni qarilik inson tariqasida o`z burchini uddalay 
olganligi, turmushning keng qamrovli, undan qanoatlanishligi tuyg`ulari bilam 
tavsiflanadi. Salbiy xususiyat sifatda ushbu yoshda hayotdan, faoliyatdan 
noumidlilik, ulardan ko`ngil sovish his-tuyg`ulariii ta’kidlab o`tish o`rinlidir.  
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin ayniyat bo`lmagan tushunchalar 
qo`llanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini 
aniqroq izohlab berish uchun har birining psixologik tabiatini tahlil kilish 
maqsadga muvofiq. 
1.Odam:  sut emizuvchilar sinfiga dahldorlik, biologik, jonzod   ekanligi   
odamning   o`ziga  xos   xususiyatidir.   Tik   yurishlik, qo`llarning mehnat 
faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqkiy etgan miyaga egaligi, sut 
emizuvchilar tasnifiga kirishi uning o`ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy 
jonzod sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish 
qobiliyatidan tashqari o`z qiziqishlari  va ehtiyojlariga mutanosib tarzda un i 
o`zgartirish imkoniyatiga ham egadir. 
2.Shaxs.  Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda 
rivojlanuvchi, chgil yordami bilan, boshqa kishilar bilan muloqot (muomala) ga 
kirishuvchi odam shaxsga aSitnadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi 
hisoblanadi. 
3.Individuallik.  Har qaysi inson betakror o`ziga xos xususiyatlarga ega. 
Shaxsning o`ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga 
keltiradi. Individual shaxsnipg intellektual, inotsional va irodaviy sohalarida 
namoyon bo`ladi. 
S.L.Rubnshlteyn bo`yicha shaxs quyidagn tuzilishga ega: 
1. 
Yo`nalganlik      ehtiyojlar,    qiziqishlar,    ideallar, e’tiqodlar, 
faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi. 
2. Bilimlar, ko`nikmalar, malakalar - hayot va faoliyat jarayonida 
egallanadi.  
3.  Individual tipologik xususiyatlar - temperament, harakter, 
qobiliyatlarda aks etadi. 
A.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega: 
1.  Yo`nalganlik  -  voqelikka nisbatan  inson munosabatini 
aniqlaydi, unga o`zaro ta’sir etuvchi har xil xususiyatli g`oyaviy va amaliy 
ustanovkalar, qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. 
Ustuvor yo`nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi. 
2.Imkoniyatlar  - faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlovchi 
tizim. O’zaro ta’sir etuvchi va o`zaro bog`liq bo`lgan turlicha qobiliyatlar. 
3.Xarakter.  Ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. 
Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo`ladi. Xarakter 
tizimidan irodaviy va ma’naviy sifatlar ajratiladi. 
4.Mashqlar tizimi. Hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish 
 
32


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə