O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73

munosabatlari va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur 
jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, 
kishilarga va o`ziga munosabati vujudga keladi. 
Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon 
bo`ladi. Insonning moddiy turmushi, u  hayot kechirayotgan tuzumning moddiy 
asosiga emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, 
umuminsoniy qiyofalari, dunyoqarashi, maslagi, ijtimoiy voqelikka munosabatlari
intilishlari, 
IJODI 
mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir. 
Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Insonniig rivojlanishi ob’ektiv 
borliqqa va o`ziga faol ta’sir ko`rsatishida sodir bo`ladi. O’yinni kuzatishi, 
mehnati, o`qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi, qiziqishining barqarorlashuvi va 
boshqalar shaxsning psixik rivojlanishini ifodalaydi. 
Rivojlanish inson shaxsining tarkib topishi jarayonidir. Rivojlanish o`zaro 
bog`liq qator bosqichlarda amalga oshadi. Shaxs aql-zakovatiniig ko`rsatkichi, 
sifati, xususiyati uning atrofdagi odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy 
faoliyatida vujudga keladi, o`zaro ta’sir natijasida unda aqlning ijodiy 
mahsuldorligi, teranligi, tszligi, mustaqilligi, tanqidiyligi, chuqurligi orta boradi.
  Yaqin va buyuk chet el psixologiyasi fanida inson psixikasini tadqiqot qilish 
metodlarining turlicha klassifikatsiyasi (tasnifi) berilgan. Umumiy psixologiya 
sohasi bo`yicha xilma-xil ilmiy asosga qurilgan nazariyalar mavjud bo`lib, 
ularning har qaysisi to`kislik va nuqsonli tomoyillariga ega. Quyida biz rus 
psixologi B.G.Ananьev tavsiya qilgan klassifikatsiyaga asoslangan xolda 
metodlar xususiyatini yoritib beramiz. 
B.G. Ananьev psixikani o`rganish metodlarining tashkiliy, empirik (amaliy), 
olingan natijalarni qayta ishlash yoki statistik hamda natijalarni sharhlash deb 
nomlab, ularni to`rtta katta turkumga, guruhga ajratgan. Mazkur metodlar guruhi 
o`z navbatida uning maqsadi va vazifasiga binoan yana bir nechta toifa hamda 
turlarga bo`linadi. Navbatdagi fikrda ana shu metodlarning umumiy, xususiy va 
o`ziga xos xususiyatlariga hamda qiyosiy tavsifiga to`xtalamiz. 
Tadqiqot metodlarining birinchi guruhi tashkiliy deb nomlanib, u o`z ichiga 
qiyoslash, longityud-uzluksiz, kompleks dsb ataladigan turlarni qamrab oladi. 
Qiyoslash metodi umumiy psixologiya (turli guruhlarni o`zaro solishtirish), 
sotsial psixologiya (katta yoki kichik guruhlar hamda ularning har xil toifalarini 
o`zaro taqqoslash), meditsina psixologiyasi (sog`lom va bemor kishilariing psixik 
xususiyatlarini qiyoslash, sport psixologiyasi (sportsmenlar holati, ularning 
uquvchanligi va ishchanligini o`zaro solishtirish) kabi fanlarda unumli 
foydalaniladi. 
Umumiy psixologiyasi fanida qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning 
bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarini umumlashtirish xossalari, aqliy 
qobiliyati, salohiyati, tarakqiyoti dinamikasi, shaxs jinsiy tafovutlari va o`ziga 
xosligi, individual-topologik holatlarini o`rganishda tatbiq etiladi.  
Mavzu yuzasidan savollar  
 
1.
 
Psixika tushunchasining taxlili 
 
27


2.
 
Miya va psixika muammosi  
3.
 
Psixika va ong                   
4.
 
Ong va ongsizlik 
Tayanch iboralar  
Psixika, analizator, refleks, ong, psixoanaliz, miya faoliyati, ong strukturasi, 
instinkt, ko`nikma, intelektual xarakatlar, ongsizlik, ontogenetik, filogenetik 
 
Mavzu 3. Shaxs strukturasi va yo`nalishlari 
 
  Reja: 
 
1. Shaxs to`g`risida umumiy tushuncha 
2. G`arb psixologiyasida shaxs nazariyalari 
3. «Men» obraz iva o`z-o`zini anglash 
4. Shaxsning psixologik tuzilishi 
 
 
 Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ, shaxs, 
individuallik  tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog`lom 
odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo`q, oddiy malakalarni o`zlashtira 
olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan 
birinchisinigina shaxs deb atash an’ana tusiga kirib qolgan, chunki o`sha zotgina 
ijtimoiy mavjudot, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol 
qatnashchisi bo`la oladi. Individ sifatida yorug` dunyoga kelgan odam ijtimoiy 
muhit ta’sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-
tarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog`idanoq individ muayyan ijtimoiy 
munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi 
tarixiy shakllangan bo`lib, u yoshligidanoq shu tayyor ijtimoiy munosabat, 
muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov, ya’ni oila 
a’zolari, mahalla ahli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi, ijtimoiy guruh 
ichida  odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, 
uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog`liq bo`lmagan har xil 
xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. 
 
 
  Jahon 
psixologiyasi 
fanida onda-sonda uchrab turadigan 
shaxsni ijtimoiy muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor 
etish o`ta bahsli fikrdir. Shuni alohida ta’kidlab o`tish kerakki, shaxsning 
ijtimoiy tajribani o`zlashtirish jarayoni odamning o`zicha amalga oshirayotgan 
faoliyatiga va uning bilan qanday maqsad ko`zlayotganiga nisbatan munosabatini 
aks ettiruvchi ruhiy dunyosi orqali namoyon bo`ladi. Odatda faollik shaxsga 
xos xulq-atvor,   faoliyat,   muomala   motivlarida,   ustanovkalarida,   amaliy 
ko`nikmalarida ko`zga tashlanadi. Boshqacha so`z bilan aytganda, faollik 
shaxsining atrof-muhitdagi voqelikni egallashga intilgan sa’y-harakatlarda 
vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o`z istiqboli uchun yo`l-yo`riq tanlashda, 
uni o`zlashtirishda, hayotda o`t mavqei va o`rnini topishda gavdalanadi. 
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda 
har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega, hayotda biron bir 
 
28


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə