O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu: Psixikaning rivojlanish taraqqiyoti



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73

 
2 Mavzu: Psixikaning rivojlanish taraqqiyoti. 
 
RЕJA: 
1. Psixika tushunchasining taxlili 
2. Miya va psixika muammosi 
3. Psixikaning filogenetik
 taraqqiyoti. 
4. Psixikaning reflektorlik xususiyati. 
 
    
 
Psixika - bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning 
hususiyati, sub’ekt tomonidan obьsktiv borliqni faol aks ettirish, xuddi shu 
asnoda o`z xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o`tmishning, 
hozirgi davr va kelasi zamonniig hodisalari ifodalangan, tartibga solingandir. 
O’tmish hodisalari inson xotirasida mujassamlashib, shaxsiy tajribalarda namoyon 
bo`ladi. Hozirgi zamon aqliy jarayonlar, hissiy kechinmalar, obrazlar va 
tasavvurlar majmuasida ifodalanadi. Kelajak esa turtkilarda, maqsad, ezgu 
niyatlarda, shuningdsk, fantaziya, vijdon azobi, armon va tushlarda aks etadi. 
Inson psixikasi ham anglanilmagan, ham anglanilgan xususiyatga ega bo`lib, 
anglanilmagan psixika o`z navbatida hayvon psixikasidan sifat jihatidan tafovutga 
va ustuvorlikka ega. 
Psixikaning faolligi reallik bilan bevosita muloqotga kirishish jarayonida 
namoyon bo`ladi. Psixika biologik evolyutsiyaning ma’lum bir bosqichida 
vujudga kelgan bo`lib, uning o`zi omillarining biri sifatida organmzmni ularning 
yashash sharoitiga tobora kuchayib boruvchi moslashuvni  ta’minlab turadi. 
Faoliyat regulyatsiyasining yuksak darajasi sifatida ong vujudga keladi, psixika 
faolligining yuksak ko`rinishi manbai tariqasida esa shaxs shakllanadi. 
Bizningcha, metodologik nuqtai nazardan psixika taxlil qilinganda, albatta 
biosferik va neosferik aloqalar natijalari, ularning ta’sirchanlik kuchi, vaziyat, 
muhit hamda holatlar  fazoviy joylashuvi, yuzasidan fikr bildirish bugungi kunda 
muhim ahamiyatga ega. Chunki inson aql-zakovatining quvvati yetmaydigan
payqash imkoniyatiga ega bo`lmagan borliqning mo`’jizalari, sirlari mavjuddir, 
uni hisobga olmasdan ilojimiz yo`q. 
Organizmda dastlabki aks ettirishning vujudga kelishi tirik tananing ichki va 
tashqi stimullarining javob reaktsiyasiga tanlab munosabatda bo`lish manbaidan 
kelib chiquvchi sezkanuvchanlikdan boshlanadi. Bu psixikaga bo`lgan aks 
ettirishning sodda ko`rinishi bo`lib, u  organik dunyoni rivojlanish jarayonida 
sezuvchanlik qobiliyatiga ega bo`lgani tufayli sezgi vazifasini bajaruvchi 
birlamchi psixologik obrazlar paydo bo`la boshlaydi, ular organizm harakati 
ehtiyojini, fazoviy chamalash maqsadini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. 
Xuddi ana shu davrdan boshlab muhitga, ekologiyaga to`g`ri moslashish va 
harakatni idora qilish funktsiyalari yuzaga keladi. Aks ettirishning sodda shakllari 
murakkabroq shakllarining rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar sifatida 
 
21


xizmat qiladi. Organik dunyoning keyingi evolyutsion taraqqiyot davrida 
voqelikning ham sensor, ham aqliy obrazlarni qamrab oluvchi sodda sababiy 
aloqalar va vaqtni idrok qilish yuzaga keladi, buning natijasida xatti-harakatni 
to`g`ri ifodalash imkoni va faollik xususiyati tug`iladi. 
Bevosita harakat qiluvchi qo`zg`atuvchi organizmning to`g`ridan to`g`ri 
reaktsiyasiga javobi oldindan, ilgarilab aks ettirishni keltirib chiqaradi. Inson 
faoliyatining ijtimoiy shartlanganligi tufayli in’ikos faolligi oshibgina qolmay, 
balki u sifat jihatidan mutlaqo boshqa xususiyat kasb eta boshlaydi. Aks 
ettirishning /lovchanlik va maqsadga yo`nalganlik xususiyatlari hamkorlik 
faoliyati jarayonida mehnat quroli orqali tabiatni o`zgartirish ehtiyoji darajasi 
ko`rsatkichi aniqlanadi. Mazkur jarayonlarda psixik aks ettirish nafaqat hissiy 
obrazlarni, balki mantiqiy tafakkur, madaniyat mahsulini o`zida ifodalovchi 
ijodiy fantaziya,o`z navbatida til tarkibiga kiruvchi belgilar, alomatlar tizimining 
mohiyatiga qorishib, yaratuvchi sifatida aks ettirishning tubdan, o`zgarishga olib 
keladi. Bunday toifadagi in’ikosning oqibatida ideal obrazning paydo bo`lishiga 
puxta zamin hozirlaydi, imkoniyatlarning ro`yobga chiqishi uchun barcha shart-
sharoitlar yaratadi. Aks ettirishning to`g`riligi, adekvatligi o`zini kelib chiqish 
manbaga ko`ra, mazkur manbaning moddiy tavsifi bilan miyada nerv 
impulьslarini qayta ishlash o`rtasidagi qiyosiy jarayonni mujassamlashtiradi va 
sub’ektning psixologik jihatidan namoyon bo`lishi, rivojlanishi, o`zgarishi, 
takomillashishi kabi holatlarni ham bevosita, ham bilvosita usullar yordam» bilan 
turlicha shaklda, tarzida, ko`rnishida ifodalaydi. 
Psixologiya  fanida aks ettirishning  quyidagi   ko`rinishlari tan olinadi: fizik, 
fiziologik, psixik, ong, o`zini anglash. 
Inson o`zining kimligini anglashga intilishdan, o`z ruhiy dunyosini va o`zgalar 
ruhiyatini bilish istagi paydo bo`lishdan, tabiat va jamiyat hodisalarini 
tushunishga ehtiyoj sezishdan, o`tmish, hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza 
yuritishdan e’tiboran psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Psixologik 
bilimlar juda uzoq o`tmish tarixga ega bo`lsa-da, lekin u fan sifatida falsafadan 
XIX asrga kelib ajralib chiqdi. Psixologiyani alohida fan sifatida ajralib chiqishga 
o`sha davrda kishilik jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 
o`zgarishlar sabab bo`ldi, chunki bular ijtimoiy zaruriyatning taqozosi edi. XIX 
asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelib psixologiya fani to`g`risidagi ilmiy 
tushunchalarda keskin o`zgarishlar yuzaga keldi va ularning ta’siri natijasida 
psixologiyaning tadqiqot ob’ekti sifatida insonga muhitning ta’siri, uiing xulq-
atvorini o`rgatish muammolari tanlab olindi. Shu davrda psixologiya fanining 
rivojlanishiga ijobiy hissa qo`shgan psixologiya maktablari vujudga keldi, 
jumladan Amerika  psixologiyasining asosiy yo`nalishlaridan bo`lgan bixeviorizm, 
Germaniya geshtalьt psixologiya maktabi, Venada Z.Freydning psixoanalizi va 
boshqalar. Shu maktablarning hammasi o`zining nuqtai nazariga asoslanib, 
psixologiya fanining tarkibiy qismlarini o`rganishga harakat qildi. Psixologik 
kontseptsiyalarning rang-barangligi sababli va fan-texnikaning rivojlanishi ta’siri 
bilan psixologiya o`zining tadqiqot ob’ektlariga ega bo`lgan ko`plab sohalarga 
ajrala boshlandi. Hozirgi davrda psixologiyaning nazariy va amaliy yutuqlari 
atrof-muhit hamda jamiyatning juda keng qirralari tatbiq qilinmoqda. 
 
22


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə