Mavzu: Psixologiya fanining predmeti,maqsadi va vazifalari. Psixologiya fanining tarmoqlari va tadqiqod metodlari. Reja



Yüklə 184,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix29.11.2023
ölçüsü184,54 Kb.
#140828
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Psixologiya fanining maqsad va vazifalari



Mavzu:
Psixologiya fanining predmeti,maqsadi va vazifalari.Psixologiya fanining 
tarmoqlari va tadqiqod metodlari. 
Reja: 
1.
Psixologiya fani haqida umumiy tushuncha
2.
Psixologiya fanining sohalari va boshqa fanlar bilan aloqasi 
3.
Psixologiya fanining prinsiplari vatadqiqot metodlari
"Agar ko‘z tirik mavjudot bo‘lsa, uning
ruhi ko‘z nuri bo‘lar edi."
Arastu 
Tayanch so‘z va iboralar 
Psixologiya, psixika, ruxiyat, miya, ong, sezgi, idrok, xotira, hayol, fantaziya 
xolat, xususiyat, jarayon, motivatsiya. 
 
Psixologiya fani haqida umumiy tushuncha.
 
Psixologiya – grekcha «psyche» - jon, rux va «logos» - ta’limot, ilm 
so‘zlaridan iborat bo‘lib, inson ruxiy dunyosiga aloqador barcha xodisalar va 
jarayonlar uning predmetini tashkil qiladi. 
Biroq hozirgi davrda “jon” tushunchasi o‘rniga “psixika”ni qo‘llashda davom 
etmoqdamiz. Lingvistik nuqtai nazardan jon, psixika tushunchalari aynan bir xil 
ma’noni bildiradi. Lekin psixika tushunchasi bugungi kunda jondan kengroq 
ko‘lamga ega bo‘lib ham ko‘zga ko‘rinuvchi ham ko‘zga ko‘rinmovchi tomonlarini 
o‘zida aks ettiradi. Demak, qisqa qilib, 
psixologiyaning predmeti konkret shaxs
uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o‘ziga xos tomonlaridir
, deb 
ta’riflash mumkin.
Psixologiya fan sifatida psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va 
mexanizmlarini o‘rganadi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Hozirgi vaqtda psixologiya o‘zi 
o‘rganadigan alohida predmetiga, o‘zining alohida vazifalariga, o‘zining maxsus 
tadqiqot metodlariga egadir; uning psixologik muassasalar tarmog‘i (institutlari, 
labororiyalari, psixolog kadrlarni tayyorlovchi o‘quv yurtlari), ixtisoslashtirilgan 
kitob nashiriyotlari mavjud. Psixik faoliyat mexanizmlari u yoki bu psixik jarayonni 
amalga oshiradigan konkret anatomik-fiziologik apparatlarning ishlashini taqazo 
qilgani uchun ham psixologiya bu mexanizmlarning tabiati va harakatini boshqa 
fanlar (fiziologiya, biofizika, bioximiya, kibernetika va boshqalar) bilan birgalikda 
ochib beradi. 
Psixika to‘g‘risidgi dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun dastavval psixika 
mohiyati bilan tanishamiz. Odatda, psixik xodisalar deganda ichki, sub’ektiv tajriba 
faktlarining (voqelikning) namoyon bo‘lishi tushuniladi, boshqacha aytganda 
psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, hayol kabi har bir olingan yaqqol 
shakllaridan iboratdir. Ichki, sub’ektiv tajribaning o‘zi nimani anglatadi? Insondagi 
quvonch yoki zxerikish tuyg‘ulari, uning nimalarinidir esga tushirishi, biron bir 
hohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, xadiksirash 


hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosi tarkibiy qismlaridir, ya’ni ularning 
hammasi sub’ektiv psixik hodisalar sanaladi.
Subyektiv hodisalarning asosiy xususiyati – ularning bevosita sub’ektga 
taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta 
ana shu hodisalarni bir davrning o‘zida tushunib (kuzatib) ham turadi. Inson intilsa, 
ikqilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo‘layotganligini anglab 
turamiz ham shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir bo‘lishidan 
tashqari, ular bevosita ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘lib turadi. Obrazli qilib 
aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, odatda, 
shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning tomoshabini 
hisoblanadi. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan sub’ektiv hodisalar xususiyatidan kelib chiqqan 
holda ayrim psixologlar psixologiya fani sub’ektiv kechinmalarning paydo bo‘lishi 
va ularning kechishi bilan shug‘ullanishi zarur, uning asosiy metodi o‘zini-o‘zi 
kuzatish (shaxsning o‘z fikrlari, xis-tuyg‘ulari, xatti harakatlarini o‘zi kuzatishi) 
bo‘lmog‘i kenrak, degan xulosaga keladilar. Lekin psixologiya fanining keyingi 
davrdagi taraqqiyoti bunday cheklanganlik fanni mutlaqo ta’minlay olmasligini 
tasdiqladi.
Psixologiya fanining o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadigan muammolari juda 
xilma-xil bo‘lib, u eng avvalo, psixik faoliyatning asosiy qonunini belgilash, uning 
rivojlanish yo‘llarini aniqlash, xar-bir psixik jarayonning asosida qanday mexanizm 
borligi, uning o‘zgarish jarayonlarini ochib berish masalalarini o‘rganadi. Shuning 
uchun ham ilmiy psixologiya boshqa barcha o‘rganilayotgan fanlar orasida eng 
asosiy fanlardan hisoblanadiki, uning jamiyat rivojlanishi bilan ahamiyati yanada 
ortib va takomillashib boraveradi. 
Psixologiya – inson ruhiy olamini o‘rganuvchi fan. Psixika – ruhiy holatlar 
yig‘indisi.
Psixologiyani o‘rganish insonlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy 
boyliklarni jamiyatdagi ilg‘or g‘oyalar va ta’limotlarni ta’lim –tarbiya, falsafa, 
huquk nafosat, adabiyot va shuningdek o‘quvchi yoshlarning kasbiy ruhiy 
kechinmalari, aqliy qobiliyati, idroki, xullas insonparvar psixologiyaning barcha 
qonuniyatlarini o‘z ichiga oladi. Mustabid tuzum rahbarlari uzoq yillar davomida 
insonning haq-huquqlarini cheklashga, eski andozalarga asoslangan ijtimoiy tarbiya 
– milliy psixologiyamizni so‘zsiz itoatkorlikka moyillik ruhida totalitar 
mavko‘raning ta’siri bilan yashashga odatlantirib keldi. Shuning uchun ham ular 
milliy psixologiya va umumpsixologik qonuniyatlarni jamiyat a’zolaridan mutassil 
sir to‘tishga harakat qildilar. Shunga qaramasdan istiqlol sharofati bilan 
Respublikamizning etachi psixolog olimlari E. G‘oziev, G‘. Shoumarov, V. 
Karimova, B. Qodirov, M. Davletshin, A.Jabborovlar amaliy psixologiyani keng 
ko‘lamda rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdilar. 
Psixologiya fani oldiga hayot va turmush tomonidan yangi-yangi vazifalar 
qo‘yila boshladi. Bu yangi vazifalar, birinchidan, respublikamzda yuzaga kelgan 
yangi ijtimoiy muhit, mustaqillik sharoiti tufayli bo‘lsa, ikkinchidan, mamlakatimiz 
xalqlari ongidagi sifatiy o‘zgarishlar istiqlol mafkurasi tufayli sodir bo‘ldi. Bu ikki 


hol insoniyat tarixida yangi mazmundagi o‘zaro munosabatlarni va yangicha faoliyat 
formalarini vujudga keltirdi.
Psixologiya fanining boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shundan iborat 
uning amaliy-tadbiqiy jihatlari mavjud bo‘lib, ijtimoiy turmushning barcha 
javhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada ta’sir o‘tkazadi. Psixologiya 
boshqa fanlardan farqli o‘laroq o‘z tadbiqiy ma’lumotlari natijalarining ko‘p qira 
ko‘p yoqlama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat 
ko‘rsatikichiga ega. Ayniqsa bu borada o‘zini o‘zi boshqarish alohida ahamiyat kasb 
etadi. Shuning uchun u tabiatni o‘rganish ilmidan tafovutlanib o‘zining psixik 
jarayonlari, funksiyalari, holatlari, xissiyoti, irodasi, xarakteri, temperamenti 
kabilarni boshqarishda o‘z aksini topadi. Inson o‘zini anglab borib, o‘z insoniy 
hislatlari, xususiyati, sifati xulqini o‘zartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Xozirgi kunda zamon psixologiyasi fani o‘zini o‘zi boshqarish va 
takomillashtirish, o‘zini o‘zi qo‘lga olish, o‘ziga o‘zi buyruq berish, o‘zini o‘zi 
tarbiyalash bo‘yicha boy materiallar to‘plagan, bu esa o‘z navbatida inson 
munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o‘zgarishi va yangidan yaralishi haqida 
ilmiy tadbiqiy ma’lumotlar beradi, kundalik turmush psixiologiyasi rang-
barangligini ta’minlab turadi. Psixologiya inson psixikasining aniqlash
shakllantirish, yangi sharoitga ko‘chirish, takomillashtirish, rivojlanish dinamikasini 
ta’minlash, yangi sifat bosqichiga o‘tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan o‘ta 
amaliy, tadbiqiy fanga aylangandir. 
Umumiy psixologiya boshqa sohalar kabi shartli ravishda qabul qilingan 
nomdan iborat. Psixologiya fanining ilmiy tushunchalarini, kategoriyalari (Shaxs, 
motivatsiya muomala, ong)ni, tadqiqot metodlarini umumiy psixologiyada 
umumlashtirish uchun uning boshqa sohalaridagi tekshirish natijalarini
mavhumlashtirish maqsadga muvofiq. 
Umumiy psixologiya fani asosiy kategoriyalar, tushunchalar, psixik 
jarayonlar, xolatlar, xodisalar, individual tipologik hususiyatlarni o‘z ichiga oladi. 
1.Psixik jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, hayol va boshqalar. 
2.Irodaviy jarayonlar: motiv, motivatsiya, extiyojlar, intilishlar, qaror qabul qilish 
kabilar. 3.Xissiy jarayonlar: emotsiya his-tuyg‘ular kayfiyat, emotsional ton, stress, 
affekt singarilar. 
 
Psixik holatlarga psixik jarayonlarning ma’lum bir sifatlarining ko‘rinishlari 
kiradi. Masalan, hissiy jarayonlardan psixik holat isfatida kayfiyat, psixik 
hususiyatlarga qobiliyatlar va boshqalar kiradi. 
Psixik holat tushunchasi psixik xolatlarga nisbatan nisbiy statikligini
anglatadi. Psixik hususiyat tushunchasi esa tadqiq qilinaytgan xodisaning
mustahkamligini, qaytaruvchanligini aks ettiradi va bu narsa shaxs tuzilishida o‘z 
ifodasini topadi. 

Yüklə 184,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə