Mavzu: Psixologiya fanining predmeti,maqsadi va vazifalari. Psixologiya fanining tarmoqlari va tadqiqod metodlari. Reja



Yüklə 184,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix29.11.2023
ölçüsü184,54 Kb.
#140828
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Psixologiya fanining maqsad va vazifalari

Kuzatish metodi.
Psixologiya fanida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va 
sub’ektiv (o‘zini o‘zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni 
kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilardi:
1.
Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 
2.
Kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; 
3.
Sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi; 
4.
Tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi; 
5.
Kuzatishqancha davom etishi qat’iylashtiriladi; 
6.
Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat va sportda) amalga 
oshirilishi tavsiya qilinadi
7.
Kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o‘tkazishi) tayinlanadi; 
8.
Kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish 
varaqasi, magnitafon, videomagnitafaon, fideoapparat, fotoapparat va 
boshqalar) taxt qilinadi. 
Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, nerv sistemasining tashqi 
ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, 
ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va xokazolari o‘rganiladi. Ammo o‘ta 
murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy 
xotira va aql zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etishmaydi. Masalan, 
go‘dag bolani kuzatishda uning harakatlari, o‘yinchoqlarga munosabati, his-
tuyg‘usi, talpinishi, maylli, hoxishi aniqlanadi.
Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo‘yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi 
kayfiyatini, fikrning muayyan ob’ektga yo‘naltirilganligini, tashqi o‘zg‘atuvchilar 
ta’siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko‘zdagi g‘ayritabiiylikni, 
shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib, 
tafakkurning kechishidagi o‘zgarishlarni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, 
qo‘lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi ham 
inson ruhiyatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumot beradi.
Psixologiya fanida o‘zini o‘zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham 
foydalaniladi. Ko‘pincha tajribali psixolog yoki malakali mohir o‘qituvchi, 
salohiyatli rahbar o‘zini o‘zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, 
o‘z tafakkurini kuzatib o‘zidagi emotsional o‘zgarish haqida, shuningdek, 
tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi va ketishi to‘g‘risida ma’lumot 
oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati qay tarzda, qanday tezlikda, 
qay shaklda ro‘y berishini kuzatadi.
Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif 
tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa 
metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.
Suhbat metodi.
Bu metod bilan inson psixikasini o‘rganishda suhbatning 
maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, 
o‘tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o‘tkazish 
rejalashtiriladi, o‘rganilayotgan narsa bilan uzviy bog‘liq savol-javob tartibi 
tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal 


qilish jarayonida inson psixikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdir. Suhbat orqali 
odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atqori, qiziqishi, ziyrakligi, bilim 
saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi.

Yüklə 184,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə