Mavzu: Psixologiya fanining predmeti,maqsadi va vazifalari. Psixologiya fanining tarmoqlari va tadqiqod metodlari. Reja



Yüklə 184,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix29.11.2023
ölçüsü184,54 Kb.
#140828
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Psixologiya fanining maqsad va vazifalari

Tibbiyot psixologiyasi
bemorning xulq-atvori va vrach faoliyatining psixologik 
tomonlarini o‘rganadi. Yuridik psixologiya huquq sistemasini amalga oshirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan psixologik masalalarni qarab chiqadi.
Harbiy psixologiya
– jangovor harakatlar sharoitidagi odamning xulq-
atvorini, boshliqlar va ularga itoat qiluvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 
psixologik tomonlarini, «psixologik urush» olib borish metodalrini (propaganda va 
kontrpropaganda muammolarini), jangovor texnikani boshqarishning psixologik 
muammolarini va shuning kabilarni tekshiradi.
Sport psixologiyasi 
– sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik 
xususiyatlarini, ularni psixologik jixatdan tayyorlashning shart-sharoitlari va 
vositalarini, sportchilarning qanchalik mashq qilganliklari va o‘zlarini safarbar 
qilishga qanchalik tayyor ekanliklarini ko‘rsatuvchi psixologik parametrlarni 
(ulchovlarni), musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan 
psixologik faktorlarni qarab chiqadi.
Qiyosiy psixologiya
– psixologiyaning bu soxasi psixik hayotning filogenetik 
(nasliy) formalarini tekshiradi. Zoopsixologiya qiyosiy psixololgiyaning 
bo‘limlaridan biri bo‘lib, xar xil sistematik guruxlarga (tur, jins, oila) mansub 
hayvonlar psixikasini o‘rgandi. E
tologiya 
– biologiya va psixologiyaning nisbatan 
yangi soxasi bo‘lib, bu soxa xayvonlar hatti-xarakatlarining tug‘ma mexanizmlarini 
maxsus ravishda o‘rganadi. Ijtimoiy psixologiyaning predmeti jamoada 
odamlarning o‘zaro munosabatlari jarayonida yuzaga keladigan psixik hodisalarni 
o‘rganishdan iborat.
Din psixologiyasi
diniy tasavvurlar va hissiyotlarni xurofotlarning kelib 
chiqishi va ularning yengishning psixologik sharoitlarini, diniy jazava (zikr)larni va 
shu kabilarni o‘rganadi. 
Sotsial psixolgiyadan so‘ng uning bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan shaxs 
psixologiyasini (ba’zan differential psixologiya deb yuritiladi) aytib o‘tish lozim.
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning 
shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo‘nalishdagi 
muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini 
takozo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan soxalari bo‘lib, 
psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va yetakchidir
. 1. Falsafa
va uning 
oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo‘lgan 
aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti moxiyatini to‘la anglash va uning 
rivojlanish tendentsiyalarini belgilashdagi o‘rni va axamiyatidan kelib chiqadi. Bu 
bog‘liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashnishakllantirish muammosi 
kundalang turgan tarixiy davrda milliy mafko‘ra va milliy g‘oyani shakllantirish kabi 
dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda.
2. 
Sotsiologiya 
fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o‘z 
taraqqiyotining muxim bosqichiga o‘tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan 
yutuqlardan xam foydalanadi, xam ularning ko‘lami kengayishiga baxoli qudrat xizmat 
qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot 
davrimizda aloxida axamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan 
aloqasi uzviy bo‘lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta’minlash ishiga 
xizmat qiladi.


Pedagogika
bilan psixologiyaning o‘zaro xamkorligi va aloqasi an’anaviy va 
azaliy bo‘lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruxida amalga 
oshirishdagi roli va nufuzi o‘ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi 
«Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi»ni amalga 
oshirish xam ikki fan xamkorligi va o‘zaro aloqasini xar qachongidan xam dolzarb qilib 
qo‘ydi. Ayniqsa, ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim 
muassasalarida joriy etish xam shaxs psixologiyasini teran bilgan holda o‘qitishning 
eng ilg‘or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi.
Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.k.
psixik xodisalar va 
jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning 
kechishi qonuniyatlarini ob’ektiv o‘rganish uchun material beradi. Ayniqsa, bosh 
miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va 
ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e’tirof etgan xolda psixologiya fani tabiiy fanlar 
erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi.
Kibernetika
fani soxasidagi yorishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham 
axamiyatli va zarur bo‘lib, u inson shaxsining o‘z-o‘zini boshqarish va psixik 
jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika 
tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o‘z 
o‘rnida foydalanadi. Ayniqsa, ma’lumotlar asri bo‘lgan XX va xar bir aloxida 
ma’lumotning qadr-qimmati oshishi kutilayotgan XXI asrda informatsion 
texnologiyalar va modellashtirish borasida psixologiya hamda kibernetika 
xamkorligining saloxiyati yanada ortadi
. Texnika fanlari
bilan psixologiyaning o‘zaro 
aloqasi va xamkorligi ayniqsa, asr oxiriga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan 
murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini yechishda, ikkinchi 
tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan 
foydalanish zarurati bu ikki yo‘nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda 
tutadi
. Iqtisodiyot
bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va xamkorligi ham yangilik 
bo‘lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish sharoitida iqtisodiy 
ong hamda iqtisodiy xulqning o‘ziga xos namoyon bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganishda 
ikkala fan teng xizmat qiladi.

Yüklə 184,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə