Kadrlar tayyorlash milliy dasturi



Yüklə 38,5 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü38,5 Kb.
#160122
Kirish


Kirish
O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim islohotini to‘la amalga oshirish uchun qator ishlarni amalga oshirish zarurligi alohida ta’kidlangan. Shuningdek, fan asoslarini o‘qitilishini izchillik bilan chuqurlashtirish, yangi texnologiyalar to‘g‘risida asosiy tasavvurlarni, zamonaviy, iqtisodiy, huquqiy, ekologik bilimlarni berish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning darajasini fan-texnika va ma’naviy taraqqiyot talablariga doim muvofiq bo‘lishini ta’minlash eng dolzarb vazifalardan qilib qo‘yildi. Bu esa o‘z navbatida matematika ta’limning mazmuni nimalardan iboratligini to‘la aniqlashtirib olish va o‘rta maxsus ta’lim tizimida boshqa fan asoslari bilan qanday munosabatdaekanligini aniqlashni taqazo etadi.
O‘quvchilarning amaliy tayyorgarligi ishlab chiqarishning texnologiyasi haqidagi eng umumiy qonuniyatlarini bilishda namoyon bo‘ladi. Shu bilimlar asosida o‘quvchilarda ishlab chiqarish jarayonida zarur bo‘ladigan umumlashgan ko‘nikmalar tiklanadi. Maktab matematikasi kursida algebra va matematik analiz elementlari bugungi kunda yetakchi yo‘nalishlardan bo‘lib u algebrani va keyinchalik algebra va matematik analiz asoslarini o‘qitishda asosiy rol o‘ynaydi.
Matematikani kasbga yo‘naltirib o‘qitishni izchillik bilan chuqurlashtirish, yangi texnologiyalar to‘g‘risida asosiy tasavvurlarni, zamonaviy, iqtisodiy, huquqiy, ekologik bilimlarni berish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning darajasini fan-texnika va ma’naviy taraqqiyot talablariga muvofiq bo‘lishini ta’minlash asosiy vazifa qilib qo‘yilmoqda.
O‘quvchilarning matematikadan egallagan bilimlarini amaliyotda va boshqa fanlarni o‘qitishda qo‘llay olish o‘rta ta’lim muassasalarida matematika o‘qitishning asosiy maqsadlaridan biridir. Dars samaradorligini oshirishda o‘quvchilarning matematikani o‘rganishga qiziqishlarini shakllantirish va rivojlantirishda interfaol metodlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Umumiy o`rta ta`lim maktablarida boshqa tabiiy fanlar ( fizika , kimyo, biologiya va boshqalar) asoslarini o`rgatishda matematikaning tatbiqi bilan uchrashamiz va har xil masalalarni yechishda hisoblashlar olib borishga to`g`ri keladi. Bunday masalalar ( sodda yoki murakkab bo`lishi mumkin) texnik mutahassislarning , iqtisodchilarning , texnologlarning va boshqa shu kabilarning har biri kundalik hayotda uchraydi. Shuning uchun bu mutahassislar xalq xo`jaligining qaysi bir sohasida ishlamasin ular matematika tatbiqlarini, xisoblash usullarini og`zaki yoki yozma instrumentlar bilan o`lchashni bilishi zarur.
Matematika fani tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayonlarni o`rganish hamda tahlil qilishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Bu vositalarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishni kompyuter va boshqa axborot texnologiyalari yordamisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Masalan, ko`p hollarda vujudga kelgan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun ma‘lum bir algoritmik tilni bilish talab qilinadi. Bizga ma‘lumki, funksiya qiymatlarini ma‘lum qadam bilan hisoblash matematikaning juda ko`p bo`limlarida uchraydi. Shu bilan birga matematika darslarida o`quvchilar funksiyalarning grafiklarini hosil qilishlari va shu tariqa ayrim murakkabroq funksiyalarning xossalarini ekranda aniq ko`rishlari talab etiladi. Bizga algebra kursida ma‘lumki trigonometrik tenglamalarning grafiklarini chizishga doir misollar berilgan.
Noma’lum son faqat trigonometrik funksiyalarning argumenti sifatida qatnashgan tenglama trigonometrik tenglama deyiladi. sina = m, cosa = m, tga = m, ctga -m ko‘rinishdagi tenglamalar eng sodda trigonometrik tenglamalardir. Odatda trigonometrik tenglamalarni yechish bitta yoki bir nechta eng sodda trigonometrik tenglamalarni yechishga keltiriladi. Interfaol metodlar va ularni ta’lim jarayonida qo‘llashga oid metodik adabiyotlani o‘rganish asosida matematika o‘qitishda foydalanish mumkin bo‘lgan interfaol usullarning tavsiflari shakllantirildi. Mashg‘ulotlarning texnologik xaritasi va unga mos dars ishlanmasining moduli taqdim etildi.Pedagigok amaliyot davomida darslarni loyihalashda orttirilgan tajriba va bilim, ko‘nikmalar asosida dars mashg‘ulotlarni interfaol usullardan foydalanib loyihalashga jiddiy e’ribor qaratildi.
Mavjud metodik adabiyotlarni o‘rganish, taxlil qilish va umumlashtirish ilg‘or, tajriba namunalarini kuzatish va o‘rganish natijasida matematika o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishiga ishonch hosil qildik. Bugungi kunda matematika o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish eng dolzarb muammolardan biri ekanligi asoslandi. Chunki interfaol usullar matematika o‘qitishning sifat va samaradorligini ta’minlashga ximat qiladi.
Trigonometrik tenglamalar o‘qitish metodikalari, trigonometriyaning asosiy qoidalari va formulasini o‘rganishni, trigonometrik funktsiyalarni tushuntirishni va ulardan foydalanishni o‘rgatishni o‘z ichiga oladi. Quyida trigonometrik tenglamalar o‘qitish metodikasining umumiy yo‘riqnoma ko‘rinishini taqdim etaman:
Asosiy konseptlarni tushunish: Trigonometrikaning asosiy konseptlari, barcha o‘quvchilar uchun muhimdir. Tenglama, burchaklar, sinus, kosinus, tangent, ko‘tanjent kabi asosiy trigonometrik funksiyalar, burchak birliklari, burchaklarni hisoblash usullari kabi mavzular asosida o‘quvchilarga o‘zgaruvchan burchakli geometrik ob'ektlarni tushunishlari o‘rgatilishi kerak.
Formulalar va o‘zgaruvchanliklar: Trigonometrik tenglamalarda amalga oshiriladigan formulalar va o‘zgaruvchanliklar o‘rgatilishi kerak. sinus teoremasi, kosinus teoremasi, burchaklar yig‘indisi va farqi formulasining yanada bir qator formulalar bilan o‘quvchilarni tanishtirish juda muhimdir. Bularni misollar yordamida tushuntirish tavsiya etiladi.Grafikalar va vizual asoslar: Trigonometrik funksiyalar grafikalar orqali tushuntirilishi tavsiya etiladi. O‘quvchilar o‘zlariga mos keladigan misollar orqali sinus, kosinus, tangent, ko‘tanjent grafikalarini o‘rganishlari kerak. Bunda, burchaklar ustida, funksiya qiymatlarining o‘zgarishi, periodiklik va asimptotalar bilan bog‘liq xossalarga qiziqish ko‘payishi kerak.
Amaliyot: Amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash uchun zarurdir. Trigonometrik funksiyalarni hisoblash, grafikalar bilan ishlash, trigonometrik tenglamalar yechishning amaliy tadbirlarini bajarmoq, masalalar yechish kabi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish o‘quvchilarni teorik bilimlarini amaliyotga o‘tkazishga yordam beradi.Masalalar va muammolar: Masalalar va muammolar o‘quvchilarning trigonometrik tenglamalar bilan bog‘liq nazariy bilimlarini amaliyotga o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar masalalarni tahlil qilish, ularni yechish usullarini topish va ularga qarshi tushunchalarini rivojlantirish orqali o‘zlashtirgan bilimlarini mustahkamlashlari mumkin.
Taqdimotlar va o‘zlashtirish: O‘quvchilar trigonometrik tenglamalarni o‘zlashtirish uchun taqdimotlar, laboratoriya ishlari, interaktiv darslar, videolar, online resurslar va o‘zlashtirish materiallaridan foydalanishlari mumkin. Bu usul o‘quvchilarni ko‘nikmalar, fikrlar va fikrlash usullari orqali bilimlari o‘zlashtirishiga yordam beradi.
O‘quv natijalarining baholanishi: O‘quv natijalarini baholash, o‘quvchilar bilan aloqani qo‘llash, ularga qo‘llanma va masalalar orqali yuklanishlar berish muhim bo‘ladi. O‘quvchilarni mustahkamlash uchun ularga eng muhim bilimlarni mustahkamlashda ularning natijalari ustida tahlil va baholash amalga oshirish kerak.
Trigonometrik tenglamalarni o‘qitish metodikasi o‘qituvchining talablariga, o‘quvchilarining darajasi va o‘quv dasturiga bog‘liq bo‘ladi. Bu yo‘riqnoma sizning o‘quvchilaringizning talablariga, o‘zlashtirish usullariga va imkoniyatlariga moslashtirilishi lozim.
Yüklə 38,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə