O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73

rolinn bajaradi. 
Psixologiya fanining yirik namoyandalarining ta’limoticha, kiziqish 
odamlarning ehtiyojlari negizida yuzaga keladi, yaqqol jtimoiy-tarixiy shart-
sharoitda vaziyatlar vujudga keladi, shakllanadi  hamda    ularning    shaxsiy    
turmush sharoitida va faoliyatida, ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishi singari 
omillarda gavdalanadi. Umuman talqinlarga asoslanib mulohaza bildirilganda, 
kiziqish alohida jarayon, maьlum psixologik funktsiya emas, chunki u xis-tuyg`u, 
iroda, ong, qolaversa jamiki psixologik holatlar, hodisalar va ichki kechinmalni 
o`zida mujassamlashtirgan, murakkab tizimli ruhiy vokelikdir. 
Qiziqishni psixologik mohiyatining dastlabki ko`rinishi-bu uni odamlar 
tomonidan anglab yetishi yoki tushunish imkoniyatidir. Shaxs qiziqish mahsuli, 
uning oqibatini anglash, tasavvur etish orqaligina ob’ektiv borliqdagi narsa va 
hodisalarga ongli, tanlab munosabatlarda bo`ladi. Lekin bu voqelik insonda 
birdaniga sodir bo`lmaydi, balki muayyan vaqt davomida unda bilish jarayonlari, 
shaxsiy fazilatlari, individual-tipologik xususiyatlari rivojlanishi tufayli yuzaga 
keladi. 
Qiziqishni psixologik mohiyatini ikkinchi ko`riiishi-uning xis-tuyg`ular, 
emotsional holatlar bilan uyg`unlashgan, mujassamlashgan tarzda ifodalanishidir. 
Ma’lumki, xis-tuyg`ular, shuningdek, emotsional holatlar shaxsning borliqdagi 
aniq voqelikka, narsa va hodisalarga, muayyan faoliyatga nisbatan intilishni, saьi-
harakatlarni kuchaytiradi. Inson o`z shaxsiy qiziqishini qondirgandan keyin unda 
yoqimli his-tuyg`ular uyg`onadi  ruhiy qoniqish esa o`z navbatida lazzatlanish 
hisini vujudga keltiradi. 
Qizikishni psixologik mohiyati uchinchi ko`rinishi-uning irodali sifatlari bilan 
yoinki iroda akti bilan umumlashgan tarzda vujudga kelishidir. Irodaviy zo`r 
berish, muayyan qaror bo`yicha intilish, ba’zi qiyinchiliklarni yengish, mustakillik 
namoyon qilish qiziqishni qaror toptiradi, shaxsni maqsad sari yetaklaydi. 
Qiziqishni psixologik mohiyatini to`rtinchi ko`rinishi- uni oliy nerv faoliyati 
xususiyatlari va temperamentlari bilan birga mujassamlashgan holda namoyon 
bulishidir. 
Qiziqishning maqsad jihatdan farqi bevosita va bilvosita namoyon bo`ladigan 
qiziqishlarning mavjudligini anglaydi. Bevosita qiziqishlar voqelikning, jismlar va 
hodisalarning emotsional jozibaliligi, his-tuyg`ularga ega bo`lishligi, tashqi 
ta’sirlarga beriluvchanligi tufayli vujudga keladi. Bevosita qiziqishlar 
o`rganilayotgan narsaning ma’nosi bilan unish shaxs faoliyati uchun ahamiyati 
mos tushgan taqdirda paydo bo`lishi mumkin. Psixologiyada bevosita qiziqishning 
yuzaga kelishini faoliyatning maqsadini anglash bilan bog`liq bo`lgan bilishni 
ehtiyoj deb atash qabul qilingan. 
Mehnat va o`qish faoliyatida hamisha his-tuyg`uga, jozibaga tayanib ish 
tutish imkoniyati mavjud bo`lmasligi sababi jismoniy va aqliy mehnatni ongli 
idora qilishda muhim ahamiyat kasb etadigan bavosita kiziqishlarni tarkib 
toptirish masalasi ishlab chiqarish hamda ta’lim tizimi oldida turgan muxim 
vazifa hisoblanadi. 
Shunday qilib yoki bu narsalarni  bilish, ko`rish, idrok qilish, anglab yetish 
uchun qiziqarli tugallgan ichki kechinmalar bevosita qiziqishni aks ettiradi. 
 
43


Qiziqishlar o`ylarining darajasiga qarab barqaror va beqaror turlarga ajratiladi. 
Barqaror qiziqishga ega bo`lgan shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan 
predmetlariga, ob’ektlariga, xodisalarga nisbatan o`z maylini hech o`zgarishsiz 
saqlab tura oladi. Shu boisdan inson extiyojlarini o`zida mujassamlashtiruvchi, 
shaxsning ruhiy fazilatiga aylana bog`langan qiziqishlar barqaror qiziqishlar 
deyiladi. Barqaror qiziqish shaxs qobiliyatining rivojlanganligidan darak berishi 
mumkin. Ana shu nuqtai nazardan olib qaraganimizda, mazkur qiziqish tashxis 
qiluvchanlik xususiyatiga ega. Biroq insonlardan barqaror qiziqishning mavjud 
yoki mavjud emasligini aniqlash uchun ularning mehnat faoliyati va o`quv 
jarayonidagi qiziqishlarini tashqi ifodasini atroflicha o`rganishga to`g`ri keladi. 
Odatda qiziqishning tashqi ifodasi shaxsning o`ziga o`zi baho berish, o`zini o`zi 
tahlil qilish faoliyatlarida namoyon bo`ladi. Barqaror qiziqish to`g`risida 
mulohaza yuritilganda uning boshqa tarkibiy qismlari va qirralarini hisobga olish 
lozim, chunki bu narsa ko`p jihatdan shaxsning irodaviy sifatlari, xarakterining 
vazminligiga bog`lik. 
Qiziqishning barkarorligi uning nisbatan jadal tarzda namoyon bo`lishi hamda 
uzoq davom etishi bilan ifodalanadi. Shaxsning zaruriy ehtiyojlarini yuksak 
darajada aks ettiradigan, shuningdek, uning psixologik tuzilishiga xos xislatlarga 
aylanib boradigan qiziqishlari barqaror qiziqish deyiladi. Barqaror qizikish 
qobiliyatning bir ko`rinishiga o`xshash bo`lib, maqsadga yo`nalganligi bilan 
muhim ham individual, ham ijtimoiy ahamiyatga egadir. 
Qiziqishlarning ba’zi holatlarda beqaror bo`lishligi insonlarning yosh, jins, 
tipologik xususiyatiga bog`liqdir. Bunday toifadagi odamlarda kiziqishlar 
g`oyatda ehtirosli kechadi, biroq qisqa muddatli bo`lishi mumkin. Masalan, bir 
vaqtning o`zida ular bir nechta fanlarga, tabiat hodisalariga kiziqadi, barcha 
narsaga ishtiyoq bilan kirishib, muammo mohiyatiga chuqur kirib bormasdan, 
boshqa holatlar bilan mashg`ul bo`lib ketadilar. Unday xususiyatli shaxslar 
mashg`ulotlarga tez kirishadi va shunday yo`sinda so`nib turadi ham. Qiziqishlar 
salohiyatli voyaga yetgan odamlarning, yoshlarning o`z iste’dodlarini maqsadga 
yo`naltirish  tarzda amalga oshishini ta’minlaydi. 
  Shunday qilib, u yoki bu narsalarni  bilish, ko`rish, idrok qilish, anglab yetish uchun 
qiziqarli  tuyulgan ichki kechinmalar bevosita qiziqishni aks ettiradi.  
Psixologik ma’lumotlarga ko`ra, har qanday faoliyat muayyan motivlar ta’sirida 
vujudga keladi va yetarli shart-sharoitlar yaratlgandagina amalga oshadi. Shuning 
uchun ham ta’lim jarayonida o`zlashtirish va egallash va  o`rganishni amalga 
oshirishni ta’minlash  uchun o`quvchilarda o`quv motivlari mavjud bo`lishi shart. 
Motivlarning navbatdagi toifasiga, ya’ni ichki motivlar t u r kumiga individual 
xususiyatli motivlar kiradiki, ular o`quvchi shaxsida   o`kishga   nisbatan   
individual   maqsadni   ro`yobga   chikaruvchi ko`zg`alish negizida paydo 
bo`ladi. Chunonchi, bilishga qizikishning vujudga kelishi shaxsning ma’naviy 
darajasini oshirish uchun undagi intilishlarning yetilishidir. Bunga o`xshash 
motivlarning ta’sirida o`kuv jarayonida nizoli, ziddiyatli holatlar  yuzaga 
kelmaydi. Albatta bunday toifaga taalluqli motivlar paydo bo`lishiga qaramay, 
ba’zan qiyinchiliklar vujudga kelishi ehtimol, chunki bilimlarni o`zlashtirish 
uchun irodaviy  zo`r berishga to`g`ri keladi. Bunday xossalargaegabo`lgan  
 
44


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə