O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73

hisoblanadi. Ularning faolligi juda  murakkab tuzilishi faoliyat yuzaga kelib  
turli-tuman mohiyatli, har xil ko`rinishdagi ehtiyoj ularning toifalarga 
aloqadorligi kelib chiqishi jihatidan  biologik,  moddiy, ma’naviy va boshqalarni 
qondirish uchun xizmat qiladi. 
Insonlarning faolligi va ularnnng faolligi manbai hisoblanmish insoniy 
ehtiyojlar tubdan boshqacha manzaraga ega bo`lib, biologik shartlanganlikdan 
tashqari, moddiy va ma’naviy ko`rinishlardan iboratdir. Odamning ehtiyoji unga 
ta’lim va tarbiya berish jarayonida shakllanadi, ya’ni nnsoniyat tomonidan 
yaratilgan ijtimoiy tajriba, ko`nikma malaka, odat, maьnaviyat, qadriyatlar bilan 
yaqindan tanishish, ularni o`zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Tabiat 
tomonidan vujudga keltirilgan jism, narsa, buyum inson uchun biologik ehtiyojni 
qondiruvchi o`lja ma’nosini va ahamiyatini yo`qotadi. Odam boshqa 
mavjudodlardan farqli o`larok, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrining xususiy 
ehtiyojlariga xizmat qiluvchi muayyan buyumni majburiyat talabiga binoan 
tubdan qayta o`zgartirishga, takomillashtirishga qodir ongli zotdir. 
Inson bir davrning o`zida ham individuallik, ham ijtimoiylikni aks  ettirgan 
bo`lganligi sababli uning ehtiyojlari shaxsiy va ijtimoiy xususiyatga egadir. 
Boshqacha so`z bilan aytganda, undagi tor ma’noli shaxsiy xususiyatga ega 
bo`lganday tuyg`u uyg`otuvchi  ehtiyojlarni kondirish jarayoni ham ijtimoiy 
hamkorlik faoliyatining mahsuli  xodimlar va   odamlarning sa’i-harakati, 
hamkorlikdagi mehnatining moddiy tarzdagi ifodalanishidan foydalanishida aks 
etadi. 
Psixologiya fanida ehtiyojlarni tasniflash ularni kelib chiqishi va o`z 
predmetining xususiyatiga binoan amalga oshiradi. 
Odatda o`zlarni kelib chiqishiga binoan ehtiyojlar tabiiy va madaniy turga 
ajratiladi. 
Tabiiy extiyojlarda inson faoliyatining faolligi, o`z shaxsiy xayotini   
himoya   qilish,   o`z  avlodi   hayotini   saqlash,  uni   ko`llab-quvvatlash uchun 
zaruriy shart-sharoitlarga tortilganlik, tobelik aks etadi. Tabiiy ehtiyojlar 
tarkibida odamlarning ovqatlanish, tashnalikni qondirish, jinsiy moyillik, 
uxlash, issiq va sovukdan asranish, musaffo havoga intilish, tana a’zolariga dam 
berish kabilar kiradi. Tabiiy ehtiyojlar uzok vaqt davomida qondirilmasa, 
uning oqibatida inson halokatga mahkum bo`ladi. 
Inson faoliyatining faolligi insoniyat madaniyati mahsuli bilan ifodalanib 
madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Madaniy extiyojlar, madaniyat to`g`risida 
mulohaza yuritilganda uning  ijtimoiy ildizlari kishilik tarixining dastlabki 
manbalari  bilai uzviy bog`lanib, ketishini  ta’kidlab o`tish lozim. Lekin tarixiy 
ehtiyojlar madaniy ehtiyojlar bilan o`zaro uyg`unlashgan bo`lib, birinchisi 
ikkiichisini taqozo etadi, chunki ular biri-birining negizidan kelib chiqadi.  
Psixologiya fanida ehtiyojlar o`z predmetining xususiyatiga ko`ra moddiy 
va ma’naviy turlarga ajratiladi, ularni keltirib chiqaruvchi mexanizmlar manbai 
turlicha ekanligi e’tirof etiladi. 
Insonning ovqatlanish, kiyinish, uy-joyiga ega bo`lish, maishiy turmush 
ashyolariga intilish, komfort hissini qondirish bilan bog`liq madaniyat 
predmetlariga nisbatan ehtiyoj sezish moddiy ehtiyojlar majmuasini yuzaga 
 
41


keltiradi. Ma’naviy madaniyatni yaratish va o`zlashtirish, shaxsning o`z fikr 
muloxozalari va his-tuyg`ulari bo`yicha boshqa odamlar bilan muomalaga 
kirishish hamda axborat  almashtirish, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishish
maxalliy matbuotni o`qish, kino va teatr ko`rish, musiqa tinglash kabilarga 
ehtiyoj sezish, ya’ni ijtimoiy ong mahsuliga tobelik maьnaviy ehtiyojlar tizimini 
vujudga keltiradi. 
Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog`liq bo`lib, vujudga 
kelgan ma’naviy ehtiyojlarni qondirish jarayoni moddiy ehtiyojlariing tarkibiga 
kiruvchi moddiy narsalar yordamida amalga oshiriladi.  
Insoniyatning  faoliyati, xulq-atvori, xatti-harakati hayvonlarnikidan tubdan 
farq qiladi, ularni tarkib toptirish mutlaqo boshqa asosga quriladi. Misol uchun 
bolaning ovqatlanishi, xatti-harakati, qoshiqdan foydalanish. maxsus ajratilgai 
joyda o`tirish, ovqat yeyish  qurolini ishlata olish uning tabiiy ehtiyojlari tufayli 
yuzaga  kelgan. 
 Madaniy va ma’naviy ehtiyojlar to`g`risida ham xuddi shu tarzdagi o`zgarishlar 
yuz beradi, shaxsning boshqa kishilar bilan muloqotga kirishish, bilimlarni 
umumlashtirishda texnik vostalardan foydalanishi nutq va kiyinish 
madaniyatiniig o`sishi ularni qondirishga nisbatan talab darajasining ortishi 
mazkur ehtiyojlar riojlanishini taьminlaydi. 
Psixologiyada ehtiyojlar rivojlanishining bir necha bosqichlari mavjud 
ekanliligini ta’kidlab o`tish zarur. Chunki ehtiyojlar inson ontogenezida paydo 
bo`lib, to umrining oxirigacha o`zgarib, takomillashib boradi. Kishilik 
jamiyatlarida ehtiyojlar bir-biri bilan ham mohiyat, ham shakl jihatidan tafovutga 
ega bo`lganday, yosh davrlariga qarab ular xuddi shunday mezonlar bo`yicha 
o`zaro farklanadi. 
 Bola 
faollitini 
rivojlangirishning dastlabki bosqichlaridayoq, biologik 
jihatdan ahamiyat kasb etuvchi buyumlar, jismlar ustuvorlik xususiyatiga ega 
bo`lmaydilar, aksincha ularning inson tomonidan foydalanish usullari 
ehtiyojlarning omillari tariqasida gavdalanadi.  
Ehtiyojni qondirishning vositalaridan foydalanish qoidalari ijtimoiy muomala 
usullari, faoliyatni amalga oshirishning yo`l-yo`riqlari katta yoshdagi odamlar 
tomonidan yoshlarga o`rgatiladi. O’z ehtiyojlarini muayyan buyumlar vositasida 
qondirishga va ularni muayyan faoliyat turiga tatbiq etishning insoniy shakllarini 
egallashga o`rgatish maxsus mashqlar orqali amalga  oshiriladi.  
Qiziqish shaxsni muhim psixologpk jabxalaridan biri hisoblanib, unda insonning 
individual xususiyati bevosita mujassamlashadi. Qiziqishni  insonlarning 
dunyoqarashi, e’tiqodlari, ideallari, ya’ni uning oliy maqsadlari, ezgu niyatlari, 
orzu umidlari bilan bevosita muhim rolь o`ynaydi hamda ularning muvaffaqiyatli 
kechishini ta’minlash uchun xizmat qiladi. 
Qiziqish bilimlarii ongli, puxta, barqaror, anglagan holda o`zlashtirishda, 
ko`nikma va malakalarni shakllatirishda, shaxs qobiliyati, zexni, o`quvchanlikni  
rivojlatirishga, olamni mukammalroq tushunishga, bilim saviyasinnng 
kengaytirishga yordam beradi. 
Qiziqishiing psixologik mohiyatdan kelib chiqqan holda yondashilganda
qiziqish, insonda intilish, faollik, ichki turtki, extiyojni ro`yobga chiqarish manbai 
 
42


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə