O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu: Shaxsning   bilish jarayonlaridan



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73

 
7.Mavzu: Shaxsning   bilish jarayonlaridan 
sezgi tushunchasi 
 
   
 
Reja: 
1.
 
Sezgi to`g`risida umumiy tushuncha. 
2.
 
Psixologiya fanida sezgi nazariyalari. 
3.
 
Sezgining neyrofiziologik asoslari. 
4.
 
Sezgi turlarining psixologik tavsifi. 
 
 Jahon psixologiyasi fanida to`plangan ma’lumotlarning ko`rsatishicha, 
sezish oddiy psixik bilish jarayoni hisoblanib, moddiy qo`zg`atuvchilarning 
muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etishi orqali real olamdagi narsa va 
xodisalarning ayrim xususiyatlarini va shuning bilan birga, inson organizmining 
(uning a’zolarining) ichki holatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki 
bosqichidir. Sezgi biosfera va neosferada harakatlanuvchi jamiki narsalarning
xoh mikro, xoh makro tuzilishidan qat’i nazar, sszgi organlariga ta’sir qilish 
mahsulasining sodda obrazlar, timsolla-rning ayrim tarkibiy xususiyatlar 
tariqasida aks etishidir. Inson atrof-muhitdagi moddalar shaklini, harakatlar 
ko`rinishini, ularning xossalarini o`ziga xos xususiyatlarini sezgi organlari 
yordamida, sezgilar orqali biladi, xolos. 
Sezgilar moddiy (ob’ektiv) borliqning, vokelikning haqqoniy tasvirini 
in’ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko`rinishga, shaklga, xususiyatga 
ega bo`lsa, ular xuddi shundayligicha hech o`zgarishsiz, aynan aks ettirish 
imkoniyatiga egadir. 
Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini 
qo`zg`atuvchining o`shga mutlaq mos  bo`lgan analizatorlar ta’siri natijasida 
yuzaga keluvchi nerv jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziologlar va 
psixologlarning ta’limotlariga ko`ra, analizator uch o`zaro uzviy uyg`unlikka 
ega bo`lgan tarkibiy qismlardan iboratdir. Sodda qilib talqin qilinganda 
mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikdagi tuzilishdir: 
1) tashqi kuch-quvvatni nerv jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya 
qismdan, ya’ni retseptordan; 
2)
 
 analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan   bo¨lovchi afferent 
yaьni  markazga intiluvchi asab tolasi. 
3)
 
periferiya  qismlaridan  ksluvchi  nerv impulьslari      qayta    ishlanuvchi    
analizatorlarning    miya    po`stidagi  qismlaridan   iboratdir. 
Boshqacha so`z bilan aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko`z, kuloq, 
teri, burun kabilar), ta’sirotni eltuvchi (afferent), javob qaytaruvchi (efferent) nerv 
tolalari, analizatorlarning orqa va  bosh miya markazlari analizatorini tashkil 
qiladi. 
Jahon psixologiyasi  fanining so`nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan 
sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi: 
1) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini  aks   ettirishga  
moslashgan   hamda  retsetorlarga tananing  sirtqi  qismiga joylashgan sezgilar, 
 
62


ya’ni eksterioretseptiv sezgilar; 
2) ichki tana a’zolari holatlarini in’ikos etuvchi hamda retseptorlari ichki tana 
a’zolarida, to`qimalarida joylashgan sezgilar, yaьni interorstssptiv sszgilar; 
3) tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida  maьlumot   
beruvchi, muskullarda, bog`lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, 
yaьni proprioretseptiv sezgilar. 
Birinchi turkum sezgilarni ko`rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, ta’m-maza, 
kabi turlar tashkil qiladi. 
Ko`rish sezgilari bosh miya po`stining orqa bo`lagiga joylashgan bo`ladi. 
Eshitish sezgilari miya po`stini tepa burmasining qismdan joy egallagandir. Teri-
tuyush, harakat sezgilari miya po`stini markaziy burmasining orqa qismidan o`rin 
olgandir. Ixtiyorsiz sezgilar insonda juda erta uyg`onadi, shuning bilan birga 
ularniig ifodalanishi o`ziga xos shakllarga egadir. Chunonchi, ular "oldindan his 
qilish" tariqasida paydo bo`lib, hatgo inson ularni ta’riflab berish imkoniyatiga 
qodir emas, ko`pincha ushbu kechinmalar tush ko`rishda qaysidir kasallik huruj 
qilayotganligidan darak beruvchanlik vazifasini o`taydi, xolos. 
Ular insonning kayfiyatida, emotsional reaktsiyalari o`zgari-shida ko`zga 
tashlapadi, bolada esa xatti-harakatning keskin o`zgarishiga sabab bo`ladi. 
Chunki, bola o`z tana a’zolaridagi ichki holatlarning o`zgarishini anglash, 
sezish, his qilish ukuviga ega emas, xuddi shu tufayli undagi xatti-harakatning 
umumiy o`zgarishi belgilaridan buni sezish mumkin.  
Interoretseptiv sezgilarning ob’ektiv ahamiyati juda yuqori, chunki ular 
ichki jarayonlarni o`zaro o`rin almashtirish balansini ta’minlab turishning asosi 
hisoblanadi. Boshqacha so`z bshtan aytganda, ular organizmlardagi jarayonlarni 
o`zaro o`rin almashib turishidir. Ichdan paydo bo`ladigan signallar xatti-
harakatni vujudga keltiradi, stress, zo`riqish, affekt holatlarini yo`kotish, tug`ilib 
kelayotgan mayllarni esa qoniqtirishga yo`naltirilgan bo`ladi.  
Proprioretseptiv sezgilar tana va gavdaning fazodagi holati to`g`risida 
signallar bilan ta’minlab turadi. Ular inson harakatiiing regulyatorini va 
afferent asosini tashkil  qiladilar. 
Periferik retseptorlar muskullarda, paylarda va bo`gimlarda joylashgan 
bo`lib, maxsus tanachayaari shakliga egadirlar. 
Psixologik ma’lumotlarga ko`ra, gavdaning fazodagi holati  sezgirlik 
statik sezgilarda o`z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida 
joylashgan bo`lib, o`zaro bir-biriga perpen-dikulyar bo`shliqda tutash holatda 
yotadi. Tashqi olam xususiyatlari to`g`risidagi va shaxsning o`z gavdasini tuta 
bilish yuzasidan bilimlar, ma’lumotlar, xabarlar va ta’surotlar manbai - bu 
sezgilar bo`lib hisoblanadi. Shuning uchun sezgilar inson organizmiga, ya’ni 
uning tana a’zolariga tushadigan axborotlarning asosiy kanali sanalib, ular tashqi 
dunyo hamda ichki tana a’zolari to`g`risidagi xabarni bosh miya katta yarim 
sharlari  va bosh miyaning tarkiblariga yetkazib turadi, xuddi shu boisdan inson 
o`zini qurshab turgan makro muhitni orientirlash imkoniyatiga egadir. Agarda 
mazkur kanallar berk bo`lib qolgan taqdirda sezgi organlari 
               Zarur axboratlar bilan ta’minlamaydi,  
Binobarin. ongni xukm surish imkoniyati o`z-o`zidan yo`qoladi. 
 
63


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə