O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73

farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo`lmagan 
ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz. 
Abstraktsiya jarayonida ob’ektdan ajratib olingan belgi (alomat)ning o`zi 
tafakkurning mustaqil ob’ekti bo`lib qoladi. Abstraktsiya operatsiyasi analiz 
natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini analiz qilish jarayonida uning 
faqat bir belgisini, ya’ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to`g`risida 
emas, (balki devorning oqligi to`g`risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr 
yuritish mumkin. Kishilar kuyosh, oy, yulduz, elektr,.olov, ba’zi planetalar, ayrim 
tosh va hokazolarning ko`z o`nglarida yoritishini kuzata turib, ularning bitta 
umumiy belgisini, ya’ni yoritishini fikran ajratib olib, umuman yoritish 
to`g`risida mulohaza yuritishlari ayni haqiqatdir. Turli geometrik shakllarni-
uchburchak, to`rtburchak, kesik konus, kesik piramida, parallelogramm, 
ko`pburchak, parallelepiped va hokazolarni kuzata turib, ular uchun umumiy 
bo`lgan belgini, ya’ni burchakni fikran ajratishlari, so`ngra umuman burchak 
tushunchasi to`g`risida fikr yuritish mumkin. 
Fan va texnika revolyutsiyasi avj oliigan hozirgi davrda kishilarga 
uzatilayotgan informatsiyalarning ma’lum qismi abstrakt holatda inson 
ma’naviy mulkiga aylanmoqda. Mazkur bilimlarni  hissiy bilish apparati 
yordami bilan o`zlashtirish imkoniyati insonda yo`k, shuning uchun ularni 
abstrakt yo`l bilan o`zlashtirib olish talab qilinadi. Lekin abstraktsiya holatidagi 
informatsiyalar insoniyat   tomonidan    qiyinchilik    bilan    o`zlashtiriladi.    
Yaqqol    ko`rgazmalikka    asoslanmagan    bilimlar    qiyinchilik    bilan    qabul  
qilinadi. Shunga qaramasdan, abstrakt holatidagi bilimlar ko`lami kundan-kun 
ortib bormoqda. Chunki yangi kashfiyotlar, ixtirolar zamiridan       kelib       
chiquvchi       qonuniyatlar,       ichki       murakkab  bog`lanishlarning barchasi 
abstrakt terminlarda o`z ifodasini topadi.   Shu   boisdan   kishilarni   mazkur   
jarayonga  tayyorlab   borish, o`ng`aysiz shart-sharoitga moslashtirish, 
ko`niktirish mutlaqo shart. 
Ta’lim tizimidagi bilimlarning aksariyati bilishning ratsional yo`li bilan 
egallashga qaratilgan bo`lib, abstraktsiyadan keng qo`lamda foydalanishni 
taqozo etadi. Shuning uchun o`quvchilarni abstraktsiyani amalga oshirish yo`l va 
usullari bilan tanishtirish ke rak. 
Yuqorida aytganlarimizdan tashqari, abstraktsiyalash jarayoni yordamida 
qiymat, son, kenglik, tenglik, uzunlik, kattalik, qattiqlik, zichlik, balandlik, 
geometrik shakl, matematik ibora, tanqidiy realizm, bosim, solishtirma og`irlik, 
geografik tushunchalar tizimi kabi abstrakt tushunchalar vujudga keltiradi. 
Buyumlarni, narsa va hodisalarni, jism va predmetlarni bir-biri bilan 
taqqoslash paytida ham abstraktsiyalash jarayoni yuzaga keladi. Bunda narsa va 
hodisalarning, voqelikning mavjud belgilariga (masalan, tusiga, shakliga, 
tezligiga, og`irligiga, qiymatiga va shu kabi o`xshash sifatlariga) qarab 
taqqoslanadi. 
Abstraktsiya operatsiyasi bilan insonni qurollantirish - intellektual jihatdan 
intensiv rivojlanishga olib keladi, shuningdek, mustaqil bilim olish faoliyatini 
takomillashtiradi. 
Umumlashtirish. Psixologiyada umumlashtirish muammosi bo`yicha yagona 
 
93


yo`nalishdagi nazariya yo`q. Shuning uchun psixologlar bu jarayonni turlicha 
talqin qiladilar, goho uni gruppalarga bo`lib o`rganadilar. Shuningdek, maktab 
ta’limini qaysi umumlashtirish usuli asosida amalga oshirish to`g`risida olimlar 
turlicha fikrdadirlar. Ba’zi psixologlar ta’limda nazariy jihatdan umumlashtirish 
usulini qo`llab chiqsalar (S. L. Rubinshteyn, V. V. Davidov va boshqalar), 
ayrimlari ham nazariy, ham amaliy usulni qo`llashni tavsiya etmokdalar (N. A. 
Meychinskaya, D. N. Bogoyavlenskiy). Ammo o`quv faoliyatining turli-
tumanligi, bizningcha, dars jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan 
foydalanish kerakligini taqozo qiladi. 
Psixologiyada umumlashtirishning keng qo`llaniladigan ikki turi: tushunchali 
umumlashtirish va hissiy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko`proq fikr 
yuritiladi. Tushunarli umumlashtirishda predmetlar ob’ektiv muhim belgi asosida 
umumlashtiradi. Hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar topshiriq 
talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar noto`g`ri 
umumlashtirishning (N. A. Menchinskaya, Ye. N. Kabanova-Meller) hissiy-
konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha ta’kidlab kelmoqdalar. 
O’quvchi va talaba ba’zan  predmetlarni muhim bo`lmagan belgisiga asoslanib 
noto`gri umumlashtiradilar, vaholanki topshiriq shartida bu talab ular oldiga 
mutlaqo qo`yilmaydi. Lekin bu nazariyaning himoyachilari noto`g`ri 
umumlashtirishni alohida tur deb hisoblamaydilar. 
Umumlashtirish deganda psixologiyada narsa va hodisalardagi xossa, belgi, 
xususiyat, alomatlarni topish va shu umumiylik asosida ularni birlashtirish 
tushuniladi. 
Masalan, temir, po`lat, latun, oltin va boshqalarda mavjud bo`lgan 
o`xshashlik va umumiy belgilarni yagona tushuncha ostida to`plab, uni 
«metall» degan ibora bilan nomlashimiz mumkin. Shuningdek, qish, bahor, yoz 
va kuz «fasl» degan tushuncha orqali ifodalanadi. Insonning yosh davrlari 
xususiyatdagi umumiy belgilar hisobga olinib, «o`smir», «o`spirin», «yetuk 
kishi», «keksa» singari terminlar ishlatiladi. 
Umumlashtirish abstraktsiyalash operatsiyasidan ajralgan holda sodir 
bo`lmaydi, har qanday umumlashtirish asosida abstraktsiyalash jarayoni yotadi. 
Umumlashtirish jarayoni abstraktsiyasiz mavjud bo`lishi mumkin, lekin 
abstraktsiyasiz umulashtirishning yuzaga kelishi mumkin emas. 
Agar abstraktsiyalash faoliyatida narsa hodisalarning o`xshash hamda muhim 
belgilari tasodif belgilaridan fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda esa ajratib 
olingan o`xshash, umumiy va muhim belgilarga suyangan holda narsa va 
hodisalar birlashtiriladi. 
Boshqa fikr yuritish operatsiyalari kabi umumlashtirish ham so`z, nutq 
yordamida ro`yobga chiqadi. Ta’kidlab o`tganidek, har qanday so`zning o`ziyoq 
umumlashtiradi. Jumladan, daraxt degan so`z qo`llaniladi, deb faraz qilaylik, 
unda biz turli daraxtlarga bevosita aloqada bo`lgan iborani aks ettirgan bo`lamiz. 
Yoinki talaba degan terminni ishlatish bilan turli kurs, har xil fakulьtet va barchi 
oliy maktabda taksil olayotgan yoshlarni birlashtiramiz va hokazo. 
Umumlashtirish jarayoni so`z ta’sirida vujudga kelgan ikkinchi signallar 
tizimiga asoslanadi. Akad. I. P. Pavlov fikricha, nutq signallari tufayli nerv 
 
94


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə