berganlar. Ushbu holat bog`cha yoshidagi bolalarda ko`rgazmali-
obrazli tafakkur
bevosita va batamom ularning idrok jarayonlariga bog`liq ekanligini ko`rsatadi.
Shuning uchun ular narsa va hodisalarning, jism va predmetlarning ko`zga
yaqqol tashlanib turuvchi alomatiga, xususiyatiga, tashqi belgisiga e’tibor
kiladilar. Lekin ularni ichki bog`lanishlari, o`zaro munosabatlarini bildirib
keladigan muhim, asosiy sifatlariga axamiyat bermaydilar. Ob’ektlarni fazoda
joylashgan o`rni, tashqi nomuhim belgisi ularning ko`rgazmali-obrazli tafakkurini
vujudga keltira di. Masalan, ularning nazarida odamlar bo`yining baland va
pastligi ularningyoshini (ulug`ligini) belgilaydi.
Tafakkur aktivligiga qarab ixtiyorsiz (intuitiv) va ixtiyoriy (analitik) tafakkur
turlariga ajratiladi. Intuitsiya deb, mantiqiy tafakkur yordamida ko`p vaqtlar
davomida hal kilinmagan aqliy vazifalarning to`satdan,
kutilmaganda hal kilinib
qolishi jarayoni ataladi. Shaxsning muayyan sohadagi hayotiy yoki ilmiy
tajribalariga asoslangan intellektual sezgirligidan iborat faoliyatdir.
Ko`pincha ixtiyoriy tafakkur jarayoni mulohaza, muxokama, isbotlash,
gipoteza qilish kabi shakllarda namoyon bo`ladi. Matematika, fizika, kimyo,
psixologiya va boshqa fanlardagi muammo va masalalarni yechish jarayonlari
bunga yorqin misol bo`la oladi. Bundan tashkari ixtiyoriy tafakkurga tanqidiy
yoki nazorat (kontrol) tafakkur ham kiradi. Moddiy borliqni adekvat aks ettirish
fikr yuritishni tanqidiy va sinchkov bo`lishini taqozo etadi. Binobarin, narsa va
hodisalarni atroflicha bilish uchun, ob’ektiv baho berish zaruriyati tug`iladi, bu
esa o`z
navbatida, fikr yuritish ko`lami keng, analitik-sintetik faoliyat doirasi
mustahkam bo`lishni talab qiladi.
Tafakkur jarayonlari ixtiyorsiz yuz berishi ham mumkin. Lekin bu holda ular
ixtiyoriy tafakkurga suyangan tarzda vujudga keladi. Jumladan, odamning amaliy,
maishiy va hokazo faoliyatlarida ixtiyorsiz ravishda qator savollar paydo bo`lishi
va ularga beixtiyor javoblar axtarish hollari uchrab turadi. Bunday paytlarda inson
fikr yurityaptimi yoki yo`qmi, buni bilish juda qiyin, vaholanki u o`zicha go`yo
savollarga javob topganday, shirin his-tuyg`ularni boshdan kechiraetganday
bo`ladi, shuning uchun ko`pincha «tilimning uchida turib-di»
odamlar qandaydir
tekst yoki muammo, masala ustida bosh qotirib o`tirganlarida (biror narsaning
bevosita ta’siri natijasida) fikr yuritish mutlaqo beixtiyor o`y berib qoladi va
ularni asosiy topshiriqni bajarishdan uzoqlashtiradi. Ba’zan amalga oshirilishi
maqsad qilib qo`yilgan topshiriqni ixtiyoriy ravishda bajarish jarayonimizda bu
rejaga kiritilmagan (favqulodda vujudga kelgan) ayrim vazifalarni ham
bajaramiz, bu jarayon biz uchun ixtiyorsiz ravishda o`tadi.
Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti tarixidan shu narsalar ma’lumki,
yirik ilmiy kashfiyotlar ham ko`pincha xuddi shunday beixtiyor fikr qilib
turgan mahalda to`satdan ochilgan. Jumladan, yunon olimi Arximed
solishtirma og`irlik qonunini zo`r
berib aqliy
mehnat qilish paytida emas, balki hech kutilmagan jarayonda, vannada
cho`milib turgan paytida kashf etgan. Ulug` rus olimi D. I. Mendeleevning
hikoya qilishicha, u elementlar davriy tizimsi jadvalini tuzish vaqtida uch
kechayu uch kunduz betinim mehnat qilgan, ammo bu vazifani nihoyasiga
yetkaza olmagan. Undan so`ng charchagan olim ish
stoli ustida uyquga ketgan
102
va tushida bu.elementlar tartibli joylashtirilgan jadvalni ko`rgan. Shunda D. I.
Mendeleev uykudan uyg`onib, bir parcha kog`ozga tushida ayon bo`lgan jadvalni
ko`chirib ko`ygan.Ko`pincha psixolog va fiziologlar ta’kidlashlaricha,
muammoning bunday oson ravishda yechilishi hech kutilmagan yuqoridagi kabi
beixtiyor hal qilinishi shu kashfiyotlar olam yuzini ko`rganicha bo`lgan
davr ichida oylab, yillab qilingan mehnatning yakuni, tugallanmay qolgan
tafakkur jarayonining nihoyasiga yetishdir, deb baholamokdalar.
Yirik fiziolog hamda psixolog V. M. Bexterevning izoxlashicha,
bunday kutilmagan jarayonlarnipg ro`y berishiga asosiy sabab - bu
o`rganilayotgan masala to`g`risidagi uxlashdan oldin zo`r berib bosh qotirish,
o`ylash (fikr yuritish)
va butun zehni, shuning bilan birga diqqat-e’tiborining
tortilishi, kashf qilinishi zarur masalaga to`la-to`kys yo`nalishdan iborat
maqsadga muvofiqlashtirilgan murakkab, barqaror psixik holatning hukm
surishidir. Mazkur holat aniq ob’ektga qaratilgan aqliy zo`r berishning intensiv
tarzda davom etishi natijasida vujudga kelgan mahsuldir va hokazo.
Fikr yuritilishi lozim bo`lgan narsa va hodisalarni idrok yoki tasavvur qilish
mumkin bo`lsa, bunday tafakkur konkret tafakkur deb ataladi. U o`z navbatida
yaqqol-predmetli tafakkur va yaqqol- obrazli tafakkur nomi bilan ikki gurga
ajratiladi. Agar fikr yuritish ob’ekti bevosita idrok qilinsa, bunday
tafakkur yakka-predmetli tafakkur deyiladi. Fikr yuritilayotgai narsa va
hodisalar faqat tasavvur qilinsa, bunday tafakkur
yaqqol-obrazli tafakkur deb
ataladi. Tafakkurping bir turi xotira yoki xayol tasavvuriga asoslangan holda
namoyon bo`ladi.
Abstrakt tafakkur narsalarning mohiyatini aks ettiruvchi va so`zlarda
ifodalovchi tushunchalarga tayanib, fikr yuritishdir. Algebra, trigonometriya,
fizika, chizma, geometriya, oliy matematika masalalarini yechish mahalida fikr
yuritish, mulohaza bildirish abstrakt tafakkurga xos misollardir. Algebraik
miqdorlarini konkret nar-salarga taqqoslab, nisbat berib konkretlashtirilsa bo`ladi,
lekin bu yerda bizning maqsadimiz konkret miqdor to`g`risida fikr yuritish emas,
balki shu narsalar o`rtasida mavjud umumiy miqdor aloqalari ustida mulohaza
yuritishdir. Chunonchi, bu holda biz faqat umumlashgan
tushunchalarga tayanib
fikr yuritamiz.
Abstrakt tafakkur konkret tafakkurdan g`oyat keng ma’no angalatishi bilan
voqelikni chuqurroq bilishga olib borishi bilan farq qiladi. Shuning uchun biz
yakka hukm vositasi bilan qator narsa va hodisalarga taalluqli ichki qonuniyatlar
to`g`risida fikr yurita ola-miz. Idrok va tasavvur qilish mumkin bo`lmagan narsa
va hodisalar to`g`risida abstrakt tafakkur yordamida mulohaza yuritsa bo`ladi.
Shu sababli jamiyat va tabiat qonunlari haqida, borliq to`g`risida, chek sizlik,
sifat, miqdor, tenglik to`g`risida, go`zallik yuzasidan mavhum abstrakt mulohaza
yuritish mumkin, xolos.
Biroq konkret tafakkur bilan abstrakt tafakkur o`zaro uzviy
bog`langandagina bir butun inson tafakkurini vujudga keltiradi, chunki
predmetning tashqi va ichki xususiyatlarini atroflicha
ochish alohida olingan
tafakkurning u yoki bu turi yordamida ifodalab berish ancha mushkuldir.
Abstrakt tafakkur konkret tafakkur zamirida vujudga kelgan, uning poydevori
103