O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73

faoliyatiga o`rgatishdan iboratdir. 
  
Mavzu yuzasidan savollar 
 
1.Pisxologiyada tafakkur tushunchasi mohiyati. 
2.Tafakkur nazariyalari. 
3.Fikrlash jarayonlari. 
4.Tafakkurning mantiqiy shakllari. 
 
Tayanch iboralar 
Analiz, sintez, taqqoslash, abstraktsiya, induktiv, deduktiv, analogik, 
klassifikatsiya, yakka, umumlashtirish,   tushuncha  
 
 
11- Mavzu: Hayol tushunchasi va mohiyati 
 
  
 
 
  Reja: 
1.
 
Hayol to`g`risida umumiy tushuncha 
2.
 
Hayol turlari va hususiyatlari. 
3.
 
Hayol jarayonlarining fiziologik asoslari. 
4.
 
Hayol shakllari to`g`risida tushuncha. 
 
Psixologiyada xayol tafakkur singari bilish jarayonlaridai biri hisoblanib, u 
insoniy ichki va tashqi xususiyatli va izlanishli faoliyatida, muayyan darajaga ega 
bo`lgan muammoli vaziyatning vujudga kelishi va uning hal qilinishida ishtirok 
etadi. Agarda xayolni genetik jihatidan kelib chiqishi tahlil qilinadigan bo`lsa, u 
albatta insonning mehnati maxsulini obrazlar, timsollar yordami bilan aks 
ettirmasdan turib, bevosita faoliyatga kirishish mumkin emas, chunki fikri 
mulohazalarni tasavvur qilish tufayli yaqqol tafakkurning predmetiga uzatiladi. 
Xuddi shu boisdan xayol yordami bilai inson tomonidan kutilayotgan natija, 
ya’ni kutilmagan tasavvur obrazlari yaratiladi, go`yoki bu jarayonda ijodiy 
faoliyatning modeli ishlab chiqiladi, fantastik timsollar tizimi yangiliklarning 
mutlaq tarkiblari bilan boyib boradi, ichki faollik esa uning mexanizmiga 
aylanadi. 
Jahon psixologiyasida xayol insonning ijodiy faoliyatning tarkibiy qismi 
sifatida talqin qilinadi, u tizimiy xususiyatli xatti-harakatning oraliq va yakuniy 
mahsullari orqali aks etadi, muammoli vaziyatda noaniqlik, noma’lumlik 
alomatlari vujudga kelsa, u holda faoliyat rejasini qayta ko`rib chiqishni 
ta’minlaydi. Shu narsani aloxida ta’kidlab o`tish kerakki, hech qachon xayol 
ijodiy faoliyat dasturining yaratuvchisi sifatida namoyon bo`lmaydi, balki uning 
ayrim o`rinlarini to`ldirishning va almashtirishning timsollarini yaratadi, xolos. 
 
108


Xayolning bilish jarayoni sifatidagi asosiy vazifasi shundan iboratki, u amaliy 
faoliyat boshlanmasdan turib, uning mahsulini oldindan tasavvur qilish va 
ularning timsollar tariqasida vujudga keltirishdan iboratdir. Inson shaxsiy 
faoliyatida ayrim qiyinchiliklar vujudga kelsa, ularni bartaraf qilish uchun odam 
o`ylanadi, fikriy obrazlarni yaratadi, ularga yangi  qo`shimchalar kiritadi. 
Aytaylik, inson stul yasamokchi bo`lsa, u eng avval unga oid kismlarni 
tayyorlaydi, shaxs xayolan uning sifatiga e’tibor beradi, keyin ularni yaxlitlaydi, 
o`zaro birlashtiradi hamda buyum shaklida gavdalantiradi. Binobarin, xayol 
ishning har bir boskichida bevosita ishtirok qiladi, yo`l-yo`lakay ko`rsatmalar, 
qo`shimchalar kiritib boradi. 
Xayol bilish jarayonlari bilan uzviy aloqada hukm suradi, ularni aks ettirish 
imkoniyatining to`laroq ro`yobga chiqishiga yordam beradi. Ayniqsa, u tafakkur 
bilan bsvosita aloqada bo`ladi, xuddi shu boisdan ularning har ikkalasi ham 
bashorat qilish, oldindan payqash, sezish, istiqbol rejasini tuzish imkoniyatiga 
ega. Shuning uchun ular o`rtasida bir qator o`xshashliklar va ayrim farqlar 
mavjuddir. Bu holat quyidagilarda o`z ifodasini topadi: 1) xayol tafakkur singari 
muammoli vaziyatda, masala va topshiriqlar yechish jarayonida tug`iladi; 2) 
yangi yechim, usul, vosita qidirishda va ularni saralashda umumiylik mavjud; 3) 
xayolning ham, tafakkurning ham paydo bo`lishi shaxsning ehtiyojlariga 
bevosita bog`liq; 4) ehtiyojlarni qondirishning dastlab xayoliy obrazlari 
yaratiladi, uning natijasida vaziyatni yorqin tasavvur qilish imkoni tug`iladi; 5) 
xayolda oldindan aks ettirish jonli tasavvurlar tarzida, yaqqol timsollar shaklida 
vujudga kelsa, tafakkurda ular umumlashmalar, tushunchalar. bilvositalik 
xususiyati orqali ro`yobga chiqadi. 
Xayol jarayoni tafakkurdan farqli vaziyatning ma’lumotlari qanchalik noaniq 
bo`lsa, shunchalik ta’savur obrazlari yaralishi uchun qulay imkoniyat tug`iladi, 
uning mexanizmlari tezkorlikda ishga tushadi. Nihoyat darajada katta 
noaniqliklarga ega, voqelikdan tubdan uzoq fantaziya olamida obrazlar, chizgilar, 
badiiy to`qimalar yaratadi.  
Muammoli vaziyat o`zining xususiyatiga ko`ra bir davrning o`zida xam 
xayolning, ham tafakkuriing ishtirok etishini taqozo qiladi. Agarda muammoning 
yechimi, masalaning sharti aniq bo`lsa, bu holda tafakkuriing ishtiroki ustuvorlik 
qiladi, mabodo noma’lumliklarning miqdori ko`payib ketsa, u takdirda xayol 
yoki fantaziya yetakchi rolь o`ynay boshlaydi.  
Xayolning eng ahamiyatli tomoni shundan iboratki, u tafakkur predmetiga 
taalluqli holatlardagi yetishmovchilikda ham u yoki bu yo`l bilan muammoli 
vaziyatdan yengilroq chiqib ketishga muhim zamin hozirlaydi. Insonda mavjud 
narsalarning ichki tuzilishi, uning rivojlanishi, o`zgarishi to`g`risidagi 
ma’lumotlarning yetishmasligi tufayli shaxs xayolga va fantaziyaga murojaat 
qiladi. Chunki, xayol insonning aqliy zo`r berishda, stress, affekt holatlarida asab 
tizimining tangligidan xalos etib, tana a’zolari funktsiyasini tiklaydi, ishchanlik 
qobilyatini barqarorlashtiradi. 
2. Xayol turlari to`g`risida umumiy tushuncha 
Xayol o`zining faolligi bilan atrof muhitni o`zgartirishga yo`naltirilgan 
shaxsni ijodiy faoliyatining muhim sharti sifatida xizmat qiladi. Ba’zi bir 
 
109


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə