psixologik ma’lumotlarga
qaraganda, gaho xayol faoliyatning funktsiyasini
bajaradi, bunda u xatti-harakatlarning sun’iy ravishdagi majmuasi vazifasini ijro
etadi, xolos. Inson quyidagi xolatlarda yaqqol tasavvurdan yiroq bo`lgan xayolot
olamiga kirib borishi mumkin: 1)inson hech qanday yo`l bilan hal qilib
bo`lmaydigan masalalar, muammolar iskanjasidan berkinish maqsadida; 2)
turmushning og`ir sharoitlaridan, zahmatlaridan himoyalanish niyatida; 3)shaxsiy
nuqsonlarning ta’qibidan; 4) ushalgan armondan; 5) patologik holatga
uchraganda; 6)alkogolizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda. Xayolot
(fantaziya) turmushda gavdalanishi mumkin bo`lmagan, amalga oshirish
imkoniyati yo`q xatti-harakatlar dasturini namoyon etadi.
Yuqoridagi mulohazalar negizidan kelib chiquvchi xayolning
bunday shakli
psixologiya fanida passiv xayol deb nomlanadi. Psixologiyada aktiv, ixtiyoriy,
ixtiyorsiz, tiklovchi va ijodiy turlar to`g`risida ham muayyan ma’lumotlar
mavjuddir.
Inson passiv xayolni oldindan ixtiyoriy rejalashtirib yuzaga keltirishi ham
mumkin. Xuddi shu bois iroda bilan hech bir bog`liq bo`lmagan, jo`rttaga
«kashf» qilingan, biroq hayotda gavdalantirishga yo`naltirilgan xayolning o`ziga
xos obrazlari majmuasi « shirin xayol» deyiladi. Odatda «shirin xayol»da
fantaziyaning mahsullari bi-lan insonning ehtiyojlari o`rtasidagi aloqa yengillik
bilan yuzaga kelganligi tufayli quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsalar haqida
odamlar xayol suradilar. Demak, u reallikdan tubdan uzoqlashadi. Goho passiv
xayol hech o`ylamaganda, ixtiyorsiz ravishda vujudga kelishi ham mumkin,
bunda quyidagi holat yuz beradi; A) ong
nazoratining kuchsizlanishi, B) ikkinchi
signallar tizimining susayishi, V) insonning vaqtincha harakatsizlanishi, G)
uyqusirash kezida, D) affektiv vaziyatdan, Ye) tush ko`rishda, Yo)
gallyutsinatsiyada; J)patologik holatlarda va hokazo.
Yuqorida ta’kidlab o`tilganidek, passiv xayol ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga
ajratilganidek, aktiv xayol tiklovchi va ijodiy ko`rinishlarga bo`linadi.
O’zining mohiyati bilan tasavvurlarga muvofiq keladigan tasavvurlar,
tasvirlar tizimini yaratuvchi xayol tiklovchi xayol deb ataladi.
Ijodiy xayol tiklovchi xayoldan farqli o`laroq original va ijodiy
mahsulotlarda gavdalanuvchi yangi obrazlarning yaratilishidan iborat xayolning
turidir.
Xayolning muhim tomonlaridan biri-uning ijodiyot
va shaxs munosabatining
yaxlit holda talqin qilish xususiyatidir. Ijodiyot shaxsning ichki imkoniyatlari va
zaxiralariniig ro`yobga chiqishining asosiy shartlaridan biridir. Xuddi shu
sababdan shaxs o`zining ijodiy faoliyati bilan, birinchidan, insonning
yaratuvchilik qudratini amaliyotda namoyish qiladi. Ikkinchidan, u ijodiyot
ta’sirida yangi fazilatlarni egallaydi, nafosat, badiiy ijod,
texnik qobiliyat,
kashfiyot ijtimoiy muammolarni integratsiya qilish yoki mavjud umumiy
qonuniyatlardan kelib chiqib, uni differsntsiallashtiradi. Uchinchidan, jahon
faniga o`z ulushini qo`shadi va tsivilizatsiyaga o`z ta’siriii o`tkazadi, ijtimoiy
taraqqiyot harakatlantiruvchisiga aylanadi. Ijodiyot davomida shaxs motivatsion,
emotsional, irodaviy barqarorlik, xarakterning mustahkamligi va boshqa
individual-tipologik xususiyatlardagi yetuklik ijodiyot mahsuliga, uning
110
samaradorligiga, sifatiga munosib ravishda ijobiy ta’sir o`tkazadi. Ijodiyot
tarkiblari bilan shaxsning xususiyatlari o`rtasidagi uyg`unlikning
yuzaga kelishi
ikki yoqlama ta’sir o`tkazish mexanizmi sifatida muxim rolь o`ynaydi, ya’ni
faoliyatda shaxs o`zining yangi qirralarini ochadi, uning fazilatlari esa ijodiy
izlanishlarning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlaydi.
Xayolning analitik xususiyati bo`yicha xayolning mazmunini, mohiyatini,
predmetini, asosan tubdan yangi mahsullar, yangicha obrazlar, timsollar,
tasvirlar yaratilishidan, atrof-muhitning ifodasi,
yangi bezakli, jiloli ekanligini
qayd qilishdan iboratligidan tan olishdir.
Xayol analitik holatdan tashqari sintetik xususiyatga ham egadir. Xayolning
sintetik holati ushbu fenomenlar orqali ifodalanadi: agglyutinatsiya muayyan
tasavvurlarni bir-biriga qo`shib yoki ulardan foydalanib, narsa va hodisalarning
yangi obrazlarini yaratishdan iborat xayol fenomenidan biridir;
Agglyutinatsiya fenomeni obrazlar sintezlashuv jarayonining soddaroq
ko`rinishidan biri hisoblanib, insoniyatning kundalik hayoti va faoliyatida ro`y-
rost yaxlitlashtirish imkoniyati yo`q xilma-xil xislatlar,
fazilatlar, sifatlar va
qismlarni aks ettiradi. Odatda agglyutinatsiya yordami bilan donishmand xalq
tomonidan yaratilgan ertak timsollari, afsona tasvirlari yaratiladi yoki xayoliy
kompozitsiyasi to`qib chiqariladi
Giperbolizatsiya fenomeni xayol obrazlarini hamda tasavvur shakllarini
o`zlashtirish jihatidan yaqin agglyutinatsiyaga yondosh, o`xshash psixik
jarayondir. Giperbolizatsiya narsalar va jonivorlarni nafaqat (barmoqdek kichik
balo,
uydek tuxum, tog`dek pahlavon, tarikdek bola, tuyadek burga va hokazo)
bilan tavsiflanibgina qolmasdan, balki tasavvur obrazlari (timsollar, tasvirlar)
miqdorini ko`paytirish yoki ularning o`rniga almashtirish xususiyatlarini ham
namoyon etadi.
Xayol jarayonlarining, shu jumladan fantaziya obrazlarining vujudga kelishi
inson miyasi faoliyatining mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari
po`stloq qismining funktsiyasi orqaliamalga oshadi.
Xotiraning fiziologik asosi muvaqqat nerv bog`lanishlarining o`zaro
birikuvi hamda faollashuvidan iborat bo`lsa, xayol jarayonida inson
ontogenezida yuzaga keltirilgan bog`lanishlar tizimi buzilishi oqibatida yangi
tizim hosil qilinadi. Favquloddagi bunday holat ma’lum ehtiyoj yoki birorta
tasodifiy taassurot orqali miya po`stida kuchli ko`zg`olish o`chog`ining hosil
bo`lishi tufayli vujudga kelishi mumkin. Xuddi
shu boisdan xayol surayotgan
shaxsda nerv hujayralarining guruhlari o`zaro yangitdan bog`lanishi, shuning
uchun faktaziya obrazlariga xos yangilik va o`xshashlik alomatlari mazkur
yangicha bog`lanishga bo`ysunadi.
Shunday qilib, xayol miya katta yarim sharlari po`stining funktsiyasi
hisoblanishiga qaramasdan, uning fiziologik mexanizmlari miyaning boshqa
qismlari bilan bog`liq ekanligi to`g`risida faraz qilishga imkon tug`diradi.
Inson miyasi fantaziya obrazlariga hamda organizmning periferik qismlariga
boshqaruvchanlik ta’sirini o`tkazib, ularning faoliyatini o`zgartirib turadi. Shaxs
asabiylashganida biror narsa haqida qattiq o`ylasa, albatta tana a’zolarida ko`zga
tashlanadigan o`zgarishlar sodir bo`lishi mumkin. Yuzaga kelgan bunday
111