49
meridian va ekvatordan uzoqlashgan sayin o’zgara boradi. Zonani chegaralovchi
meridianlarda masshtab juda o’zgaradi. Masalan, Gauss proyeksiyasida tuzilgan
1:500000 masshtabli kartaning o’q meridianga to’g’ri kelgan varag’ida bosh
masshtab 1 sm da 500 m ga, eng chetki meridianlarga to’g’ri kelgan varaqlarida esa
xususiy masshtab 1 sm da 499,5 m ga teng bo’ladi, ya’ni 0,5 m farq qiladi. Lekin bu
farq (xato) karta tuzishda va o’lchash ishlarida yo’l qo’yiladigan xatodan kichik
bo’lganligidan e’tiborga olinmaydi. Shuning uchun topografik kartalarning hamma
qismida masshtab bir xil bo’ladi. Bundan tashqari, topografik kartalar Gaussning
teng burchakli ko’ndalang silindrik proyeksiyasida tuzilganligi tufayli bu
kartalardan foydalanib nuqtaning ham geografik, ham to’g’ri burchakli koordinata-
larini aniqlash va bir xil masshtabli topografik kartadan foydalanib, boshqa
masshtabli topografik kartalarni tuzish mumkin.
Dostları ilə paylaş: