|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiFazali kontrast mikroskopda ko'rish3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.Fazali kontrast mikroskopda ko'rish.
Bo'yalmagan tirik hujayralar, odatda
yorug’lik nurini tutib qolmasdan, o'zidan o'tkazib yuboradi. Shuning uchun ular
mikroskopda ko'rinmaydi yoki anglab bo'lmas darajada ko'rinadi. Ularni ko'rish
uchun tegishli bo'yoqlar bilan bo'yashga to'g’ri keladi. Fazali kontrast mikroskopiya
usuli o'rganilayotgan bo'yalmagan tuzilmalarning bizga zarur bo'lgan kontrastligini
ta'minlaydi. Kontrastlikni, odatda, ob'yektivdagi fazali plastinka deb ataladigan
kondensorga o'rnatilgan maxsus xalqa - diafragma - hosil qiladi. Ob'yektni qancha-
lik yaxshi ko'rish nurning sinish darajasiga bog’liq. Yorug’lik nuri ob'yektdan
qancha tez o'tsa, uning yoritilishi, demak, kontrastligi shuncha ortadi, binobarin, hu-
jayra tuzilmalari ham shunga yarasha yaxshi ko'rinadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|