O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


    2-rasm. Yorug’lik mikroskopining ko'rinishi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

14 
 
2-rasm. Yorug’lik mikroskopining ko'rinishi
 
Elektron 
mikroskopda 
ko'rish.
 
Sitologik 
preparatlarni 
elektron 
mikroskopda o'rganish hozirgi  vaqtda keng  tarqalgan usul  bo'lib, uning  yordamida 
hujayralarning  nozik  tuzilmalari,  organoid  va  hujayra  kiritmalarining  tuzilishi 
hamda  ularda  sodir  bo'ladigan  nozik  o’zgarishlar  kuzatiladi.  Elektron  mikroskop 
buyumlarni  1000000  marta  kattalashtirish  imkoniga  ega.  Chunki  elektron 
mikroskopda  yorug’lik  mikroskopidagi  singari  uzun  to'lqinli  nurdan  emas,  balki 
qisqa to'lqinli elektronlar nuridan foydalaniladi. Kuzatmoqchi bo'lgan ob'ekt tasviri 
elektron  nuri  yordamida  ko'rsatilsa,  bunday  asbob  elektron  mikroskop 
deyiladi(3rasm).  Oddiy  mikroskopda  hayvonlar  to'qimasining  mikroskopik 
tuzilishini  o'rganish  uchun  kesmalarning  (preparatlarning)  qalinligi  taxminan  3-5 
mikron  (mk)  bo'lishi  kerak.  Bundan  qalin  bo'lsa  hujayralar  qavati  ortib  ketib, 
ob'yektning  tasviri  ko'rinmaydi.  Elektron  mikroskopning  afzalligi  shundaki, 
to'qimalardan olinadigan kesma ancha yupqa (0,02mk) bo'ladi. Oddiy mikroskopda 
ob'yektning  qalinligi,  ya'ni  hujayra  va  uning  tuzilmalari  o'lchami,  diametri 
"mikron"da  o'lchansa,  elektron  mikroskopda  "nanometr"  bilan,  aksari  hollarda  esa 


 
15 
"angstrem"  bilan  o'lchanadi.  Hozirgi  vaqtda  elektron  mikroskopining  yangi  turlari 
yaratilmoqda.  Masalan,  hajmiy  (rastalovchi)  elektron  mikroskop  shular 
jumlasidandir. Uning yordamida preparatlarning hajmiy tuzilishi o'rganiladi. 
 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə