O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

sinaptik bo’shliq
  deyiladi va  20-30 nm  tashkil etadi. Hu-
jayralarning biri presinaptik, impulsni qabul qiluvchisi postsinaptik deyiladi. 
Plazmodesma. 
O'simlik hujayralarida uchraydi. Ingichka kanalchalar bo'lib 
2ta hujayrani biriktirib turadi. Kanalchalar diametri 40-50 nm. Plazmodesmalar 
orqali bir hujayradan ikkinchisiga moddalar harakat qiladi. 
 
 
 


 
27 
 
7-rasm. Hujayralararo aloqa turlarining ko'rinishi. 


 
28 
Plazmatik membrananing o'sishi
 
Hujayra lar bo'linishidan so'ng yangi hujayralar o'sadi, hajmi ortadi va demak 
ularning membranasi ham kengayadi. Plazmalemmaning yuzasida doimiy ravishda 
lipid  va  oqsil  molekulalarining  yangilanib  turishi  kuzatiladi.  Plazmatik  membrana 
yangilanib  turishi  Golji  apparati  xisobiga  amalga  oshadi.  Golji  apparati  hosil  bo'l-
gan pufakchalar plazmatik membranaga kelib, bu yerda bir-biri bilan qo'shilib yangi 
membranani  hosil  qiladi.  Bu  jarayon  asosan  plazmatik  membrananing  shikastlan-
ishida ro'y beradi. 
Lekin  plazmatik  membrana  yangilanib  turishi  hujayraning  hayot  faoliyati 
davomida  ham  sodir  bo'ladi.  Hujayrada  endoplazmatik  to'rda  sintezlangan 
maxsulotlar  Golji  apparatiga  o'tib,  bu  yerda  konsentratsiyalanadi  va  memebranaga 
o'raladi. Bu moddalar hujayradan ekzositoz yo'l bilan chiqaraladi. Bunda vakuolalar 
plazmatik  membranaga  yaqinlashib  ularning  membranasi  plazmatik  membrana  bi-
lan  qo'shiladi,  vakuol  ichidagi  mahsulot  esa  tashqariga  chiqariladi.  Shu  hisobiga 
plazmatik membrana sathi kattalashadi. 
Ichkariga  fagositoz  yo'l  bilan  kirayotgan  molekulalar  hujayra  yuzasiga  kelib 
bu yerda plazmatik membrana bilan o'ralib ichkariga kiradilar va natijada plazmatik 
membrana usti kattalashadi. Demak, plazmatik membrana yangilanib turishida aso-
siy vazifani Golji apparati bajaradi. 
Yuqorida  aytib  o'tilganlarni  umumlashtirib,  biologik  membranalarning 
quyidagi umumiy xususiyatlarini keltirish mumkin: 
1. Hamma membranalarning umumiy qalinligi 5-10 nm ni tashkil etadi. 
2.  Membrana  lipoproteinli  tuzilma  bo'lib,  ba'zi  oqsil  va  lipid  molekulalariga 
tashqi tomondan uglevod komponentlari birikadi. Membrana tarkibidagi uglevodlar 
2%-10%ni tashkil etadi. 
3.  Lipidlar  ulardagi  qutbli  boshchalar  va  qutbsiz  dumchalari  yordamida 
biqatlamni hosil qilib joylashadi. 
4. Membrana tarkibidagi oqsillar turli tabiatga ega bo'lib turli vazifani bajara-
di. 
5. Membrana yuzasidagi glikokaliks guruhi tanib olish xususiyatiga ega. 
6. Membrananing tashqi va ichki tomonlari tarkibi va xususiyati jihatidan bir-
biridan farq qiladi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə