O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Tashqi apparatning membranausti tuzilmalari



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Tashqi apparatning membranausti tuzilmalari
 
Bunga plazmatik membrana ustida joylashgan tuzilmalar kiradi. Bulardan biri 
glikokaliks bo'lib, hayvon hujayralarida yaxshi taraqqiy etgan, o'simlik hujayrasida 
kamroq uchraydi. Uning tarkibiga membrananing periferik oqsillari, glikolipidlar va 
glikoproteinlar kiradi. Glikokaliks tashqi muhit bilan aloqada bo'lgani uchun hujay-
ra  tashqi  apparatning  muhim  resteptorlik  vazifasini  bajaradi.  Glikokaliksning 
tuzilishi xar bir hujayra uchun muayyan bo'lib, takrorlanmaydi, shunga qarab hujay-
ralar  bir-birini  tanib  oladi.  Ichak  epiteliysi  yuzasidagi  mikrotukchalar  orasida  joy-
lashgan glikokaliks hujayra usti hazm qilish jarayonida ishtirok etadi. 
Hujayra tashqi apparatining membranausti tuzilmalariga shuningdek prokari-
ot  va  o'simlik  hujayralaridagi  hujayra  devori  kiradi.  Bu  tuzilmalarning  mahsuloti 
hujayraning o'zida sintezlanib plazmatik membrana yuzasiga chiqariladi. Bularning 
tuzilish  prinsipi  temirbetonga  o'xshaydi-elastik  asosga  karkas  tolalar  kirib  turadi. 
Tarkibi  polisaxaridlardan  iborat.  Hujayra  devori  faqat  himoya  vazifasini  bajarib 
qolmay,turgor holatni saqlaydi. 


 
30 
Hayvon  hujayrasi  organizmdan  ajratib  olinib  suvga  solib  qo'yilsa  biroz  vaq-
tdan  so'ng  hujayra  shishib  yoriladi,  chunki  plazmatik  membrana  orqali  ichiga  suv 
kiradi.  Organizm  ichida  bu  xodisa  ro'y  bermaydi,  chunki  u  yerda  hujayralararo 
suyuqlikdagi tuzlar kontsentratsiyasi hujayra ichidagi kontsentratsiyasiga yaqin. 
Chuchuk suv havzalarida erkin yashovchi bir hujayrali organizmlar ham lizis-
lanmaydi  (parchalanmaydi).  Chunki  doimiy  ravishda  hujayra  nasosi  -  qisqaruvchi 
vakuol ishlaydi. Izotonik muhitda yashovchi dengiz sodda hayvonlarida qisqaruvchi 
vakuol yo’q . 
Agarda  suvga  bakteriya  yoki  o'simlik  hujayrasi  joylashtirilsa,  uning  hujayra 
devori  butun  bo'lsa  u  lizislanmaydi.  Agar  maxsus  fermentlar  ta'sir  ettirib  hujayra 
devori eritilsa shu  vaqtning o'zida hujayra  shishib  yoriladi.  Demak, hujayra  devori 
hujayra  ichiga  ortiqcha  suv  kirishidan  saqlar  ekan.  Hujayra  ichiga  suv  kirgan  ma-
halda hujayra devori taranglashib turgor holat yuzaga keladi va ortiqcha suv kirishi-
ga to'sqinlik qiladi. 
O'simliklarning hujayra devori ikki komponentdan tuzilgan: 
1.  Amorf  gelsimon  matriksi-  polisaxaridlar  bo'lmish  gemisellyuloza  va  pek-
tindan;  
2. Tolasimon komponent -sellyuloza tolalaridan iborat. 
Matriksi 60% ni sellyuloza tolalari esa 30%ni tashkil etadi. Paxta tolasida sel-
lyuloza 90% gacha bo'ladi. Undan tashqari hujayra devori tarkibida boshqa modda-
lar ham uchraydi: lignin- yog’ochlanishga olib keladi;, suberin – po'kak hosil qiladi; 
mum va kutin moddasi -himoya vazifasini bajaradi va suv bug’latishdan saqlaydi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə