O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Nazorat  uchun  topshiriq



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Nazorat  uchun  topshiriq: 
prokariot  va  turli  eukariot  hujayralarning  tashqi 
apparatining tuzilishini solishtiring. 
Hujayra tashqi apparati 
komponentlari 
Bakteriya 
O'simlik 
Hayvon  Zamburug’ 
Membranausti 
tuzilmalari 
Shilimshiq 
kapsula 
+
 
+                    

 

 

 
Hujayra 
devori 
(qobiqi) 
+
 
mureindan 

sellyulozadan 

 

xitindan 
Glikokaliks 

 

 
+
 
– 
 
Plazmalemma 
+
 
mezosomalar 
hosil qiladi 
+
 
+
 
+
 
Submembranali tuzilmalar 

 
+
 
+
 
+
 
Mavzu: SITOPLAZMA
 
Mashg’ulotning  ta'limiy  maqsadi:
  talabalarni  hujayraning  ichki  borligi- 
sitoplazmaning tarkibi, vazifasi bilan tanishtirish. 
Mashg’ulotning  tarbiyaviy  maqsadi:
  talabalarni  sitoplazmaning  tarkibi, 
vazifasi  bilan  tanishtirish  orqali  ilmiy  dunyoqarashni  kengaytirish  va  kasbiy 
tayyorgarligini orttirish. 


 
32 
Mashg’ulotning  rivojlantiruvchi  maqsadi:
  talabalarning  hujayra  tuzilishi 
haqidagi  bilimlarini  kengaytirish,  o'quv  adabiyotlari  ustida  mustaqil  ishlash 
ko'nikmalarini rivojlantirish. 
Mashg’ulot jihozlari:
 eukariot hujayraning tuzilishi tasviri, sitoplazma hara-
katini namoyish etuvchi videolavhani kompyuter orqali namoyish qilish. 
 
Hujayra  ichidagi  plazmatik  membrana  bilan  o'ralgan  borliq  protoplazmadir. 
Hujayrani o'rganish tarixida ko'proq e'tibor hujayra qobiqiga qaratilgan. Lekin 1835 
yilda  F.  Dyujarden  bir  hujayrali  organizmlar  ichidagi  suyuqlikni  o'rganib  unga 
sarkoda  ya'ni  go'shtga  o'xshash  deb  nom  beradi.  Uning  fikricha  bu  suyuqlik 
tiriklikning hamma xossasini namoyon qiladi. M.Shleyden ham 1838 yilda o'simlik 
hujayrasidagi suyuqlikni o'simlik shilimshig’i deb ataydi. Sakkiz yildan so'ng G.fon 
Mol 
protoplazma 
terminini  ishlatadi.  Undan  oldin  bu  atama  1840  yilda 
Ya.Purkinye  tomonidan  ishlatilgan  bo'lib,  u  hayvon  embrioni  rivojlanadigan  sub-
stansiyaga shunday nom beradi. 
Lekin  protoplazma  kimyoviy  tarkibi,  funktsional  holati  jihatidan  bir  xil 
emasligi ma'lum bo'lgandan keyin oxirgi yillarda shu atama ishlatilmaydi. Hozirda 
hujayraning asosiy tashkil etuvchilari: yadro, sitoplazma va organoidlardir. 
Hujayra  ichi  butun  borlig’i  yadrodan  tashqari  sitoplazmadir.  Ya'ni  hujayra 
ikki  komponentdan  sitoplazma  va  yadrodan  tarkib  topgan. 
Sitoplazma
  atamasini 
fanga Z.Strastburger 1882 yilda kiritgan. Sitoplazma: gialoplazmadan, membranali 
(vakuolyar tizim organoidlari, mitoxondriya, plastida) va membranasiz komponent-
lardan (sentriola, ribosoma, mikronaycha, mikrofilamentlar) va kiritmalardan iborat. 
Gialoplazma
 – ( 
hyaline
 - shaffof) sitoplazmaning asosiy matriksi bo'lib, hu-
jayraning ichki  muhitini belgilaydi. Elektron mikroskopda gomogen tuzilishga ega 
bo'lgan  kolloid  sistema.  Tarkibi  turli  polimerlardan:  oqsil,  nuklein  kislotalar  va 
polisaxaridlardan  iborat.  Suyuq  holatdan  gel  holatiga  o'tib  turish  xossasiga  ega. 
Bunday  o'tib  yurishlar  aktin  oqsili  ishtirokida  boradi.  O’zgarish  hujayraning  turli 
joyida amalga oshgani uchun sitoplazmaning harakati kuzatiladi. Turli hujayraning 
hayot tarzi o'zgarib turishi bilan gialoplazmada oqsil molekulalarining turli fibrilly-
ar ipsimon tuzilmalari hosil bo'lib turadi. Gialoplazmada shuningdek, turli globulyar 
oqsillar  va  fermentlar  uchraydi.  Ular  hujayradagi  barcha  oqsillarning  25%  tashkil 
etadi. Oqsillarning katta qismi globulyar oqsillar, qolgani fibrillyar. Fibrillyar oqsil-
larga aylanuvchi globulyar oqsillar - strukturaviy oqsillar deyiladi. 
Anorganik moddalardan gialoplazmada ko'p miqdorda suv uchraydi (~80%), 
shuningdek,  qolgan  anorganik  moddalar  tuzlar  ko'rinishida  yoki  aminokislotalar, 
uglevod, oqsillar bilan bog’langan holda uchraydi. 
Eukariot  hujayralar  tarkibidagi  filamentlar  va  mikronaychalar  yig’indisi  hu-
jayraning tayanch-harakat tizimini ya'ni sitoskeletini tashkil etadi. Sitoskelet hujay-
ra  shaklining  o'zgarishi  va  hujayra  ichidagi  tuzilmalarning  harakatini  ta'minlaydi. 
Sitoplazmada  hujayra   metabolizmining hamma jarayonlari amalga oshadi, nuklein 
kislotalar sintezidan tashqari. Bu jarayon yadroda amalga oshadi.  


 
33 
Plazmatik  membrana  orqali  sitoplazma  tashqi  muhit  bilan  modda  almash-
inadi, yadro membranasi orqali yadro va sitoplazma o'rtasida moddalar almashinuvi 
jarayoni  sodir  bo'ladi.  Yadro  nazorati  ostida  sitoplazma  o'sish,  qayta  tiklanish 
xususiyatiga egadir. 
Sitoplazma uzoq avtonom hayot kechirish xossasiga ega emas – yadrosiz hu-
jayralarda u degeneratsiyaga (nobud bo'ladi) uchraydi.  
Hayvon  hujayralarida  sitoplazmaning  ikki  qavati  farqlanadi:  tashqi  — 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə