36
Bu kuzatuvlardan shu narsa ma'lum bo'ldiki, gialoplazmadagi polisomalar
ko'rinishidagi ribosomalarda hujayraning o'z hayot faoliyati uchun kerak bo'lgan
oqsillarni sintezlanadi. Endoplazmatik to’r bilan bog’langan ribosomalarda hujay-
radan tashqariga chiqariladigan “eksport” oqillari sintezlanadi. Masalan:
oshqozonosti bezi hujayralari ovqat hazm qilishda ishtirok etadigan oqsil-
fermentlarni lipaza, nukleaza kabilarni sintezlab chiqaradi, jigar hujayralarida qon
albumini, so'lak bezida amilaza sintezlanadi.
O'simlik hujayralarida ham bu narsa kuzatiladi. Oqsilli mahsulotni ishlab
chiqaruvchi bezli hujayralar ergastoplazmaga boy.
Boshqacha qilib aytganda, ko'p hujayrali organizmlarda ergastoplazmaga boy
hujayralarda hujayradan chiqariladigan va boshqa hujayralar faoliyati yoki umuman
organizm uchun kerak bo'lgan oqsillar sintezlanadi.
Bir hujayraliklarda ham eksport oqsillari ishlab chiqaruvchi donador en-
doplazmatik to’rni ko'rish mumkin.Ular orasida hujayradan tashqarida ro'y beradi-
gan hazm jarayonlarida ishtirok etadigan oqsili va glikokaliks oqsillari mavjud.
Undan tashqari donador endoplazmatik to’r hujayra ichi hazm jarayonlarida
ishtirok etuvchi oqsil-fermentlar sintezida ishtirok etib, bu fermentlar fagositar yoki
pinositar vakuolga tushib makromolekulalarni parchalaydi.
Donador endoplazmatik to’r membranalarida sintezlangan oqsillar hujayran-
ing o'zi uchun kerakmas bo'lib, xatto zararlidir. Ovqat hazm qilish bezlarida ko'p
miqdorda gidrolitik fermentlar sintezlanadi. Bu fermentlar gialoplazmaga chiqsa
hujayra avtolizga (o'z-o'zini eritishga) uchraydi. Lekin bu xol ro'y bermaydi, chunki
sintezlangan mahsulot granulyar endoplazmatik to’r membranalardan oraliq en-
doplazmatik to’r vakuola bo’shliqlariga o'tadi va gialoplazmadan izolyatsiyalanadi
(ajratiladi). Bunday oqsillarning to'planishi yopiq membranalar ichida ro'y beradi.
Oraliq endoplazmatik to’r, granulyar va silliq endoplazmatik to’rlar orasida joy-
lashib uning yuzasida ribosomalari bo'lmaydi.
Demak, oraliq endoplazmatik to’r sintezlangan oqsillarni hujayraning boshqa
tuzilmalaridan izolyatsiyalashda (alohidalashda) ishtirok etadi. Oraliq endoplazmat-
ik to’rdan bu oqsillar Golji apparati membranalariga o'tib hujayradan chiqariladi.
Oraliq endoplazmatik to’r bu oqsillarni kanallar va vakuolalar bo'ylab tashiydi, bu
jarayon ATF sarfi bilan boradi.
Undan tashqari donador endoplazmatik to’r kanalchalari va
vakuolalari ichida
sintezlanagan oqsilning konsentrasiyalanishi, ya'ni yirik sekret granulalariga aylani-
shi kuzatiladi.
Umumlashtirib aytganda, donador endoplazmatik to’r vazifasi membralalari
yuzasida joylashgan polisomalari ishtirokida eksport oqsillarini sintezlash, ularni
hujayraning boshqa tuzilmalaridan membrana bo’shliqlari ichida izolyatsiyalash-
ajratish, bu oqsillarni hujayraning boshqa kompartmentlariga tashish va ularning
kimyoviy modifikatsiyasida ( o'zgarishida) ishtirok etish.
Prokariotlarda endoplazmatik to’r tizimi yo’q , lekin ko'pgina bakteriya hu-
jayralari tashqi muhitga plazmatik membrana yuzasidagi makromolekulalarni par-
chalashda ishtirok etadigan ekzofermentlar ishlab chiqaradilar. Bakteriya hujay-
37
rasidagi ribosomalarning bir qismi plazmatik membrana bilan bog’langan. Taxmin
qilinishicha bu ribosomalarda eksport oqsillari sintezlanadi. Sitoplazmadagi erkin
ribosomalarda esa hujayra ichidagi metabolik jarayonlar uchun kerakli oqsillar sin-
tezlanadi.
Dostları ilə paylaş: