O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Golji apparati
 
Yuqorida  aytib  o'tilganidek  hujayrada  hosil  bo'lgan  ko'pgina  moddalarning 
tashqariga chiqarilishida hujayraning yana bir tuzilmasi Golji apparati bajaradi. 
1898  yilda  italiyalik  olim  Kamilio  Golji  (1844-1926)  mushukni  nerv  hujay-
ralarida to'rsimon tuzilmalarni ko'rib ularga ichki to'rsimon apparat deb nom beradi. 
Keyinchalik  sitologik  usullarning  rivojlanishi  bilan  bu  tuzilma  barcha  hayvon  hu-
jayralarida topilgan va olimning nomi bilan atala boshlangan. O'simlik hujayralari-
da  Golji  apparati  1957  yilda  Byuva  va  Porterlar  tomonidan  topilgan.  O'simlik  hu-
jayrasida alohida joylashgan diktiosomalardan iborat. 
Golji  apparatining  ikki  xil  strukturaviy  holati  mavjud:  to'rsimon  va  o'simlik 
hujayralari uchun xos bo'lgan alohida tuzilmalardan iborat - diffuz shakli. Elektron 
mikroskop yordamida Golji apparati uch xil bo'limlardan tuzilganligi aniqlandi: 
1. 
Sis  bo'lim 
-  silliq  membrana  bilan  o'ralgan  va  yadro  yaqinida  joylashgan 
sisternalardan  iborat.  Ularda  tranzit  oqsillar  fosforlanib  medial  bo'limga  o'tadi.  Bu 
erda  doimiy  ravishda  sisternachalar  yangilanib  turadi.  Ular  silliq  endoplazmatik 
to’rdan hosil bo’ladi. 
2. 
Medial bo'lim
 sisternachalari uchlarida joylashgan mayda pufakchalardan 
iborat bo'lib tranzit oqsillari o'zgarishlarga uchrab trans bo'limga o'tadi. 
3. 
Trans  bo'lim 
-  kengaygan  sisternalar  va  ularning  markaziy  qismida  joy-
lashgan  vakuolalardan  iborat  bo'lib  plazmatik  membranaga  yaqin  joylash-
gan(9rasm). 
Golji apparatida ikki zona ajratiladi: proksimal va distal. 
Proksimal qism turli sekret jarayonlari borayotgan hujayralarda sitoplazma va 
yadroga, distal qism hujayra tashqarisiga qaragan bo'ladi. 


 
39 
Proksimal qimsda mayda pufakchalar va kalta sisternalar joylashib bu joy en-
doplazmatik  to’rdan  Golji  apparatiga  o'tish  joyi  hisoblanadi.  Distal  qism  yirik 
vakuolalarga ega bo'lib ularning ichi sekretsiya mahsulotiga to'lgan. 
 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə