O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


oksiosoma lar  yoki  ATF- soma



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

oksiosoma
lar  yoki 
ATF- soma
lardir. 
Mitoxondriyalar matriksi gomogen tuzilishga ega bo'lib unda 2-3nm kattalik-
dagi  ipsimon  DNK  molekulasi  va  15-20nm  kattalikdagi  ribosomalar  va  turli  ki-
ritmalar uchraydi. 
Kristalarning  soni  va  rivojlanish  darajasi  hujayraning  funksional  holatiga 
bog’liq.  O'simliklar  mitoxondriyalarida  kristalar  soni  kam  bo'ladi,  lekin  o'sim-
liklarning  sekretor  hujayralarida  ularning  soni  hayvonlarnikidek  ko'p  bo'ladi.  Mi-
toxondriyalar  adaptatsiya  hosil  qilish  xususiyatiga  ega.  Masalan,  kalamushlarni 
gipodinamiya  (kam  harakatlanish)  sharoitiga  joylashtirganda,  mitoxondriyalardagi 
kristalar va ko'ndalang targ’il muskul tolasidagi mitoxondriyalar soni keskin kama-
ya  borganligi  kuzatiladi.  Lekin,  hayvonlar  aktiv  harakatga  keltirilganda  (suzdiril-
ganda), mitoxondriyalar o'z sonini va holatini tezda tiklaganlar. 
Mitoxondriyalarning tashqi va ichki membranari tarkibi va fizik xususiyatlari 
bilan  farq  qiladi.  Osmotik  bosimning  ortishi  yoki  kamayishidan  ichki  membrana 
burishib yig’ilib qoladi, lekin keyinchalik to'g’irlanishi mumkin. Tashqi membrana 
cho'zila olmasligi tufayli uziladi. Tashqi membranada lipidlar bilipid qatlamni hosil 
qilsa, ichki membranada faqat bir qism lipidlar bilipid hosil qilishda ishtirok etadi. 
Tashqi  membrana  endoplazmatik  to’r  membranalari  bilan  o'xshash  bo'ladi.  Ichki 
membrana  va  mitoxondriya  matriksi  oksidlanish  va  fosforlanish  fermentlariga  boy 
bo'ladi.
 


 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə