O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

58 
                  
Sitoplazmaning mikrotubullyar va fibrillyar tuzilmalari
 
Bularga  tarkibida  mikrotubullyar  yoki  fibrillyar  tuzilmasi  bo'lgan  hujayra 
komponentlari kiradi. 
Bulardan  biri  oqsillardan  tuzilgan  membranasiz  tuzilma-mikronaychalar 
hamma eukariot hujayralar sitoplasmasida uchraydi. 
Mikronaychalar  sitoplazmada  erkin  holda,  sentriolalar  va  bazal  tanachalar 
tarkibida uchrashi  xivchin va kiprikchalarni hosil qilishi mumkin. 
Mikronaychaning devori bir-biriga zich birikkan 13 ta subbirliklardan iborat. 
Subbirliklarning devori protofilamentlardan iborat, ularni tarkibi- tubulin oqsili. 
Sitoplazmadagi  mikronaychalar kolxitsin va  vinblastin  alkaloidlari  yoki past 
harorat,  yuqori  bosim  ta'sirida  erib  ketadi.  Lekin  sentriolalar,  bazal  tanachalar, 
kiprikchalar tarkibiga kiradigan mikronaychalarga bular ta'sir etmaydi. 
Sentriola
 
Sentriola tuzilmasi 1875 yilda V.Flemming, 1876 yilda Z.Beneden tomonidan 
topilgan.  Hayvon  hujayralari  uchun  xos  bo'lib,  yuksak  o'simliklar,  tuban  zambu-
rug’larda  va  ba'zi  sodda  organizmlarda  uchramaydi.  Bo'linayotgan  hujayralarda 
bo'linish dukini hosil qilishda ishtirok etadi. 
Sentriolani hosil qilishda aylana bo'ylab joylashgan mikronaychalarning 9 ta 
tripleti  ishtirok  etadi.  Tripletning  birinchi  mikronaychasi  (A)  13  globulyar  sub-
birliklardan tuzilgan. Ikkinchi va uchinchi mikronaychalar (B,C) A mikronaychadan 
to'liqmasligi bilan ajralib 11 globulyar birlikdan tuzilgan. A mikronaychaning ikkita 
dastachasi  bo'lib,  uning  biri  qo'shni  tripletning  C  mikronaychasiga  ikkinchisi 
markazga  yo'nalgan.  Sentriolaning  markaziy  qismida  g’ildirakning  vtulkasi-
ga(silindrga;qoziqchaga)  o'xshash  tuzilma  bo'lib,  undan  9ta  naycha  chiqadi  va  A 
mikronaychalarga yo'nalgan bo'ladi. 
Sentriolalarning  mikronaychalari  tizimini  (9x3)+0    deb  ifodalanadi,  ya'ni 
markazda mikronaychalar yo’qligini bildiradi. 
Interfaza  hujayralarida  ikkita  yonma-yon  joylashgan  sentriolalar  bo'lib,  ular 
diplosoma deyiladi. Ularning biri ona - ikkinchisi qiz sentriola deb ataladi.  
Har sentriola atrofida matriksi - sentrosfera joylashadi. 
Hujayralar mitotik bo'linishga o'tganda sentriolalarning ko'payishi kuzatiladi. 
Bunda  diplosomada  sentriolalar  bir-biridan  uzoqlashib  har  birining  yonida  yangisi 
hosil bo’ladi. Natijada bo'linishga kelib hujayrada ikkita diplosoma ya'ni to'rtta sen-
triola yuzaga keladi. 
Ko'payish  jarayoni  quyidagicha  amalga  oshadi:  ona  sentriolaning  matriksi 
yaqinida  unga  perpendikulyar  ravishda  yangi  sentriolaning  kichik  bo'lagi  hosil 
bo’ladi.  Birinchi  bo'lib  A  mikronaychalar  so'ng  B  va  C  mikronaychalar  hosil 
bo’ladi. Shu yo'l bilan kalta protsentriol hosil bo'lib, u o'sib kattalashadi. 
Sentriolalar soning ortishi 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə