|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.Bo’shliqli aloqa
. Membranalar orasidagi bo’shliq 25-30nm ni tashkil etadi.
Bo’shliqli aloqaning bir ko'rinishi
desmosomalar
.
Desmosomalar
- zich plastinkalar bo'lib, ulardan sitoplazmaga qarab fibrill
tolalari o'tgan bo'ladi. Ikkita hujayraning plazmatik membranalari orasi desmoglein
moddasi bilan to'lgan bo'lib, u hujayralarni bir-biri bilan birikishini ta'minlaydi.
Yurak mushaklari, qon tomirlari devori hujayralarida uchraydi.
Tirqishli aloqa
. Membranalar orasidagi bo’shliq 2-3nm ni tashkil etadi.
Membrana bo'ylab har 1-3 mkm da uchraydi. Ikkita membrananing bir-biriga yaqin-
lashgan joyida maxsus tuzilmalar yuzaga kelib ularning o'rtasida kanalchalari
bo'ladi. Bu tuzilmalar konnektin oqsilidan iborat bo'lgani uchun
konneksonlar
deb,
aloqaning o'zi esa
neksus
deb nom olgan. Ulardagi kanallar orqali bir hujayradan
ikkinchisiga ionlar va quyi molekulali moddalar harakat qiladi. Bunday aloqa yurak
miokardi mushak hujayralarida ko'p uchraydi.
Sinaptik aloqa
. Neyronlar orasida hosil bo’ladi, nerv impulslarini o'tkazish
vazifasini bajaradi, nerv hujayralarining o'simtalari orasida yuzaga keladi. Membra-
nalar orasidagi bo’shliq
Dostları ilə paylaş: |
|
|