O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə134/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

Distribyutor ishlab chiqaruvchidan ma’lum muddatda ma’lum joyda mahsulotlarni sotish bo‘yicha huquqqa ega bo‘ladi. Distribyutor mulk egasi bo‘lmaydi, sotish uchun shartnoma tuziladi. U o‘z nomidan faoliyat olib boradi.
Komissioner – sotiladigan mahsulotga egalik qilolmaydi, lekin mahsulot sotish bo‘yicha o‘z nomidan shartnoma tuzadi. Mahsulotni butligini, zarar yetmasligini komissioner o‘z bo‘yniga oladi.
Komitent – ma’lum bitim tuzish orqali komissioner nomidan bir qancha ayirboshlash operatsiyasini amalga oshiradigan jismoniy shaxs. Bu ishlarni o‘z moliyaviy mablag‘lari hisobiga bajaradi.
Agentlar – vosutachilar bo‘lib, yuridik shaxs hisoblanadilar. O‘z nomlaridan bitim haqida shartnoma tuzib, ishlab chiqaruvchi shartnoma hisobiga mahsulotlarni olib so‘ng sotadi. Agent bitimda ko‘rsatilgan sotuv summasining foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.
Brokerlar – vositachilar bo‘lib, diler va distribyutorlar kabi mulkka (tovarga)egalik qilish huquqiga ega emas va o‘z xohishiga ko‘ra tovarni taqsimlashi, lekin sotishi mumkin emas. Brokerning foydasi faqat vositachilik bo‘lib u alohida vazifalarni, topshiriqlarni bajaradi. Sotish va sotib olish bitimi shartlariga ko‘ra broker hech bir tomon bilan shartnoma munosabatlariga kiritilmaydi. Uning daromadi sotilgan tovarlarni har bir birligi uchun oldindan kelishilgan summaga qarab belgilanadi. Tashkilotchi – ulgurji savdo qiluvchi yuklarni tarasiz tashish tarmoqlariga yetkazib beradi (yog‘och materiallar, og‘ir yuklar va b.).
Broker va agentlar tovarga egalik huquqini olmaydilar, asosan, oldi

  • sotdida ishtirok etadilar va o‘z xizmatlari uchun komission haq bilan rag‘batlantiriladilar.

Brokerlik savdo - vositachilik ishlari vositachi — broker orqali sotuvchi va xaridor (sug‘urtachi bilan sug‘urta qildiruvchi, kema egasi bilan kemani ijaraga oluvchi) o‘rtasida aloqa o‘rnatishdan iborat. Brokerning qaysi yo‘nalishda faoliyat olib borishidan va u kimning nomidan ish ko‘rishdan qat’iy nazar, u hamisha faqat tor yuridik ma’nodagi vositachi tarzida ish olib boradi. Broker hech qachon
shartnomadagi tomonlardan biri bo‘la olmaydi, faqat tomonlarni o‘zaro uchrashtirish, shartnoma tuzishga yordamlashish vazifasini bajaradi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə