O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə130/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

Imtiyozli narxlar strategiyasi. Bu strategiyaning mohiyati shundaki, sotuvchi (masalan universamda) eng xaridorgir tovarga me’yordagi bahosidan, hatto tannarxidan arzonroq narx belgilaydi. Savdo uchun bunday strategiyaning maqsadi – xaridorlarni ular ushbu arzon tovar bilan bir qatorda yana boshqa tovarlarni ham normal narxda sotib olish umidida do‘konga jalb etish, ishlab chiqaruvchilar uchun esa

  • hamma assortiment guruhiga xaridorlar qiziqishini orttirish. Do‘konlar bu strategiya bilan o‘z tovar aylanmalarini sezilarli orttirishga erisha- dilar.

Zarar ko‘rayotgan yetakchi qo‘yilgan maqsadini realizatsiya qilishi uchun tanlangan tovar narxlarga nisbatan o‘ta ta’sirchan odamlar tomonidan tez-tez xarid qilinadigan bo‘lishi kerak. Tovarni narxi oson eslab qolinadiganini (shakar, sut) tanlash lozim. Xaridorlar xaridlarini qaytara borib (bir narsani bir necha marta xarid qilib), shu do‘konga kelishga o‘rganib qolishi mumkin. Biroq shuni ham e’tiborga olish kerakki, tanlangan tovarlarni juda uzoq vaqt pasaytirilgan narxlarda sotish xaridorlarning bunday narxlar normal (tabiiy), deb qabul qilishiga olib kelishi mumkin. Imtiyozli narxlar strategiyasi uzoq vaqt uchun to‘g‘ri kelmasligi ana shundan kelib chiqadi.
Raqobat sharoitiga mo‘ljallangan narxlar strategiyalari quyidagilar- ni o‘z ichiga oladi:
Narx yetakchiligi strategiyasi. Firmalar tovar yoki xizmatga bozor narxini belgilovchi va raqobatchilari ergashishga majbur bo‘ladigan narxlar o‘zgarishida tashabbus ko‘rsatuvchi narx yetakchisi sifatida chiqadi. Narx yetakchilari bozordagi kuchli pozitsiyalari tufayli o‘z narxlarining barqarorligini saqlay oladigan ustun turuvchi firmalar va barometrik narx liderlari – bozor sharoiti o‘zgarishlariga yetakchi narxining o‘zgarishli moslasha olish qobiliyatini tan oladigan boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi firmalar hisoblanadi.
Narx yetakchisiga ergashish strategiyasi. Ushbu strategiyani qo‘llay borib, firma, hatto xarajatlari va uning mahsulotlariga talab
o‘zgarganda ham o‘z narxlari o‘zgarishining tashabbuskori bo‘la olmaydi. U raqobatchilari (narx yetakchisi) narxi o‘zgarishini e’tiborga oladi va unga moslashib oladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə