Talab va taklif elastikligiga ko‘ra soliq yukini hisoblash



Yüklə 10,99 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü10,99 Kb.
#164680
  1   2   3   4
Qishloq xo\'jaligida boshqaruv samaradorligi va uni oshirish imko-genderi.org


Qishloq xo'jaligida boshqaruv samaradorligi va uni oshirish imkonyati

Talab va taklif elastikligiga ko‘ra soliq yukini hisoblash.



BAJARDI:Hotamov Rasulbek
TEKSHIRDI:
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

REJA



1. Kirish
2. Asosiy qism
3.Talab va taklif nazariyasi va uning o’zgarishi.
4.Talab elastikligi va uning asoslari. 5.Daromad va narx bo‘yicha talab elastikligi.
KIRISH
Har bir korxona o`z foydasini oshirishni ko`zlaydi albatta va buning uchun esa o`sha korxona o`z xarajatlarini maksimal darajada qisqartirib daromadini esa maksimal darajagacha olib chiqa olsa erishadi. Bunday mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun esa korxona qancha miqdorda mahsulotni ishlab chiqarishi ya`ni talabni o`rganib chiqishi talab etiladi.
Ayniqsa, bugungi kunda hukm surayotgan raqobatlashuv sharoitida iste’molchilar talabining o`zgarishi, real sektorda yaratilayotgan tovar va xizmatlar narxining shakllanishi, foydani maksimallashtirish, noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish, shuningdek, narxga va boshqa omillarga bog`liq talab va taklif elastikligining mazmun mohiyati, davlatning bozorga aralashuvi, ya’ni tovarlarga minimal va maksimal narxlarni o`rnatish ham va hattoki uning oqibatlari bilan bog`liq tushunchalar, qarashlarni sababiy bog`liqlikda tizimli tahlil etishda elastiklik alohida o`rin tutadi. Ko`plab mashhur iqtisodchi olimlar shuni ta`kidlab o`tishadiki, tovarning elastikligi prujinaga o`xshaydi va tovaring elastikliligini to`g`ri baholash va uni tahlil qilish yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda va yuqori tavakkalchilik muammolarini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
. Talab va taklif nazariyasi va uning o’zgarishi.
Talab va taklif iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish, juda ko’p va keng muammolarni hal qilishda universal vosita bo’lib xizmat qiladi. Bunday muammolarga quyidagilar kirishi mumkin: jahondagi iqtisodiy sharoitlar o’zgarishining mahsulot ishlab chiqarishga va uning samaradorligiga ta’siri; narxlarni nazorat qilish bo’yicha davlat tomonidan ko’riladigan chora-tadbirlarni baholash; iqtisodiy rag’batlantirish va minimal ish haqini belgilash; soliqlarning, subsidiyalarning, importga qo’yiladigan poshlinaning, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyatining chegaralashlarning umumiy iqtisodiyotga ta’siri va hokazo.
Ma’lumki, davlatning aralashuvisiz, talab va taklif muvozanat holatga keladi va unga asosan tovarning bozor narxi o’rnatiladi hamda muvozanatni ta’minlaydigan mahsulotning umumiy hajmi o’rnatiladi. Lekin, qanday qilib, narx va mahsulot hajmi talab va taklifning ba’zi bir xarakteristikalari bilan bog’langan? Qanday qilib ular vaqt bo’yicha o’zgaradi va qanday qilib ularga umumiy iqtisodiy faollik, ish haqi xarajatlari ta’sir qiladi? Nima uchun talab va taklif bozorlar (raqobatlashgan, monopol, oligopol va boshqa) bo’yicha farq qiladi? Nima uchun ba’zi bir bozorlarda tovarlar tanqis va hokazo savollarga javob berish uchun talab va taklifning diagrammasini qarashdan boshlaymiz
Ordinata o’qi bo’yicha bir birlik mahsulotning narxi ko’rsatilgan (so’mda). Abtsissa o’qi bo’yicha berilgan vaqt oralig’ida talab qilingan va taklif qilingan mahsulot hajmi ko’rsatilgan. Taklif chizig’i (supply) qancha miqdorda va qanaqa ishlab chiqarish narxida tovarning bozorda sotilishi mumkinligini ko’rsatadi. Taklif chizig’i qancha yuqoriga ko’tarilsa, shuncha narx yuqori bo’ladi va shunga ko’p firmalar mahsulot ishlab chiqarib, sotish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Yüklə 10,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə