O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Tovar harakati funksiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə139/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

Tovar harakati funksiyasi


Marketingning eng muhim qismi mahsulotni sotish va taqsimlash jarayonida ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchiga yetkazishni hal etish. Sotish siyosati - iste’mol tovarlarini yetkazib berishning ehtimoli kutilgan variantlarni tahlil qilish va xo‘jalikning yuqori samarasiga erishishini ta’minlaydigan mahsulot taqsimotining hamma shaxob- chalarida eng maqbul variantni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Sotish siyosati – korxonaning taqsimlash miksi bo‘yicha marketing komp- leksini ishlab chiqish va realizatsiya qismi bo‘yicha chora-tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar marketing subyektlarini sotuvga mo‘ljallangan tovar va xizmatlarini kerakli miqdorda va tegishli sifatda, aniq vaqtda tegishli joyga yetkazib berishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bu vazifalarning bajarilishi firmani rejalashtirilgan foydani olishga olib keladi. Sotish siyosatida qaror qabul qilishning asosiy mezonlari tovar aylanmasi hajmi, bozor ulushi va boshqalar qabul qilinadi. Bu jarayonda tovarlarning saqlanish muddati ularni tarqatish vaqtiga bevosita ta’sir etuvchi omil hisoblanadi. Sotuv kanallarining imiji, taqsimlash kanallarida ishtirok etuvchi subyektlarning kooperatsiya darajasi, tijoratda tavakkalchilik xavfinik amaytirish, taqsimlash kanallarining egiluvchanlik hayotiylikligini uzoq ta’minlash juda muhim hisoblanadi.


Savdo siyosatining vazifasi – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni samarali sotish uchun optimal savdo tarmoqlarini va tovarlarning harakatlanish tizimini tuzishdir.
Jahondagi ko‘plab marketologlar maqsadli bozor va optimal savdo natijaviyligiga tovar harakatlanishining ta’sirini narx siyosatiga nisbatan yuqori, deb hisoblaydi. Yaponiyalik mutaxassislar umumiy marketing tizimida savdo siyosati muhimligini ta’kidlab, tovarning va firmaning bozordagi raqobat poydevorini oshirish bo‘yicha barcha marketing kuchlarining asosi – o‘zagi, deb hisoblaydilar.
Marketing kompleksi tizimida savdo siyosati quyidagi qarorlarni qabul qilishni ko‘zda tutadi:
- savdo va tovar harakati strategiyalarini firmaning umumiy marketing strategiyasi bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlash;

-

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə