O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Marketingda tashqi soha elementlari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə53/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

Marketingda tashqi soha elementlari


Har qanday tizim kabi marketing tizimi ham o‘ziga xos xususiyat- larga ega, ya’ni o‘zining belgilari, qonuniyatlari, maqsad va vazifalari mavjud. Bu tizim har bir elementi tashqi muhit omillariga bog‘liq. Marketing tizimining tashqi muhitining muhim elementlariga avvalambor, quyidagilarni kiritish lozim.


1) ta’minotchilar; 2) raqobatchilar; 3) vositachilar; 4) iste’molchilar (bozor); 5) firma.
Firmaning samarali faoliyati bevosita sanab o‘tilgan tashqi muhit elementlari bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum sharoitda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar ham unga bevosita ta’sir etadi.
Ta’minotchilar – marketing tizimining subyekti bo‘lib, ularning funksiyasiga hamkor firmalarni zarur xomashyo va kerakli asbob- uskunalar bilan ta’minlashdan iborat.
Raqobat – bozorda ishlab chiqarish va tovarlarni sotish (o‘tkazish)ning bozordagi eng yaxshi shart-sharoitlari uchun iqtisodiy raqobatchilik shakli.
Raqobatchilar– marketing obyekti sifatida samarali yo‘llarni izlab raqobatda ilgarilab ketishni xohlab, ular ta’minotchilarni eng qulay va yaqinda joylashganini tanlashga urunadilar, vositachilardan foydala- nishda ham eng maqbulini topadilar, iste’molchilarni o‘zlariga jalb qilishga harakat qilib, yangi yangi tovar turlarini ishlab chiqadilar. Raqobatchi firmalarning kuchli va zaif tomonlarini o‘rganib o‘z strategiyalarini ishlab chiqadilar.
Raqobat muhitini o‘rganish biznesda muvaffaqiyatga erishishga imkon beruvchi samarali raqobat strategiyasini ishlab chiqish uchun zarur. Bozorning ulushi, firma daromadining darajasi kompaniya raqobatchilarga qarshi qanchalik samarali kurasha olishi bilan belgilanadi.
Raqobatchilik tahlilini ishlab chiqishning tan olingan yetakchisi Garvard biznes maktabining professori Maykl Porterdir. Uning fikricha, korxonaning raqobat muhitini shakllantiruvchi raqobatchi kuchlar beshta guruhga bo‘linadi.

  1. O‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning (sotuvchilar o‘rtasidagi) raqobatchilik kuchi.

  2. O‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchilar, o‘sha ehtiyojning o‘zini, lekin bir qancha boshqa usullar bilan samarali qanoatlantiruvchi tovarni taklif qilish bilan raqobatni keskinlashtirishi mumkin. Ko‘pincha, aynan mana shu guruhning raqobatchilik kuchi firma uchun vayron qiluvchi bo‘ladi.

  3. Mahsulotlar va yarim fabrikatlarni komplektlovchi xomashyo va materiallar yetkazib beruvchilar. Bu guruh vakillarining firmaning raqobat potensialiga ta’sir etish kuchi yetkazib beruvchilarning o‘z tovarlari narxini oshirishi va shu tarzda firma mahsuloti tannarxiga ta’sir o‘tkazish yoki yetkazib beriladigan mahsulot va xizmatlarining sifatini pasaytirish va shu tarzda firmaning mahsulotlari yoki xizmatlari sifatiga ta’sir etishdan iborat.

  4. Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishi.

  5. Xaridorlarning o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishi.

Mahsulotlarni sotib oluvchilar (xaridorlar) ham, vositachilar ham raqobatni kuch sifati tovarlarda belgilangan iste’mol sifati bo‘lishini yoki yaxshi xizmat ko‘rsatishning talab qilishga, shuningdek, pasaytirish maqsadida narxlarga bosim o‘tkazishga qodir.
O‘xshash mahsulotlarning potensial ishlab chiqaruvchilari iste’molchilarni o‘z mahsulotlariga qayta jalb qilishi, shuningdek, mah- sulotning potensial iste’molchilarini jalb qilishi mumkin. Raqobat- chilarning har bir guruhini o‘rganish firmaning alohida strategiyasini ishlab chiqishni talab qiladi, bu esa marketing bo‘yicha mutaxassis- larning majburiyatlaridan biridir. Tovar bozorida to‘g‘ri raqobatchilar o‘rtasida raqobat kurashining jadalligi va aniq shakli raqobatning xarakteriga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bu raqobatchilar harakati natijasida yuzaga keladigan ularning o‘zaro bog‘liqligi darajasini xarakterlaydi. Tovarning raqobatbardoshligi – bu tovarda yakunlangan, xaridor uchun narx, u tovarni sotib olishga undaydi (xaridorda tovarni sotib olish istagini qo‘zg‘atadi). Raqobatbardoshli tovar, birinchidan, xaridor uchun shunchalik foydali, qiziq bo‘lsinki, uning uchun o‘z pulini berishga tayyor bo‘lsin ikkinchidan, xaridor uchun boshqa firmalarda ishlab
chiqarilgan o‘xshash yoki iste’mol sifati bo‘yicha o‘xshaydigan tovarga nisbatan ancha qiziqarliroq bo‘lsin.
Firmalarning raqobatbardoshligi – uning raqobat sharoitida bozorda egallab turgan ulushini saqlab qolish yoki kengaytirishga imkon beruvchi marketing potensialidir.
Aniq bozordagi raqobatchilar tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. Bozorning tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash.

  2. Tayanch raqobatchilar xarakteristikasini tasvirlash va aniq- lash.

  3. Tayanch raqobatchilarni baholash.

  4. Raqobatchilar xarakterini oldindan ko‘ra bilish.

  5. Potensial raqobatchilarni aniqlash.

Raqobatlarning tahlili firmaning va raqobatchilikning tarmoq ichidagi, tarmoqlararo narxlarga oid va narxlarga oid bo‘lmagan kabi turlarini o‘rganishni ko‘zda tutadi.Tahlilni o‘tkazishda iqtisodchilar tomonidan taklif etilgan turli raqobatli tuzilishlarga tayanish muhimdir. Odatda, bunday tuzilishni 4 ga bo‘lish mumkin: sof (yoki takomillashgan) raqobat, oligopoliya, monopolistik raqobat va monopoliya.


4.5-jadval

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə