O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Bozorning maqsadli segmentlarini tanlash



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə82/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

Bozorning maqsadli segmentlarini tanlash


Mikrosegmentlashning vazifasi makrosegmentlovchi tahlil bos- qichida aniqlangan tovar bozorlarining ichida xilma-xil ehtiyojlarning batafsil tahlilini amalga oshirishdan iborat. Mikrosegmentlash to‘rt asosiy bosqichdan iborat:



  • segmentlovchi tahlil: tovar bozorlarini tovarning fazilatlari nuqtayi nazaridan bir jinsli va boshqa segmentlardan farq qiluvchi segmentlarga ajratish;

  • maqsadli segmentlarni tanlash: firmaning vazifalari va uning maxsus imkoniyatdan kelib chiqqan holda bir yoki bir necha maqsadli segmentlarni tanlab olish;

  • pozitsiyalashtirishni tanlash: har bir maqsadli segmentda potensial iste’molchilarning istaklarini va raqobatlar egallab turgan pozitsiyalarni hisobga olgan holda ma’lum bir holatni tanlash;

  • maqsadli marketing dasturi: maqsadli segmentlarning tavsifno- malariga moslashtirilgan marketing dasturini ishlab chiqish.

Maqsadli segmentlarni tanlash bo‘limida quyidagi savollarga javob topasiz.

  1. Qanday qilib kompaniya bozorni segmenlarga bo‘lishi mumkin. 2.Kompaniya o‘ziga jalb qiluvchi maqsadli bozorni tanlash uchun

qanday rahbarlik mezon (kriteriya)lariga ega bo‘lishi kerak. “HALLMARK” kompaniyasida hayotning turli vaziyatlari uchun
otkritkalar bor. Bugungi kunda kompaniya Amerika bozorlarida tabriknoma - otkritkalari bo‘yicha yetakchi hisoblanadi, bundan tashqari foyda keltiruvchi segmentlarni va yangi tovarlarning bozordagi o‘rnini aniqlash uchun xaridorlar orasida savol-javoblar, tekshiruvlar olib boradi. Bu kompaniyaning xaridorlari kelib chiqishiga qarab segmentlangan, ya’ni dini, bayrami, yoshi, millati va narx-navoga ahamiyat beradiganlarga qarab bo‘lingan. Masalan, “SINCERAMENTE HALLMARK” otkritlarining liniyasi 2,5 ming otkritkalarni ispan tilli Amerikaliklar uchun mo‘ljallangan. “HALLMARK” xaridorlar otkritkalarini kim uchun sotib olayotganini aniqlash uchun tekshiruvlar olib boradi, deydi marketing liniyasi bo‘yicha menejer Julio Blancoshu. Otkritkalar yordamida biz butun Lotin Amerikalik xaridorlarga murojaat qilmoqchimiz.
Shuningdek kompaniya “MAHOGANY” brendi Afro-Amerikalik xaridorlar uchun, “TREE OF LIFE” (hayot daraxti) kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan amerikaliklarga, “FRESH INK” (yangi siyoh) – 18 – 38
yoshdagi ayollar uchun, mo‘ljallangan bo‘lsa, narxi -0,99 $ turuvchi otkritkalari “WARM WISHES” (Iliq tilaklar) narxga ahamiyat beradiganlar uchun mo‘ljallangan. Tabrik sabablari bo‘yicha bozorni segmentlashda “HALLMARK” bayram va bosqa kunlar bilan bog‘liq tabriknomalarining turli xillarini ishlab chiqaradi, tug‘ilgan kun, bayramlar, urush veteranlari kunidan boshlab, musulmonlarning muborak ramazon oyining tugagan kunigacha. Kompaniya tovarlarni jalb qiluvchi rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Masalan, ”MAHOGANY” liniyasi faqat “KWANZA” tabrik otkritkalarini ishlatmaydi, balki ”LEGACY OF GREATNESS” (ulkan me’ros) otkritka seriyasini chop etadi, bular jamiyatning rivojlanishida ishtirok etgan afro-Amerikaliklarga bag‘ishlanadi. Urush veteranlariga bag‘ish- langan otkritkalar seriyasi 20 xildan ortiq, quruqlikdagi qurolli kuchlar veteranlariga, harbiy-dengiz floti, dengiz piyodalari, suv-havo va chegaradagi himoyachilarga bag‘ishlanadi. Segmentatsiyaning bu strategiyasi tufayli “HALLMARK” kompaniyasi o‘z daromadini 2015- yilga kelib o‘tgan yilga nisbatan 10-15 % ga oshirishni rejalashtirdi.
Raqobatga bardoshlilikni oshirishi uchun ko‘p kompaniyalar, jumladan, “HALLMARK” maqsadli marketingni tanlamoqda. Mayda marketingni kuchaytirish o‘rniga, ular o‘z – diqqat e’tiborlarini iste’mol- chilarni o‘rganishga qaratmoqdalar, bunda daromad ham yuqori bo‘ladi.
Maqsadli marketingga ko‘ra kompaniya 3 ta muhim qadamni qo‘yishi kerak.

  1. Turli guruhdagi xaridorlarni o‘rganishi va identifikatsiya qilish, (tovarlarga nisbatan qiziqishga qarab yoki marketing-miksda), bozorni segmentlash;

  2. Xizmat qilish uchun bir yoki bir necha bozor segmentlarini tanlash ( bozor segmentlarini tanlash).

  3. Har bir maqsadli segmentda iste’molchiga kompaniya takliflari- ning foydali tomonlarini yetkazib berish (bozorning pozitsiyalanishi). Segmentlashtirishni ko‘rib chiqish uchun oldin ommaviy marketingni – ommaviy ishlab chiqarishni, bir tovarni bozorga istisnosiz xaridorlarga yetkazib berishni amalga oshirishdan boshlash kerak. Genri Ford bu strategiyadan muvaffaqiyatli foydalandi, u avtomobil “FORD-T” ni qora rangda taklif etdi. Shuningdek, Coca-Cola kompa- niyasi bir necha yildan beri o‘z ichimligini faqat sig‘imi 0,33l ml li idishlarda sotgan. Ommaviy marketingning foydali tomoni shundaki, bunda potensial bozorning yuqori imkoniyatlari shakllanadi. Shunga

ko‘ra, tovarlarning narxlari pasayadi, lekin ishlab chiqaruvchi foyda ko‘lamining kengayishi tufayli yutadi. Ba’zi tahlilchi (analatik) larning fikriga ko‘ra hozirgi kunda bozorning bo‘laklarga bo‘linishi sodir bo‘lmoqda.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə