O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə79/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

Geografik xususiyati bo‘yicha segmentlash. Bozorni bu xususiyati bo‘yicha segmentlarga ajratish uni geogragik birliklarga, ya’ni davlat, hududlar, shaharlar, jamoatlarga ajratishni talab etadi.
Demografik xususiyati bo‘yicha segmentlash. Bozorning bu xususiyati demografik o‘zgaruvchilar ya’ni jinsi, yoshi, oila hajmi, ma’lumoti, dini va millati asosida birliklarga bo‘ladi. Demografik o‘zgaruvchilar – eng ommabop omillar bo‘lib, asosan iste’molchilarning guruhini farqlashga xizmat qiladi. Ommabop bo‘lishning birdan bir sababi shundan iboratki, tovarni iste’mol qilish intensivligining demografik belgilarga bog‘liqligidir.
Oila a’zolarining yoshi va hayot tarzi. Iste’molchilarning iste’mol va xarid qilish qobiliyati yoshiga nisbatan o‘zgaradi.
Jins. Jins bo‘yicha segmentlash avvaldan kiyimga nisbatan, sochni parvarishlash, kosmetika va jurnalga nisbatan qo‘llanilmoqda. Vaqti- vaqti bilan bu segmentlashning qulayligini boshqa bozor arboblari ham aniqlashdi.
Daromad darajasi. Bozorni segmentga bo‘lishning yana bir eski usullaridan hisoblanib, daromadlar darajasi orqali u yoki bu tovarga bo‘lgan iste’molchilar ehtiyojini har doim ham aniqlab bo‘lmaydi.
Psixografik xususiyati bo‘yicha segmentlash. Psixografik xusu- siyati bo‘yicha segmentlashda xaridorlarning tegishlilik belgisiga ya’ni hayot (yashash) tarzi va shaxsiy xususiyatlariga ko‘ra jamoat sinfiga, guruhlarga ajratish. Biron bir demografik guruhning psixologik xususiyati turlicha bo‘lishi mumkin.
Jamoat guruhi. Ko‘pgina firmalar, korxonalar o‘z ishlab chiqarishini ma’lum bir jamoat sinfiga moslab, ularning xarakterlarini inobatga olgan holda ishlab chiqaradi.
Hayot tarzi. Markali va oddiy tovarlar sotuvchilari ko‘p hollarda xaridorlarning hayot tarzini inobatga olgan holda o‘z bozorlarini segmentlaydi.
Bozorni segmentlarga ajratish xaridorlarni talab va ehtiyojlarini aniqlash masalasini hal etishning ideal vositasi bo‘la olmaydi, ammo shunga qaramay bu usul ishbilarmonlarni bu boradagi ishlarga qiziqtirish uchun qimmatli ma’lumotlar beradi. Bozor strukturasi, shuningdek, korxona o‘z ko‘lami hamda ixtisoslashuviga qarab ko‘pgina hatto juda ko‘p segmentlarda sotish strategiyasini tanlashi mumkin, yoki aksincha, o‘z kuchini bo‘lib tashlamay, eng qulay va istiqbolli bir yo‘nalishda to‘plashi mumkin.





8.1.-rasm. Bozorni segmetlash belgilari

Odatda, segmentlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi. Makrosegmentlash, deb nomlanadigan birinchi bosqichda «tovar


bozori» aniqlanadi. Mikrosegmentlash, deb nomlanadigan ikkinchi bosqichda esa ilgari aniqlangan bozor ichida iste’molchilar segmentlari aniqlanadi. Bozor segmentini aniqlashning uchta usuli mavjud.
Birinchi - tovarning afzalligiga qarab segmentlash. Bunda iste’mol- chilar qanday tovarni xohlayotganligiga qarab segmentni aniqlash tushuniladi.
Ikkinchi usul - iste’molchilarning xulq-atvorini hisobga olgan holda segmentlash.
Uchinchi usul - iste’molchilar xarakteriga qarab segmentlash hisob- lanadi.
Bozorni segmentlash turli mezonlarga ko‘ra (obyektiv va subyektiv belgilari bo‘yicha) amalga oshirilishi mumkin. Nazariya va amaliyotda segmentlashning asosan, 2 guruhi — ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik mezonlari ko‘proq qo‘llanadi. Psixologik mezonlar marketing tizimi subyektlarining munosabatlariga, muomalariga mo‘ljallangan.








Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə