O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə45/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

Tashkilot marketingi - alohida aniq tashkilotlarga tegishli bo‘lgan vaziyatni qo‘llab-quvvatlash yoki o‘zgartirish, shuningdek, kerakli muhit tashkil qilish maqsadida qo‘llaniladigan amaliy faoliyat.9
Ijtimoiy marketing – ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan marketing faoliyati harakatlaridir.
Ijtimoiy- etik marketing bu marketing turi uzoq muddatga mo‘ljallangan marketing faoliyati bo‘lib, iste’molchilar talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda korxonaning kelgusidagi faoliyati haqida qaror qabul qilish. Bu jarayonda mahsulotlar ekologik sofligi va korxonaning atrof-muhitga zarar yetkazmasligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Hozirgi vaqtda egomarketing, g‘oyalar marketingi, xizmatlar marketing rivojlanib bormoqda.


    1. Marketingning ichki va tashqi soha tushunchalari va ularning o‘zaro bog‘liqligi


Marketingning funksiyasi juda keng bo‘lishi yoki savdo-sotiq va reklama bilan chegaralanishi mumkin. Marketingning roli qancha ahamiyatli bo‘lsa, korxonaning kuchli marketing sohasini (potensialini) yaratish ehtimoli shunchalik kuchli bo‘ladi. Korxonaning marketing






9Marketing, Bozorshunoslik / A.Soliyev, S.Buzrukxonov /T.: IQTISOD-MOLIYA, 2010 y.
sohasi uning 3 xil ishlab chiqarish funksiya holatini: analitik, ishlab chiqarish va savdo, kommunikativ sohasini aks ettiradi.

Analitik soha:


  • Marketing tadqiqotini o‘tkazish qobiliyatini.

  • Firma raqobatda aniq ustuvorlikka ega bo‘la oladigan segmentni tanlay olish qobiliyatini.

-Korxonaning marketing axborot tizimini shakllantiradi.

Ishlab chiqarish va savdo sohasi bu:


-Iste’molchiga zarur bo‘lgan tovarni yaratish va ishlab chiqarish qobiliyati (tovar siyosati).
-Tovarga iste’molchini jalb eta oladigan qiymat bera olish qobiliyati (narx siyosati).
-Tovarni iste’molchi uchun imkoniyatli qila olish qobiliyati (savdo siyosati).

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə